Rim yakuniy


Download 93.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi93.68 Kb.
#1299039
  1   2
Bog'liq
Rim yakuniy



Kazus:
9. Mark qo'shnisi Tit ekkan olma daraxti shoxlari uning hovlisiga o'tganidan
norozi bo'lib, ularni kesib tashladi. Bundan norozi bo'lgan Tit Mark avval unni
ogohlantirishi lozimligini, ozgina kutganida mevalarini terib olish imkoniyatiga
ega bo'lishini aytadi, va, o'z navbatida, Markdan, birinchidan, u qurgan bino
Titning hovlisiga tushadigan quyosh nurini to'sib qo'yayotgani, ikkinchidan,
binoning tom qismi yomg'ir suvlari Titning hovlisiga tushadigan qilib
qurilganligini ko'rsatib, binoni buzib tashlashni talab qiladi.
1) "Rim huquqining retsepsiyasi" mazmuni haqida fikr yuriting.
2) Vaziyatdan kelib chiqib Rim huquqi bo'yicha mulk huquqi mazmunini
yoriting.
3) Ushbu holatda taraflar mulk huquqini himoya qilish uchun qanday usulni
tanlashlari mumkin edi?
4) Vaziyatdan kelib chiqib Rim huquqi asosida servitut turlarini muhokama
qiling.
5) Markning daraxt shoxlarini roziliksiz kesishi, Titning qo'ygan talablari
to'g'rimi?


Javob:
1) Retsepisiya bu o'zi nima? Rim huquqini qabul qilish (o'zlashtirish) -
keyingi davrlardagi boshqa davlatlar tomonidan Rim huquqini o'zak qilib
olish, qoidalaridan foydalanish.
Rim huquqi deyarli butun dunyo huquqiy madaniyatini rivojlantirishga katta
ta'sir ko'rsatdi. U antik jamiyatda va umuman butun qadimgi va o'sha davrga
nisbatan eng yuqori darajada rivojIangan huquqni aks ettiradi. Qachonlardir,
Rim huquqini «yozma aql» deb ataganIar.
Rim huquqi avvaIo juda xilma-xil ijtimoiy munosabatlar va hodisalarni g'oyat
darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi.
U juda katta bilim va yuksak hayotiy tajribalar asosida o'sha davrning mashhur
olimlari, yuristlari tomonidan yaratilgan. Haqiqatdan ham, Rimda birinchi bo'lib
cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqi, eng mukammaI huquq shakli ishlab
chiqilgan va rivojlantiriIgan. Bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining
birinchi jahonshumul huquqi bo'lib hisoblanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqini oddiy
tovar egalari o'rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarriing hammasi (xaridor va
sotuvchi, kreditor va qarzdor, shartnoma, majburiyat va hokazo) tafsili bilan va
juda aniq qilib ishlab chiqilgan. Rim huquqini fuqarolik huquqini o'rganishda
asos qilib olmoq ham mumkin. «Bu huquqiy tizimning mukammalligi dunyoga
chuqur huquqiy tahlil etish va nafis yuridik texnik namunalarini beruvchi
yurisprudensiyada ham o'z ifodasini topgan». Rim fuqarolik xususiy huquqida
xususiy muIk egalarining mulkni egallash, foydaIanish va uni tasarruf etish
bilan bog'liq munosabatlari hamda ishtirokchilar manfaatlarini himoya
qilishning xilma-xil usullarini mohirona va ustalik bilan ishlab chiqilgan.
Shaklan milliyligi bilan ajralib turuvchi Rim huquqi o'z zamirida juda boy
huquqiy madaniyatni vujudga keItirib, u sivilizasiya taraqqiyotining keyingi


bosqichIarida insoniyatning muqaddas umumiy boyligi bo'lib qolgan.
Rimda birinchi bo'lib yuksak obro', izzat-ikromga ega bo'Igan yuristlar jahonda
huquqshunoslik (yoki huquq) retseptlarini ishlab chiqdilar, ya'ni barcha
huquqlar vujudga kelishi, ulaming takomillashib borishini hamda kelajakda
barcha huquq sohalarining rivojlanishini belgilab berganlar.
• Yuristlar bularni oldindan ko'ra bilganlar, shu sababli qadimgi Rim
huquqshunoslarini «huquq ijodkorlari» deb atashgan. Bu yuristlarning o'ziga
xos xususiyati shundan iborat bo'lganki, ular qonunlami bar tomonlama talqin
qilganlarida ham, huquqlarning kafolatlarini ta'minlashga asosiy e'tiborni
qaratganIar.
Rim huquqida mulk lotincha “dominium” co’zi bilan ifodalangan. Bu so’z
“bo’ysundirilgan”, “rom qilingan”, “qo’lga olingan” ma’nolarini anglatgan
“domare” so’zidan olingan bo’lsa kerak. Birovning mulkiga aylangan ashyo
yoki buyum “propriyetas” (proprietas) deb atalgan. Respublikaning oxirgi
davrida faqat Rim fuqarolarigina bu huquqqa ega bo’lganlar. Mulk huquqining
asosiy ko’rsatkichi mulkka mutlaq xo’jayinlik va uning taqdirini hal qilish
huquqlarining qo’shilishidir.
Qadimgi Rimda mulk huquqi quyidagilar bilan belgilangan:
1) ashyoga bevosita xo’jayinlik, hukmronlik qilish;
2) ashyoga boshqa kishilarning har qanday da’vosi va haq-huquqini istisno
qiladigan maxsus huquqning mavjudligi;
3) qonunda ko’rsatilganlaridan tashqari hollarda ashyoga bo’lgan to’liq,
cheklanmagan, mutlaq huquq;
4) xo’jayinlikning, hukmronlikning sharoitga yengil moslanishi;
5) ashyoga qonuniy haqdorligi;
6) mulk egasining ashyodan hamda u keltirgan hosil va daromadlardan
foydalanishga bo’lgan to’liq va bevosita hokimiyatga ega bo’lishi. Rim xususiy
mulkchiligida yerga bo’lgan huquq boshqa barcha huquqlardan ustun turgan.



Download 93.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling