Rgatish tajribalarini tatbiq etish reja: kirish. I bob. Savod o’rgatish darslarining asosiy mazmuni va uni o’rgatishdagi izchillik


Download 55.46 Kb.
bet9/12
Sana13.02.2023
Hajmi55.46 Kb.
#1192598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Savod rgatish tajribalarini tatbiq etish

«gul» so’zi bilan bog’liq boshqa ismlarni, masalan, Gulmira, Gulchehra kabilarni eslatish maqsadga muvofiqdir.
Darslikka bu xildagi jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o’quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilimdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo’llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo’lgan «ma», «min» (14-bet) kabi ba’zi ish-harakatni bildiruvchi so’zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang’ich bosqichida o’quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o’quv materiallarning yetarli darajada bo’lishiga, ya’ni ko’proq so’z o’qish imkoniyatini hosil qilishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so’zlar (fe’l)ga oid boshlang’ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O’qituvchi darslik materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so’zlar mazmunini to’liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Darslikning 17, 33-betlarida T va Y tovush-harflarini o’rganishda mustahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq» o’yinida «harflarni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa asosida harflarni toptirish, rebusda berilgan harflardan so’zlar tuzdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, T tovush-harfini o’rganish uchun tavsiya qilingan rebusdagi OTMA so’zini bolalar osongina topa oladilar, uning tarkibida O, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harflar ishtirokida OT, MOT, TOM kabi so’zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har ikkovini yonma- yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxasini sinf xattaxtasiga ilib qo’yib, rebusga berkitilgan harflarni (1-rebusda u, b, m, o, ikkinchi rebusda y, l, o, i kabi) ular birgalikda uy so’zini hosil qilishini toptirish, ushbu harflar ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi so’zlarni tuzdirish mumkin. Bunday mashg’ulotlar bolalaming aqliy faolligini rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham e’tibor berildi. Xususan, darslikning 16, 18, 31-betlarida Tt, LI, Uu harf- tovushlarni o’rganishga mo’ljallangan darslar uchun «Ochko’z bo’ri», «AH bobo va qirq qaroqchi», «Bo’ri bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar. berilgan. Ushbu o’rinda o’qituvchi rasmlarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofiqdir. Xususfn, Alifbe davrining boshlang’ich bosqichida o’rganish uchun «Ochko’z bo’ri» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tartibda o’rganish mumkin.
O’qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o’quvchilarga ko’rsatadi. (Rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qo’yiladi.)
- Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti?
- «Ochko’z bo’ri» ertagini.
- Yaxshi. Kim «Ochko’z bo’ri» ertagini aytib beradi? Albatta, o’quvchilarning javobini to’ldirgan holda, o’qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat o’tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn o’qitilib, gaplar tuzdiriladi.
- Ana ot.
- Ot bo’ridan qo’rqmadi.
- U bo’rini tepdi kabi..
Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar ostida ularning so’z andozasi berilgan bo’lib, ular asosida so’zlarni tovush-bo’g’in tahlilini muntazam o’tkazib borish o’quvchilarning yangi bilimlarni mustahkam o’zlashtirishlariga asos bo’ladi.
Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so’zlarning bo’g’inlab berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o’quvchining orfografik savodxonligini ta’minlashga, to’g’ri o’qish va yozish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, qolaversa, o’quvchining lug’at boyligini, so’z zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilimlarni mustahkamlashga oid mashg’ulotlarda o’quvchilar bilimini tekshirib ko’rishda asqatadi. O’qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o’quvchilarning to’g’ri yoza olishi, so’z boyligi, so’zlarni bo’g’inlarga to’g’ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar.

Download 55.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling