Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi Microblog
Download 129.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi - Microblog
© 2022 - 2023 Iskandar Makhmudov | CC BY-NC 4.0 Заĸон Литтла Ishlab chiqarish asbob-uskunasining Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi (OEE) Iskandar Makhmudov Qo'shilgan bo'lim: Ko'nikmalar Mavzular to'plami: Foydali ko'nikmalar 10-04-2022 10-04-2022 1902 so'zlar 9 daqiqa 1353 o'qilganlik soni 2 izohlar Mavzular - Foydali ko'nikmalar | Avval tushunishga, keyin tushunilishga intilmoq | Taqdimot tayyorlash va taqdim etish usullari | Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi MUNDARIJA Rezyume ish qidiruvchilar uchun muhim vositalardan biridir. Chunki u potentsial ish beruvchilarga sizning ish tajribangiz, ma’lumotingiz va kasbiy ko’nikmalaringiz haqida qisqacha ma’lumot beradi. Shu bilan bir qatorda, rezyume sizning yutuqlaringiz va malakalaringizni namoyish qilish va nima uchun e’lon qilingan ish joyiga eng munosib ekanligizni ko’rsatish uchun yana bir imkoniyatdir. Ammo har hil turdagi rezyumerlar mavjud bo’lgani sababli, boshida qayerdan boshlash sizga qiyin tuyulishi mumkin. Ushbu maqolada rezyumerlar haqida umumiy ma’lumotlar va qolgan raqobatchi nomzodlardan ajralib turishingizga yordam beradigan foydali maslahatlar beriladi. | Rezyume ta’rifi va turlari Rezyume, ba’zida resume yoki uning sinonimi CV (curriculum vitae), shaxsning ish tajribasi, ta’limi, malakasi va aloqa kontaktlari kabi shaxsiy ma’lumotlari jamlangan hujjat hisoblanadi. Ko’pincha rezyume yangi ish qidirilayotganda ish beruvchi bilan suhbatga (intervyu) taklif olish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun undagi ma’lumotlar aniq, yetarlicha to’liq, onson o’qiladigan va 1-2 varroqdan oshmaydigan qisqa bo’lishi kerak. CV esa ko’proq akademik muhitda ishlatilib, uning hajmi rezyumedan ancha uzunroq bo’ladi. Rezyumeni tuzishda odatda shaxsning ismi sharifi, turar joyi, bog’lanish uchun e- mail yoki telefon kontaktlari, olgan ma’lumoti, ish tajribasi va har qanday o’rinli kasbiy ko’nikmalari va yutuqlari haqida bo’limlar kiritiladi. Shuningdek, u kasbiy sertifikatlar, ilmiy maqolalar va mukofotlar kabi ixtiyoriy bo’limlarni o’z ichiga olishi ham mumkin. Bir nechta rezyume turlari mavjud, qaysi ma’lumotlarni urg’ulash muhimligidan kelib chiqqan holda o’zingizga mos keladiganini qo’llashingiz mumkin. Quyida ba’zi keng qo’llaniladigan turlarini keltiriladi: 1. Xronologik rezyume: ushbu turdagi rezyumeda sizning ish tajribangiz va ma’lumotingiz haqidagi ma’lumotlar hronologik tarzda keltiriladi. U eng ohirgi ish joyingiz va lavozimingiz bilan boshlanib, eng birinchisi bilan yakunlanadi. Agar sizda ancha yillik ish tajribasi bo’lib karyerangizdagi barqaror o’sishni urg’ulamoqchi bo’lsangiz, ushbu format tanlangani ma’qul. 2. Funktstional rezyume: ushbu turdagi rezyumeda ish tarixi emas, balki asosan sizning kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizga urg’u beriladi. Agar ish tarixingizda tanaffus mavjud bo’lsa yoki ishga mos keluvchi qaysidur aniq ko’nikmalarni ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, ushbu format ko’proq tog’ri keladi. 3. Kombinatsiyalangan rezyume: nomidan ko’rinib turibdiki, ushbu turdagi rezyume xronologik va funktsional rezyumening xususiyatlarini birlashtiradi. Ya’ni, sizning ish tajribangiz va ma’lumotingizni teskari xronologik tartibda sanab o’tib, yana qo’shimcha ravishda kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizni ta’kidlaydigan bo’limi ham keltiriladi. 4. Maqsadlangan rezyume: ushbu turdagi rezyume siz topshirayotgan ishga moslashtirilgan bo’ladi. Ya’ni, faqat shu lavozimga mos keladigan kasbiy ko’nikmalaringiz va tajribalaringizni urg’ulaydi va o’tmishda ushbu ko’nikmalardan qanday foydalanganingizning aniq misollarini o’z ichiga oladi. | Rezyume bo’limlari Rezyume tuzishda quyidagi standart bo’limlar ketma-ketligidan foydalanish mumkin: Aloqa ma’lumotlari: Bu sizning ismingiz, telefon raqamingiz va elektron pochta manzilingizni o’z ichiga olishi kerak. Karyerangiz haqida qisqacha ma’lumot (ihtiyoriy): bu bo’lim ro’yxat shaklida (bullet points) yoki bir abzats matn shaklida berilishi, unda sizning kasbingiz va yangi ishga mos keladigan ko’nikmalar va tajribalaringiz haqida ma’lumot berishingiz mumkin. Masalan, “16- yillik bir nechta sanoat tashkilotlarida audit sohasida mehnat tajribasiga ega bo’lgan hisobchi, Westminster Universitetida “Biznes boshqaruvi” magistr programmasini bitirgan, ACCA xalqaro sertifikatiga ega.” Ish tajribasi: bu bo’limda oldingi ish joyingizni oxirgi lavozimingizdan boshlab teskari xronologik tartibda sanab o’tish kerak. Ish beruvchilarning nomlari, lavozimlar va ishlagan muddat sanalari kiritiladi. Agar uzoq yillar ishlagan bo’lsangiz, odatda ohirgi 5-10 yilni qamrovchi mehnat tafsilotlari ko’rsatiladi. O’qish joylari: bu bo’limda olingan ta’lim, jumladan, muassasa nomi, olgan ilmiy darajangiz va soha yo’nalishi va o’qish muddati sanalari beriladi. Agar yaqinda karyerangizni boshlagan bo’lsangiz, unda rezyumedagi ta’lim bo’limi ish tajribasi bo’limidan oldin kelishi tavsiya qilinadi. Kasbiy ko’nikmalar va sertifikatlar: bu bo’limda yangi ishga mos bo’lgan ko’nikmalar va prefessional sertifikatlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, chet tillari, kompyuterda dasturlash tillari, haydovchilik guvohnomasi va hokazo. Shaxsiy ma’lumotlar: tug’ilgan yil, yashash manzili (shahar nomi), oilaviy ahvol, viza statusi kabi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Agar rasm so’ralmagan bo’lsa, uni qo’shish shart emas. Muayyan tajribangiz va murojaat etayotgan ishingizga qarab, boshqa bo’limlarni, masalan, volontyorlik mehnati, kasbiy assotsiatsiyalar, mukoforlar va unvonlar, ilmiy maqolalar, qiziqish va hobbilar bo’yicha bo’limlarni qo’shish ham mumkin. | Rezyume tuzish bo’yicha maslahatlar Effektiv rezyume yaratish uchun ba’zi foydali maslahatlar: Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga moslashtiring. Ya’ni, yangi ish uchun eng mos bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va tajribalarni ko’rsatilishi kerak. Imkon bo’lsa, har bir topshiralayotgan ishga rezyumeni moslash kerak. Qaysi tajriba va ko’nikmalarni urg’ulash kerakligini aniqlash uchun ish e’lonidan qo’llanma sifatida foydalansangiz bo’ladi. Aniq va ixcham formatdan foydalaning. Rezyumeni o’qigan odamga uni o’qish va undan foydalanish oson bo’lishi kerak. Tajribangiz va ko’nikmalaringizni ko’rsatish uchun nuqtali yangi qatorlardan (ingl. tilida “bullet points”) va qisqa iboralardan foydalaning. Shu bilan birga, rezyumeingizga keraksiz yoki ahamiyatsiz ma’lumotlarni kiritmang. Harakat fe’llaridan foydalaning. Lavozim mas’uliyatlari va natijalarini ko’rsatish uchun aktiv fe’llarni qo’llash muhim hisoblanadi. Masalan, “Men jamoani boshqarish uchun mas’ul edim” deyish o’rniga, “12 ta xodimdan iborat jamoani boshqardim” deb ifodalash mumkin. Natija va yutuqlaringizni urg’ulash uchun raqamlardan foydalaning. Ishingizning ta’sirini ko’rsatish uchun iloji boricha raqamlardan foydalaning. Masalan, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar kamaytirildi” deyish o’rniga, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar 5% ga kamaytirildi” deb aytish mumkin. Imlo va grammatik xatolar yo’qligiga ishonch hosil qiling. Sizning rezyumeingizni boshqa odam ko’rib chiqishi ham yaxshi fikr. Qisqartma so’zlardan (abreviatura) iloji boricha kamroq ishlatilgani ma’qul. Professional elektron pochta manzilidan foydalaning. “ kulchanon@mail.ru ” kabi shaxsiy elektron pochta manzillaridan foydalanish o’rniga, rezyumega “ k.azimov@gmail.com ” yoki “ kozim.azimov@gmail.com ” kabi ismingizni o’z ichiga olgan professionalroq elektron pochta manzilidan foydalanishni tavsiya qilinadi. Professional shriftdan foydalaning. Arial, Calibri yoki Times New Roman kabi o’qish oson va professional shriftni tanlang. Chiroyli yoki dekorativ shriftlardan saqlaning, chunki ish beruvchiga ularni o’qish qiyin va professional ko’rinmasligi mumkin. Rezyumeni bitta sahifada saqlang. Umuman olganda, rezyumeni bitta sahifada saqlash tavsiya qilinadi. Ayniqsa, agar siz karyerangizni endigina boshlayotgan bo’lsangiz. Agar sizda uzoq yillik ish tajribasi bo’lsa, unda ikki sahifali rezyumedan foydalanishingiz kerak bo’lishi mumkin. | Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar Ishga bevosita aloqador bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlar rezyumega qo’shilmaydi. Quyida ba’zi misollar beriladi: Aniq turar joy adresi, tug’ilgan sanasi va ish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa shaxsiy ma’lumotlar. Lekin turar shahri va tug’ilgan yilni o’zini bildirish uchun ko’rsatish mumkin. Sog’lig’i haqida ma’lumotlar. Agar sog’liqni ishga ta’sir bo’lsa, buni ish suhbati davomida bildirish mumkin. Ish maoshi tarixi. Hozirgi yoki oldingi lavozimdagi maosh keyingi yangi lavozimga aloqasi yo’q. Sababi, xuddi shu ishga boshqa shahar yoki kompaniyada boshqa maosh bo’lishi mumkin. Ish beruvchilar nomzodlarni kalibrovka qilish yoki ish o’rniga ajratilgan byudjetga mos kelishini tekshirish uchun birinchi suhbat davomida nomzodlardan so’rashlari mumkin. Yoki nomzod o’zi qidirayotgan ish maosh diapazoniga mos kelishini bilishi uchun birinchi suhbatda so’rab aniqlashi mumkin. Chunki ikkala tarafdan ancha vaqt, mablag’ va kuch ketkazib bir nechta suhbatlardan keyin nomzod keyinroq ish maoshi kutilgandan boshqaligini bilib qolsa yoki boshqa sababli ish taklifini rad qilib qolsa, bu ikkala tarafga ham yoqmaydi. Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim, chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin. Noo’rin rasm yoki grafik tasvirlar: rezyume professional bo’lishi va faqat sizning malakangiz va tajribangizga e’tibor qaratishi kerak. Ahamiyatsiz yoki professional bo’lmagan har qanday rasm yoki grafik tasvirlar nomzod ko’rsatmoqchi bo’lgan yaxshi taassurotni buzishi va ishga kirish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin. Ishga aloqasi bo’lmagan shaxsiy qiziqishlar yoki sevimli mashg’ulotlar. | Rezyume namunasi Rezyume namunalari Internetda juda ko’p, ularni Google orqali qidirib topish mumkin. Masalan, Microsoftni katalogidan inglizchada yoki ruschada o’zingizga yoqqan dizaynni tanlab yuklab olsangiz bo’ladi. Yangilangan sana 10-04-2022 Resume, CV Orqaga | Asosiy sahifa Rezyume (CV) tuzish, uning turlari va namunasi Ma'lumot Rezyumelar haqida qiziqarli faktlar: “Resume” so’zining birinchi ma’lum qo’llanilishi XVI asrga to’g’ri keladi va frantsuzcha “resumer” so’zidan olingan bo’lib, “jamlash” degan ma’noni anglatadi. O’rtacha ish beruvchi rezyumeni ko’rib chiqish uchun atigi olti soniya vaqt sarflaydi. O’rtacha rezyumeni ishga qabul qiluvchi menejerga yetguncha uch-besh kishi o’qiydi. Telegram kanal Agar ushbu maqola sizga yoqqan bo’lsa uni do’stlaringiz bilan ham ulashing. Yoki ushbu mavzuga qiziqsangiz, bizning Telegram kanalimizga obuna bo’ling. Ta'minot zanjiri sohasidan rezyume namunasi (ko'rish uchun ushbu matnni bosing) Yuridik sohasidan rezyume namunasi (ko'rish uchun ushbu matnni bosing) Moliya sohasidan rezyume namunasi (ko'rish uchun ushbu matnni bosing) 2 изоҳлар Shohnur 6 天前 Intiluvchan chaqqon masulyatni xis qiladigan 0 Android 12 Chrome 108.0.0.0 Nishonboyeva 2023-04-08 1 1 ∠( ᐛ 」∠)_ 法兰克福 Android 10 Chrome 100.0.4896.127 Давомини ўқиш Powered by Twikoo v1.6.16 Ихтиёрий Исм Ихтиёрий Ихтиёрий Веб-сайт 0/500 Кўриб чиқиш Юбормоқ Nishonboyeva 2023-04-08 2 Жавоб бериш @Nishonboyeva : Man Shavkatovna Mohinur Nishonboyeva 03. 11 2009 yil Toshkent viloy ati Yangiyo’l shaxrida tugilganman oilada 5 kishimiz hozirgi kunda 7- sinf 07/05/23, 20:25 Стр. 1 из 1 Download 129.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling