Reyting nazorat jadvalini tuzish. Joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni o`tkazish tartibi


Download 23.76 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi23.76 Kb.
#1547320
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nazorat olish tartibi

Talabani musataqil ishi (TMI)
Talabaning mustaqil ishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yildagi 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat tartibi to’g’risidagi Nizom asosida tashkil etiladi.”
TMI “__________________________” fani dasturiga muvofiq taklif etiladi: talabalarni o’quv izlanish ishlarini alohida keltirilgan mavzular bo’yicha; jadvallar, slaydlar, vaziyatli masalalar, testlar tuzish bilan. O’quv jurnalida har bir semestr laboratoriya mashg’ulotdan keyin alohida ustuncha ajratilib, unga talabaning mustaqil bajargan ishiga ball qo’yiladi.
TMI kafedra arxivida ro’yhatga olinadi va 6 oy mobaynida saqlanadi.
TMI ning hajmini kafedra xodimlari har bir talaba uchun quyidagi hajmda belgilaydi.
I. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha vaziyatli masala tuzadigan bo’lsa;
10 va undan yuqori masala uchun 5 ball;
5 tadan 10 tagacha 4 ball;
3 tadan 5 tagacha 3 ball bilan baholanadi.
3 tadan kam bo’lsa baxolanmaydi.
II. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha test tuzadigan bo’lsa: (testlarning har birini 5 tadan javobi bo’lishi shart);
50 va undan yuqori test tuzilsa 5 ball;
30 tadan 50 tagacha 4 ball;
10 tadan 30 tagacha 3 ball bilan baholanadi.
10 tadan kam testlar baxolanmaydi.
III. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha adabiyotlar taxlilini bergan bo’lsa;
5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 10 bet referat tayyorlasa 5 ball;
5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 8 bet referat tayyorlasa 4 ball
5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 3 bet referat tayyorlasa 3 ball bilan baholanadi.
3 betdan kam tayyorlangan referat baxolanmaydi.
IV. Talaba tanlagan mavzu bo’yicha asbob uskunalarni rangli tasvirini tayyorlasa 5 ball bilan baholanadi. Agar tuzilgan tasvir ko’rimsiz, sifatsiz va talabga javob bermasa, mustaqil ish qabul qilinmaydi.



Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling