Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi Microblog


Download 129.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2023
Hajmi129.61 Kb.
#1461491
Bog'liq
Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi - Microblog



©
2022 - 2023 Iskandar Makhmudov | CC BY-NC 4.0

Заĸон Литтла
Ishlab chiqarish asbob-uskunasining Umumiy
Samaradorlik Ko’rsatkichi (OEE) 

Iskandar Makhmudov
Qo'shilgan 
bo'lim: 

Ko'nikmalar
Mavzular to'plami: 

Foydali ko'nikmalar

10-04-2022  10-04-2022  1902 so'zlar  9
daqiqa  1353 o'qilganlik soni  2 izohlar 
Mavzular - Foydali ko'nikmalar
|
Avval tushunishga, keyin tushunilishga
intilmoq
|
Taqdimot tayyorlash va taqdim etish usullari
|
Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va
namunasi
MUNDARIJA

Rezyume ish qidiruvchilar uchun muhim vositalardan
biridir. Chunki u potentsial ish beruvchilarga sizning
ish tajribangiz, ma’lumotingiz va kasbiy
ko’nikmalaringiz haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Shu bilan bir qatorda, rezyume sizning yutuqlaringiz
va malakalaringizni namoyish qilish va nima uchun
e’lon qilingan ish joyiga eng munosib ekanligizni
ko’rsatish uchun yana bir imkoniyatdir. Ammo har hil
turdagi rezyumerlar mavjud bo’lgani sababli, boshida
qayerdan boshlash sizga qiyin tuyulishi mumkin.
Ushbu maqolada rezyumerlar haqida umumiy
ma’lumotlar va qolgan raqobatchi nomzodlardan
ajralib turishingizga yordam beradigan foydali
maslahatlar beriladi.
|
Rezyume ta’rifi va turlari
Rezyume, ba’zida resume yoki uning sinonimi CV
(curriculum vitae), shaxsning ish tajribasi, ta’limi,
malakasi va aloqa kontaktlari kabi shaxsiy
ma’lumotlari jamlangan hujjat hisoblanadi. Ko’pincha
rezyume yangi ish qidirilayotganda ish beruvchi bilan
suhbatga (intervyu) taklif olish uchun qo’llaniladi.
Shuning uchun undagi ma’lumotlar aniq, yetarlicha
to’liq, onson o’qiladigan va 1-2 varroqdan
oshmaydigan qisqa bo’lishi kerak. CV esa ko’proq
akademik muhitda ishlatilib, uning hajmi rezyumedan
ancha uzunroq bo’ladi. Rezyumeni tuzishda odatda
shaxsning ismi sharifi, turar joyi, bog’lanish uchun e-
mail yoki telefon kontaktlari, olgan ma’lumoti, ish
tajribasi va har qanday o’rinli kasbiy ko’nikmalari va
yutuqlari haqida bo’limlar kiritiladi. Shuningdek, u
kasbiy sertifikatlar, ilmiy maqolalar va mukofotlar
kabi ixtiyoriy bo’limlarni o’z ichiga olishi ham
mumkin.
Bir nechta rezyume turlari mavjud, qaysi
ma’lumotlarni urg’ulash muhimligidan kelib chiqqan
holda o’zingizga mos keladiganini qo’llashingiz
mumkin. Quyida ba’zi keng qo’llaniladigan turlarini
keltiriladi:
1. Xronologik rezyume: ushbu turdagi rezyumeda
sizning ish tajribangiz va ma’lumotingiz haqidagi
ma’lumotlar hronologik tarzda keltiriladi. U eng ohirgi
ish joyingiz va lavozimingiz bilan boshlanib, eng
birinchisi bilan yakunlanadi. Agar sizda ancha yillik
ish tajribasi bo’lib karyerangizdagi barqaror o’sishni
urg’ulamoqchi bo’lsangiz, ushbu format tanlangani
ma’qul.
2. Funktstional rezyume: ushbu turdagi rezyumeda
ish tarixi emas, balki asosan sizning kasbiy
ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizga urg’u beriladi.
Agar ish tarixingizda tanaffus mavjud bo’lsa yoki
ishga mos keluvchi qaysidur aniq ko’nikmalarni
ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, ushbu format ko’proq
tog’ri keladi.
3. Kombinatsiyalangan rezyume: nomidan ko’rinib
turibdiki, ushbu turdagi rezyume xronologik va
funktsional rezyumening xususiyatlarini birlashtiradi.
Ya’ni, sizning ish tajribangiz va ma’lumotingizni
teskari xronologik tartibda sanab o’tib, yana
qo’shimcha ravishda kasbiy ko’nikmalaringiz va
yutuqlaringizni ta’kidlaydigan bo’limi ham keltiriladi.
4. Maqsadlangan rezyume: ushbu turdagi rezyume
siz topshirayotgan ishga moslashtirilgan bo’ladi.
Ya’ni, faqat shu lavozimga mos keladigan kasbiy
ko’nikmalaringiz va tajribalaringizni urg’ulaydi va
o’tmishda ushbu ko’nikmalardan qanday
foydalanganingizning aniq misollarini o’z ichiga oladi.
|
Rezyume bo’limlari
Rezyume tuzishda quyidagi standart bo’limlar
ketma-ketligidan foydalanish mumkin:
Aloqa ma’lumotlari: Bu sizning ismingiz, telefon
raqamingiz va elektron pochta manzilingizni o’z
ichiga olishi kerak.
Karyerangiz haqida qisqacha ma’lumot
(ihtiyoriy): bu bo’lim ro’yxat shaklida (bullet
points) yoki bir abzats matn shaklida berilishi,
unda sizning kasbingiz va yangi ishga mos
keladigan ko’nikmalar va tajribalaringiz haqida
ma’lumot berishingiz mumkin. Masalan, “16-
yillik bir nechta sanoat tashkilotlarida audit
sohasida mehnat tajribasiga ega bo’lgan
hisobchi, Westminster Universitetida “Biznes
boshqaruvi” magistr programmasini bitirgan,
ACCA xalqaro sertifikatiga ega.”
Ish tajribasi: bu bo’limda oldingi ish joyingizni
oxirgi lavozimingizdan boshlab teskari
xronologik tartibda sanab o’tish kerak. Ish
beruvchilarning nomlari, lavozimlar va ishlagan
muddat sanalari kiritiladi. Agar uzoq yillar
ishlagan bo’lsangiz, odatda ohirgi 5-10 yilni
qamrovchi mehnat tafsilotlari ko’rsatiladi.
O’qish joylari: bu bo’limda olingan ta’lim,
jumladan, muassasa nomi, olgan ilmiy
darajangiz va soha yo’nalishi va o’qish muddati
sanalari beriladi. Agar yaqinda karyerangizni
boshlagan bo’lsangiz, unda rezyumedagi ta’lim
bo’limi ish tajribasi bo’limidan oldin kelishi
tavsiya qilinadi.
Kasbiy ko’nikmalar va sertifikatlar: bu bo’limda
yangi ishga mos bo’lgan ko’nikmalar va
prefessional sertifikatlarni ko’rsatish mumkin.
Masalan, chet tillari, kompyuterda dasturlash
tillari, haydovchilik guvohnomasi va hokazo.
Shaxsiy ma’lumotlar: tug’ilgan yil, yashash
manzili (shahar nomi), oilaviy ahvol, viza statusi
kabi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Agar rasm
so’ralmagan bo’lsa, uni qo’shish shart emas.
Muayyan tajribangiz va murojaat etayotgan
ishingizga qarab, boshqa bo’limlarni, masalan,
volontyorlik mehnati, kasbiy assotsiatsiyalar,
mukoforlar va unvonlar, ilmiy maqolalar,
qiziqish va hobbilar bo’yicha bo’limlarni
qo’shish ham mumkin.
|
Rezyume tuzish bo’yicha maslahatlar
Effektiv rezyume yaratish uchun ba’zi foydali
maslahatlar:
Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga
moslashtiring. Ya’ni, yangi ish uchun eng mos
bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va tajribalarni
ko’rsatilishi kerak. Imkon bo’lsa, har bir
topshiralayotgan ishga rezyumeni moslash
kerak. Qaysi tajriba va ko’nikmalarni urg’ulash
kerakligini aniqlash uchun ish e’lonidan
qo’llanma sifatida foydalansangiz bo’ladi.
Aniq va ixcham formatdan foydalaning.
Rezyumeni o’qigan odamga uni o’qish va
undan foydalanish oson bo’lishi kerak.
Tajribangiz va ko’nikmalaringizni ko’rsatish
uchun nuqtali yangi qatorlardan (ingl. tilida
“bullet points”) va qisqa iboralardan
foydalaning. Shu bilan birga, rezyumeingizga
keraksiz yoki ahamiyatsiz ma’lumotlarni
kiritmang.
Harakat fe’llaridan foydalaning. Lavozim
mas’uliyatlari va natijalarini ko’rsatish uchun
aktiv fe’llarni qo’llash muhim hisoblanadi.
Masalan, “Men jamoani boshqarish uchun
mas’ul edim” deyish o’rniga, “12 ta xodimdan
iborat jamoani boshqardim” deb ifodalash
mumkin.
Natija va yutuqlaringizni urg’ulash uchun
raqamlardan foydalaning. Ishingizning
ta’sirini ko’rsatish uchun iloji boricha
raqamlardan foydalaning. Masalan, “Mening
loyiham orqali defekt mahsulotlar kamaytirildi”
deyish o’rniga, “Mening loyiham orqali defekt
mahsulotlar 5% ga kamaytirildi” deb aytish
mumkin.
Imlo va grammatik xatolar yo’qligiga
ishonch hosil qiling. Sizning rezyumeingizni
boshqa odam ko’rib chiqishi ham yaxshi fikr.
Qisqartma so’zlardan (abreviatura) iloji boricha
kamroq ishlatilgani ma’qul.
Professional elektron pochta manzilidan
foydalaning. “
kulchanon@mail.ru
” kabi
shaxsiy elektron pochta manzillaridan
foydalanish o’rniga, rezyumega

k.azimov@gmail.com
” yoki

kozim.azimov@gmail.com
” kabi ismingizni o’z
ichiga olgan professionalroq elektron pochta
manzilidan foydalanishni tavsiya qilinadi.
Professional shriftdan foydalaning. Arial,
Calibri yoki Times New Roman kabi o’qish oson
va professional shriftni tanlang. Chiroyli yoki
dekorativ shriftlardan saqlaning, chunki ish
beruvchiga ularni o’qish qiyin va professional
ko’rinmasligi mumkin.
Rezyumeni bitta sahifada saqlang. Umuman
olganda, rezyumeni bitta sahifada saqlash
tavsiya qilinadi. Ayniqsa, agar siz karyerangizni
endigina boshlayotgan bo’lsangiz. Agar sizda
uzoq yillik ish tajribasi bo’lsa, unda ikki sahifali
rezyumedan foydalanishingiz kerak bo’lishi
mumkin.
|
Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar
Ishga bevosita aloqador bo’lmagan shaxsiy
ma’lumotlar rezyumega qo’shilmaydi. Quyida ba’zi
misollar beriladi:
Aniq turar joy adresi, tug’ilgan sanasi va ish
bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa
shaxsiy ma’lumotlar. Lekin turar shahri va
tug’ilgan yilni o’zini bildirish uchun ko’rsatish
mumkin.
Sog’lig’i haqida ma’lumotlar. Agar sog’liqni
ishga ta’sir bo’lsa, buni ish suhbati davomida
bildirish mumkin.
Ish maoshi tarixi. Hozirgi yoki oldingi
lavozimdagi maosh keyingi yangi lavozimga
aloqasi yo’q. Sababi, xuddi shu ishga boshqa
shahar yoki kompaniyada boshqa maosh
bo’lishi mumkin. Ish beruvchilar nomzodlarni
kalibrovka qilish yoki ish o’rniga ajratilgan
byudjetga mos kelishini tekshirish uchun
birinchi suhbat davomida nomzodlardan
so’rashlari mumkin. Yoki nomzod o’zi
qidirayotgan ish maosh diapazoniga mos
kelishini bilishi uchun birinchi suhbatda so’rab
aniqlashi mumkin. Chunki ikkala tarafdan ancha
vaqt, mablag’ va kuch ketkazib bir nechta
suhbatlardan keyin nomzod keyinroq ish
maoshi kutilgandan boshqaligini bilib qolsa
yoki boshqa sababli ish taklifini rad qilib qolsa,
bu ikkala tarafga ham yoqmaydi.
Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan
ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim,
chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga
qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va
sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto
ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin.
Noo’rin rasm yoki grafik tasvirlar: rezyume
professional bo’lishi va faqat sizning
malakangiz va tajribangizga e’tibor qaratishi
kerak. Ahamiyatsiz yoki professional bo’lmagan
har qanday rasm yoki grafik tasvirlar nomzod
ko’rsatmoqchi bo’lgan yaxshi taassurotni
buzishi va ishga kirish imkoniyatiga putur
yetkazishi mumkin.
Ishga aloqasi bo’lmagan shaxsiy qiziqishlar
yoki sevimli mashg’ulotlar.
|
Rezyume namunasi
Rezyume namunalari Internetda juda ko’p, ularni
Google orqali qidirib topish mumkin. Masalan,
Microsoftni katalogidan 
inglizchada
yoki 
ruschada
o’zingizga yoqqan dizaynni tanlab yuklab olsangiz
bo’ladi.
Yangilangan sana 10-04-2022
      

Resume, CV
Orqaga | Asosiy sahifa
Rezyume (CV) tuzish, uning
turlari va namunasi

Ma'lumot
Rezyumelar haqida qiziqarli faktlar:
“Resume” so’zining birinchi ma’lum
qo’llanilishi XVI asrga to’g’ri keladi va
frantsuzcha “resumer” so’zidan olingan
bo’lib, “jamlash” degan ma’noni anglatadi.
O’rtacha ish beruvchi rezyumeni ko’rib
chiqish uchun atigi olti soniya vaqt
sarflaydi.
O’rtacha rezyumeni ishga qabul qiluvchi
menejerga yetguncha uch-besh kishi
o’qiydi.


Telegram kanal
Agar ushbu maqola sizga yoqqan bo’lsa uni
do’stlaringiz bilan ham ulashing. Yoki ushbu
mavzuga qiziqsangiz, bizning 
Telegram
kanalimizga
obuna bo’ling.


Ta'minot zanjiri sohasidan rezyume
namunasi (ko'rish uchun ushbu matnni
bosing)


Yuridik sohasidan rezyume namunasi
(ko'rish uchun ushbu matnni bosing)


Moliya sohasidan rezyume namunasi
(ko'rish uchun ushbu matnni bosing)


2 изоҳлар
Shohnur 
6 天前
Intiluvchan chaqqon masulyatni xis qiladigan
0
Android 12
Chrome 108.0.0.0
Nishonboyeva 
2023-04-08
1
1
∠( ᐛ 」∠)_
法兰克福
Android 10
Chrome 100.0.4896.127
Давомини ўқиш
Powered by 
Twikoo
v1.6.16
Ихтиёрий
Исм
Ихтиёрий
Email
Ихтиёрий
Веб-сайт
0/500
Кўриб чиқиш
Юбормоқ
Nishonboyeva 
2023-04-08
2
Жавоб бериш @Nishonboyeva :
Man Shavkatovna Mohinur
Nishonboyeva 03. 11 2009 yil Toshkent viloy
ati Yangiyo’l
shaxrida tugilganman oilada 5
kishimiz hozirgi kunda 7- sinf
07/05/23, 20:25
Стр. 1 из 1

Download 129.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling