Resurslarni optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish
Download 103.01 Kb.
|
kurs iwi 2
1.Taqsimotning mohiyati
Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarishning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarishni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan maxsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar. Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos taqsimot tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash subʼyekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, taqsimot siyosati kiradi. Taqsimot ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv boʻlmaydi, aksincha unga faol taʼsir etadi. Tarixan taqsimotning 3 usuli borligi kuzatiladi. Anʼanaviy usul, unga xos belgi —resurslarning , yaratilgan mahsulot va xizmatlarning azaldan amal qilayotgan urf-odatlarga binoan taqsimlanishidir. Mac, Oʻrta Osiyoda ijarachi dehqon — koranda olgan hosil dehqon bilan yer egasi oʻrtasida ogʻzaki kelishuvlar, mavjud taomillarga koʻra taqsimlangan, dehqon oʻz ulushidan oʻlpon toʻlagan, kafsan ulashgan va hokazo. Bozor usuli — bu usulda resurslar bozordagi talab va taklifnnt holatiga qarab taqsimlanadi, resurslar talab kam yerdan talab koʻp joyga oʻtadi. Taqsimotning bozor usuli ustivor boʻlsada, uning nobozor usuli ham qisman mavjud boʻladi, bunda xayriehson qilinadi, muhtojlarga yordam koʻrsatiladi. Rejali usulga kura iktisodiy resurslar davlat idoralari tomonidan yuqoridan turib, yagona davlat rejasiga binoan taqsimlanadi. Markazlashtirilgan iqtisodiyotda resurslar, pul mablagʻlari, mahsulotlarni rejali taqsimlash makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda iktisodiyotni boshqarishning eng muhim quroli hisoblanadi. Rejali taqsimot markazlashgan, maʼmuriy taqsimot boʻlib, resurslarni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, daromadlarni ehtiyojni hisobga olib erkin taqsimlanishiga yoʻl bermaydi. Bu tabiatan bir tekisda taqsimlash boʻlib, ish natijalarini hisobga olmaganidan iktisodiy oʻsishga yetarli stimul bermaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda (jumladan SSSRda) 1917—1990 yillar mobaynida amal qilgan. 21-asr boshiga kelib taqsimotning bozor usuli umuminsoniy va ustivor usulga aylandi. Bozor sharoitida resurslarni talabtaklif qonuniga koʻra taqsimlanishi muhim boʻlsada, daromadlarga tovar va xizmatlar ayirboshlanishi sababli ishlab chiqarish. natijasi boʻlgan daromadlarni taqsimlash gʻoyat katta ahamiyatga ega. Bozor tizimiga xos taqsimot qonuniga koʻra daromadlar iktisodiyot ishtirokchilari oʻrtasida ular ixtiyoridagi resurslarning miqdori, sifati va ishlatilish samarasiga qarab taqsimlanadi. Bunday taqsimotga koʻra ish kuchi egalari ish haqi va turli mukofotlar oladi, tadbirkorlar kapital sohibi sifatida foyda koʻradi, pul egalari foiz, yer egalari renta oladilar. Taqsimot dastlab ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq sohalarda yuz beradi va bu birlamchi taqsimot hisoblanadi, uning natijasida bozor taqsimot usuli hosil etgan daromadlar hisoblanadigan asosiy daromadlar yuzaga keladi, bu tarkiban ish haqi, foyda, renta va foizdan, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta fondiga badallar, bilvosita soliklardan iborat. Birlamchi taqsimlashda davlat ham ishtirok etadi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida jamiyatga bepul ijtimoiy neʼmatlarxizmatlar yetkazib bergani uchun va fuqarolik jamiyatiga xizmat qiluvchi siyosiy institut boʻlganidan daromadlarning bir qismini soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar shaklida byudjetga oladi. Ikkilamchi yoki qayta taqsimlash yuz berganda asosiy daromadlar ularning sohiblari bilan jamiyatning boshqa aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi (bevosita soliklar, dividendlar, subsidiyalar, ijtimoiy toʻlovlar), natijada hosila daromadlar yuzaga keladi. Qayta taqsimlash moliya va kredit mexanizmi orqali yuz beradi. Bunda davlat, firma, xonadon, nodavlat va ijtimoiysiyosiy tashkilotlar moliyasi asosiy rol oʻynaydi. Ular turli moliyaviy ajratmalar tashkil etadilar. Davlat byudjetidan davlat pensiyasi, subsidiyalar, nafaqa va yordam puli ajratilib, ular xonadonlar, firmalar va nodavlat tashkilotlarga beriladi va oʻsha subʼyektlar tomonidan qayta taqsimlanadi. Download 103.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling