Rishton kulolchilik maktabi


Download 0.63 Mb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1398307
1   2   3
Bog'liq
Rishtоn


Hunarmandlik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan meros ushbu faoliyat turi mustaqillik yillarida yanada rivojlandi.

Farg‘ona viloyatida hunarmandlar safi tobora kengaymoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘layotir. Hunarmandlar tomonidan tayyorlanayotgan buyum va mahsulotlarga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab ortmoqda.
Rishton kulollari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o‘zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi. Arxeologlar tomonidan olib borilgan qazishmalar, Katta Farg‘ona kanali qurilishi paytida Rishton shahri va Zohidon qishlog‘i hududlaridan topilgan sopol buyumlar va uy-ro‘zg‘or ashyolari, shuningdek, turli manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rishton eramizdan avvalgi asrlarda ham madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida Rishton kulolchilik maktabi yanada rivojlandi. Usta Ibrohimjon Komilov, Bobojon Nishonov, Hakimjon Sattorov, Sharofiddin Yusupov singari mashhur kulollar ishini davom ettirayotgan yoshlar ko‘p. 

Yosh hunarmand Sayidjon Ahmedov A’zamjon Ahmadjonov, Turg‘unboy Mirzaboyev kabi usta kulollar maktabida ushbu hunar sirlarini puxta o‘rgandi. Bir necha bor viloyat va mamlakat miqyosida o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘ldi. Uning ijodiy ishlari Germaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya davlatlarida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalarda mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. Rishton kulolchilik maktabi an’nalarini yoshlarga o‘rgatishni maqsad qilgan Sayidjon ayni paytda Farg‘ona shahridagi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejida kulolchilik sirlaridan saboq berayotir.


Qadimiy hunarga o‘ziga xos uslub va joziba berishda usta kulol Tohirjon Haydarov yaratgan kulolchilik maktabi alohida o‘rin egallaydi. Sopol buyumlarga naqsh solishda noan’anaviy yo‘l, ya’ni igna va bigiz kabi buyumlar bilan naqsh solish san’ati ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Chunki bu usulda ishlangan sopol buyumlar o‘ziga xos ko‘rinishi, jilosi va tabiiyligi bilan ajralib turadi.



– Rishton kulolchilik an’analarini rivojlantirish, usta kulollar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi T.Haydarov. – Yaqinda yangi ijodiy ustaxona ish boshladi. Bu yerda kulolchilik maktabining unutilayotgan jihatlarini kashf etish, ushbu hunar bilan xorijlik sayyohlarni tanishtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Kulolchilik hunarini egallash kishidan qunt, sabr-toqat va sinchkovlik talab etadi. Ota-bobolarimizning unut bo‘lib ketayozgan sopol buyumlarni qo‘lda yasash an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, oddiy loydan san’at asari yaratish borasida olib borilayotgan ezgu ishlar uchun kelgusi avlodlar minnatdor bo‘ladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling