Rivojlanayotgan mamlakatlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash borasida innovatsion-investitsion faoliyatning ahamiyati Nuritdinova Moxinur Doniyor qizi tmi magistranti


Download 58.79 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi58.79 Kb.
#1009900
Bog'liq
Nuritdinova Moxinur tezis 1


Rivojlanayotgan mamlakatlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash borasida innovatsion-investitsion faoliyatning ahamiyati
Nuritdinova Moxinur Doniyor qizi
TMI magistranti
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʼzaro bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada iqtisodiy xavfsizlik va innovatsion faoliyat oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik, mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʼrni toʼgʼrisida hayotiy dolzarb masalalarni taʼkidlab oʼtdi. Jumladan, “Biz oʼzaro bogʼliqlik, hamkorlik, muloqot va eng asosiysi, ishonch izchil va barqaror rivojlanish, mintaqalarimiz aholisining turmush darajasi hamda farovonligini oshirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga aminmiz. Bunday yondashuv – davr talabidir. Bularning barchasi bir tomondan, ziddiyat va ijtimoiy-iqtisodiy larzalardan xoli boʼlgan mintaqalararo hamkorlik va sheriklik maydonini, ikkinchi tomondan, mahsulotlar, xizmatlar, investitsiya va innovatsiyalarning keng bozori shakllanishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi 1”, deb taʼkidlab oʼtganliklarini qаyd etish lozim. Bu esa, mamlakatimizda innovatsion-investitsion faoliyatni tadqiq etish asosida rivojlantirishga boʼlgan talabni vujudga keltiradi.
Hozirgi innovatsion rivojlanish reytingiga eʼtibor qaratsak, Xitoy Xalq Respublikasining tajribasi alohida ahamiyatga ega boʼladi. Jumladan, Xalqaro innovatsion rivojlanish indeksining 2018 yilda eʼlon qilingan hisobotida Xitoy 34 ta yuqori daromadli mamlakatlar ichida 17 oʼrinda qayd etilgan oʼrta daromadda yuqori koʼrsatkichga ega boʼlgan yagona mamlakatdir. 2019 yilga kelib, Xitoy 14-pogʼonaga koʼtarildi hamda Lyuksemburg, Yaponiya va Frantsiyani ortda qoldirdi.
Mamlakatda innovatsiyalarni moliyalashtirishni qoʼllab-quvvatlashda katta oʼrin tutgan institut – bu Tabiiy fanlar milliy fondi (The National Natural Science Foundation of China) hisoblanadi. Mazkur fond 1986 yil 14 fevralda oʼz faoliyatini boshlagan. Ushbu fondning moliyaviy resurslari hajmi 1986 yilda 80 mln Xitoy yuani boʼlgan boʼlsa, 2019 yilga kelib 31,1 mlrd yuanga yetdi. 2018 yilning oʼzida fond tomonidan 44504 ta grantlar ajratilgan2.
Tabiiy fanlar milliy fondi faoliyati turli yoʼnalishlarda olib boriladi. Ularning asosiylari sifatida tadqiqotlarni qoʼllab-quvvatlash, fundamental tadqiqotlar uchun talabgorlarni shakllantirish va infratuzilmani rivojlantirishni keltirib oʼtish mumkin.
Fikrimizcha, Xitoy mamlakatida tadqiqotlarni fundamental jihatdan rivojlantirishda mazkur fond oʼziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan, ushbu fondning istiqboldagi strategiyalari ham tadqiqotlarni rivojlantirishga, ularni qoʼllab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Natijada, innovatsiyalarni yaratishga qulay shart-sharoit yuzaga kelmoqda. Shuning uchun ham Xitoy xalqaro innovatsion indeksda yuqori daromadli mamlakatlar orasida yagona oʼrta daromadli mamlakat sifatida qayd etilmoqda. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish, tibbiy xizmatlarni optimallashtirishga qaratilgan islohotlar oxirgi yillarda xalqaro indeksda alohida eʼtiborga loyiq topildi.
Hindiston Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari oʼrtasida innovatsion jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanib, 2015 yildagi 81 oʼrindan 2018 yilda 57 oʼrinni, 2020 yilda esa 48 oʼrinni egalladi. 5 yil davomida 33 pogʼona koʼtarilish mamlakatda innovatsion-investitsion siyosatga nisbatan ilgʼor yondashuvlarni
amalga oshirilayotganligi bilan belgilanadi, desak xato boʼlmaydi.3 2011 yildan buyon Markaziy va Janubiy Osiyoning eng innovatsion mamlakati boʼlib kelayotgan Hindiston davlati YaIMning oʼsishi joriy narxlarda 1,8 trln. АQSh dollaridan 2,9 trln. АQSh dollari miqdorigacha oʼsdi. Natijada, dunyoning aholisi eng koʼp mamlakati boʼlishiga qaramay kishi boshiga toʼgʼri keladigan YaIM hajmi ham mos ravishda oshdi.

1-rasm. 1980-2025 yillarda Hindistonda YaIM kishi boshiga to'g'ri keladigan
hajmi4, AQSh dollarida
YaIM kishi boshiga to'g'ri kelgan miqdori 1980 yilda 270 AQSh dollari atrofida bo'lgan bo'lsa, 2008 yil global moliyaviy inqiroz davrida 1020 AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan so'ng 2019 yilga qadar 2097 AQSh dollarigacha o'sdi. 2020 yilga kelib esa, 1876 AQSh dollariga teng bo'ldi. 2019 yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi sabab makroiqtisodiy nobarqarorlik vujudga kelishi milliy iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy ta'sir ko'rsatdi. 2008 yilda 2007 yilga nisbatan sezilarsizpasayish bo'lgan bo'lsada, undan so'ng iqtisodiy o'sish barqaror tendentsiyaga ega bo'lganligini qayd etish mumkin.
Bizningcha, Hindistonda alohida e'tibor bilan olib borilgan innovatsioninvestitsion siyosatning amalga oshirilishi makroiqtisodiy barqarorlikda o'zining ijobiy ta'sirini aks ettirdi. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning o'ziga xos muhiti shakllandi. Mazkur davlatda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan jadal islohotlar asrimizning ikkinchi dekadasida boshlandi. Unda asosiy e'tibor global innovatsion indeks bilan ishlaydigan institutsional tuzilmaning shakllantirilishi bilan bevosita bog'liq hisoblanadi.
Hindistonning mazkur tajribalarini inobatga olib O'zbekiston sharoitida qo'llash alohida ahamiyatga ega hisoblanadi:
− innovatsiyalarni shakllantirishga qaratilgan faoliyatni moliyalashtirish alohida jamg'armalarning tashkil etish va ularni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish;
− innovatsiyalarni vujudga keltirishda turli dasturlarni e'lon qilish;
− innovatsion faoliyatni aholi turmush farovonligi
−suv va elektr ta'minoti, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatlishi va shu kabi boshqa omillarni ta'minlashga qaratish;
− innovatsiyalarning tejamkor bo'lishiga va xususiy sektorning rolini oshirib borishga e'tibor qaratish;
− innovatsiyalarning yaratilishida yuqori texnologiyalarning import qilinishiga cheklovlar kiritish;
− ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda ilg'or mamlakatlar bilan hamkorlik qilish va yuqori texnologiyalar sohasida tadqiqotlar shart-sharoitlar yaratish.
O'zbekiston sharoitida amaliyotga joriy etish uchun xorij tajribasidan kelib quyidagilarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz:
− O'zbekistonda og'ir sanoat sohasida innovatsion-investitsion faoliyatini rivojlantirish uchun uzoq muddatga mo'ljallangan strategiyani qabul qilish;
− innovatsiyalarni joriy etishda iqtisodiyot tarmoqlarini quyi va yuqori texnologiyalar talab etadigan xususiyatlar bilan tizimlashtirish;
− kichik biznes sub'ektlari faoliyatida mavjud mua mmolarni bartaraf etishda inson kapitali va mablag'larni boshqarishning huquqiy-me'yoriy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish lozim. bunda innovatsion-investitsion faoliyatni shakllantirishda tarmoqlarda ilmiy sig'imkorlik darajasini tabaqalashtirish tizimini joriy etish.
Tarmoqlarni ilmiy sig'imkorligi jihatidan tabaqalashtirishda quyidagilarni inobatga olish zarur, deb hisoblaymiz:

  • yuqori texnologiyalar talab etadigan tarmoqlar

  • bular uchun davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirishda ustuvorlik berish;

  • o'rta darajada ilmiy sig'imkorlik talab etadigan tarmoqlar

  • davlat va xususiy sektor hamkorligi doirasida moliyalashtirishning asoslarini yaratish;

  • ilmiy sig'imkorlik to'liq talab etilmaydigan tarmoqlar

  • xususiy sektorlar tomonidan moliyalashtirilishini belgilash va davlatning islohotchiligini nazarda tutish.

Olib borilgan tadqiqotlar asosida aytish mumkinki, O'zbekistonda innovatsion-investitsion faoliyatni rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni kengaytirish muhim hisoblanadi. Bu borada, davlatning ham moliyaviy, ham huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashi alohida ahamiyatga ega.

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Марказий ва Жанубий Осиё: минтақавий ўзаро боғлиқлик. Таҳдидлар ва имкониятлар” мавзусидаги халқаро конференциядаги нутқи. https://president.uz/uz/lists/view/4484

2 4 http://www.nsfc.gov.cn/english/site_1/about/6.html

3 https://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.MKTP.CD?end=2019&locations=IN&start=2011 маълумотлари асосида шакллантирилган

4 10 https://knoema.ru/IMFWEO2020Oct/imf-world-economic-outlook-weo-database-october-2020

Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling