Rezba kesish stanoklari
REJA:
Rezba tayyorlashning asosiy usullari
Rezba frezalash stanoklari
Rezba yo'nish tokarIik stanoklari
Rezba tayyorlashning asosiy usullari
Detallarda rezba yasashning quyidagi asosiy usullari mavjud: 1) tokarlik stanoklarida rezba keskichlariva rezba taroqlari yordamida rezbaochish (15.1-rasm);
metchik, doiraviy plashka va rezba ochish kallaklari yordamida rezba kesish;
disk va taroqsimon frezalar yordamida rezbalarni frezalash (15.2-rasm);
rezbalarni bir va ko'p yo'lli jilvirlash doiralari bilan jilvirlash (15.3-rasm);
yassi plashka va doiraviy roliklar yordamida rezbalarni sovuq-layin nakatka qilish (15.4-rasm);
rezbani doiraviy roliklar yordamida qizdirilgan holda nakatka qilish.
Rezba hosil qilishning har bir usuli o'z afzalliklariva kamchi-liklariga ega. Rezba ochish usulini tanlashda zagotovkaningshaklivao'lchamlari, uning materiali, ishlab chiqarish hajmi (seriyaligi), rezbali yuzaning talab etilayotgan shakli, aniqligi va tozaligi vaboshqa shart-Iar hisobga olinishi lozim.
Tokarlik-vintqirqar stanoklarida keskichlar bilan rezba ochish katta aniqlikka ega, lekin ish unumdorligi past, chunki rezba bir necha o'tishlar natijasida hosil qilinadi.
Ko'p tig'li asboblar - metchik, plashka, taroq, rezba ochish kallaklari yordamida rezba hosil qilish keskich bilan rezba kesishga qaraganda ancha yuqori ish unumdorligiga ega. Ammo bu asboblar konstruksiyasi bo'yicha ancha murakkab,ularni tayyorlash qimmatga tushadi, ba'zi hollarda faqat maxsus stanoklar talab etiladi.
Rezba frezalash ko'p tarqalgan usullardan biri bo'lib, uning yordamida turli profildagi (kvadrat profildan tashqari) ichkiva tashqi rezbalarni hosil qilish mumkin.
Hozirgi zamon mashinasozligida rezba ochish ishlari universal tokar-lik-vintqirqar, tokarlik-revolver, tokarlik-kertish, tokarlik avtomat-Iari va yarim avtomatlari, parmalash va teshik kengaytirish, maxsus gayka va bolt kesish, rezba frezalash va rezbajilvirlashlash stanoklarida amalga os
Do'stlaringiz bilan baham: |