Rishton kulolchilik maktabi


Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro hunarmandchilik festivalida Rishton kulolchilik maktabining vakillari ham o‘z mahsulotlarini namoyish etadi


Download 0.63 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1398307
1   2   3
Bog'liq
Rishtоn

Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro hunarmandchilik festivalida Rishton kulolchilik maktabining vakillari ham o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Farg‘onaga kelgan xorijlik sayyoh yoki mehmon albatta Rishton tumaniga tashrif buyuradi. Chunki bu yerning usta hunarmandlari tomonidan tayyorlanayotgan kulolchilik mahsulotlari har qanday kishini maftun etadi.
Rishton – Buyuk Ipak yo‘lida tashkil topgan, Farg‘ona vodiysining eng qadimiy shaharlaridan biri. Qadim zamonlardan Markaziy Osiyodagi eng yirik ajoyib sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanadi. Shahar nomi joylashuv joyiga ko‘ra, kulol tuprog‘i qizil gil – qizil rangga ega bo‘lib, qadimiy so‘g‘d “Rash” (“Rush”, “Rushi”) – “qizil yer” so‘zidan paydo bo‘lgan.
O‘rta asrlarda bir tomondan Xitoy va Hindiston, boshqa tomondan Eron va Yaqin Sharq karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Rishton tez sur’atlarda rivojlanib, Buyuk Ipak yo‘lidagi asosiy to‘xtash joyi hamda savdo-sotiqning asosiy markaziga aylangan. Keyinchalik bu yerda jome masjidi qurilgan. Shaharda kulolchilik: Daxbed, Chinnigaron, Ko‘zagaron, Kulolon mahallalari joylashgan.
XIV asrda ko‘plab kulollar Amir Temur va avlodlarining buyuk qurilish loyihalarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga ko‘chib kelishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq, Temuriylar sulolasining tanazzulga uchrashi bilan, Rishton ham inqirozga uchradi.
XVIII asrdan boshlab Rishton (Rushdon, Roshidon) shahri asta-sekin qayta tiklangan va XIX asr o‘rtalarida hududdagi sirlangan idishlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yirik markaz nomini qaytadan qaytarib olgan.
Rishtonda o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan ganch – chinni ishlab chiqarish texnikasini XVIII asrda qayta tiklagan aka-uka Abdu Jalol (“Usta Abdujalol”, “Usta Jalil”) va Abdujamil (“Usta Abdujamil”, “Usta Kuri”) o‘z ishlarining buyuk ustalari hisoblangan. Kulollar chinni ishlab chiqarish usulini Kashg‘ar va Eron davlatlaridan olib kelgan. Ularning shogirdi Kalli Abdullo (“Kal Abdullo”) laqabi ostidagi – chinni mutaxassisi Abdulla Kulol (1797-1872) oqibatda Rishtonning barcha kulollari uchun Usta-oqsoqol bo‘lib yetishgan.
XIX asr boshlarida Rishtonning kulol mahsulotlari nafaqat Farg‘ona vodiysida balki butun Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori talabga ega bo‘lgan. Shahar 300 tadan ortiq kishi ishlaydigan 100 ga yaqin kulol ustaxonalarini o‘z ichiga olgan. Ushbu davrda Qo‘qon xonligi va Sharqiy Turkiston hunarmandlari bilan uzviy aloqalar o‘rnatilgan.
XIX asrning 70-yillarida usta Abdulla-Kalli boshchiligida Rishton hunarmandlari bilan birgalikda Qo‘qonda Said Muhammad Xudoyorxonning saroyi – O‘rdani bezagi bilan shug‘ullangan. Ularning san’ati Qo‘qon xonligi hukmdori tomonidan yuqori baholangan. Xudoyorxon farmoyishi bilan saroyning janubiy qanoti tomonida “kufi” yozuvi tushirilgan.
Taxminan xuddi shu davrning o‘zida Xudoyorxon Rushdonda “Bog‘i Xon” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘zining qarorgohini qurgan bo‘lib, u tez-tez shu yerda to‘xtab, shaharning barcha kulollari uchun bazm uyushtirar edi.
Rishton buyumlari, miniatyuralari jahondagi san’at shaydolari orasida ham katta shuhrat qozongan. Hech bir hududning kulolchilik namunalariga o‘xshamaydigan bu san’at asarlari AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Shvesiya, Iroq, Eron, Misr kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish qilinishi va jahon ommasi e’tirofiga sazovor bo‘lishi Rishton kulollarining iste’dodidan dalolat beradi.
Rishtonlik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o‘zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi shaharlardagi do‘konlarda savdoga qo‘yilgan Rishton kulolchilik buyumlari va miniatyuralari chet ellik sayyohlar qiziqishini tortayotgani bu san’at namunalariga bo‘lgan talabni kundan-kun oshirmoqda. Rishtondagi qaysi bir kulolning ustaxonasida bo‘lmang, barchasi qo‘li-qo‘liga tegmay ishlayotganini ko‘rasiz.
So‘nggi yillarda Rishton kulolchilik maktabi yanada rivojlandi. Usta Ibrohimjon Komilov, Bobojon Nishonov, Hakimjon Sattorov, Rustamjon Usmonov, Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov, Tohirjon Haydarov singari mashhur kulollar yaratgan mahsulotlar barchani hayratga solib kelmoqda.
Rishtonlik Rustam Usmonov birinchi avlod kulollariga mansub. U rishtonlik ustalar ichida professional san’at ta’limini olgan yagona ustadir. R. Usmonov 1980 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini (sanoat grafikasi bo‘limi) tamomlagan. Keyin Rishtonga qaytib, kulolchilik bilan astoydil shug‘ullana boshlagan, Rishtonning eng yaxshi ustalari Hakimjon Sattorov va Ibrohim Komilovdan hunar sirlarini o‘rgangan.
Usta naqqosh Rustam Usmonov naqsh chizish san’atini mahorat bilan egallagan, u sir berishning turli texnologiyalarini juda yaxshi biladi. U qadimgi ustalar merosini, arxeologik ekspeditsiyalar materiallarini tadqiq etib, yo‘qolib ketgan naqshlarni qayta tiklash bilan shug‘ullanadi. Uning ijodida xalq an’analari va yuqori darajadagi professionalizm uyg‘unlashib ketgan. Usta nozik did egasi – u yasagan buyumlar nafisligi va mumtoz shakldagi tugallangan kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Rustam Usmonov buyumlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida namoyish etilgan va ko‘plab muzeylarda saqlanadi.
Alisher Nazirov ham mashhur kulollardan biri. 12 yoshidan ushbu sermashaqqat kulolchilik hunarini o‘rganishni boshlagan, barcha bosqichlarni bosib o‘tgan. Ko‘plab yaxshi boshlanmalar uning nomi bilan bog‘liq. Rishton kulolchilik zavodida bosh rassom bo‘lib ishlagan, Yaponiyada malaka oshirib, xorijiy ko‘rgazmalarda ishtirok etgan, “Tashabbus” tanlovida hunarmandchilik yo‘nalishida ilk g‘oliblardan bo‘lgan.
Usta yaratgan lagan, shokosa, ko‘zacha, xum, mevadon, qanddon kabi sopol buyumlardagi uslub va ranglar jozibasini ko‘rib, uning o‘z kasbining mohir ustasi ekaniga amin bo‘lasiz.1998 yil Rishtonda yosh kulol-ustalar tayorlash maktabini ochdi va hozirgi kungacha mahoratli kulollar tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Alisher Nazirov har doim ish ustida – hech qachon yangi texnologiyalarni o‘rganishdan to‘xtamasdan, doimo o‘z ustida ishlab keladi. Uning asarlari O‘zbekiston, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va ko‘plab Yevropa, Osiyo va Amerika muzey kolleksiyalarini bezab turibdi.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling