Ribosomaning mexano kimyoviy xususiyatlari


Download 0.71 Mb.
bet2/3
Sana28.10.2021
Hajmi0.71 Mb.
#169267
1   2   3
Bog'liq
Ribosomaning mexano kimyoviy xususiyatlari

Ribosomalar (ribonuklein kislota va ...soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir R. diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. R. mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi R. kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Mac, prokariotlarning P. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. R. oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi R. mavjud. R.ning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta R. ketmaket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday P. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan R.da hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan R.da esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda R. soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda R. yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, R. subbirliklarini hosil kiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi. [1]


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling