Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni va roli mundarija: kirish I bob. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro savdoda tutgan o’rni


Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo`jaligida tutgan o`rni


Download 168.09 Kb.
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi168.09 Kb.
#1625766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING JAHON IQTISODIYOTIDAGI O’RNI VA (2)

2.2.Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo`jaligida tutgan o`rni
Jahon iqtisodiyoti va ХIMda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”) rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha sistemalari bo`yicha ajralib turadi.
“YaIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. Ya’ni, ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi “YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida ko`zga tashlangan edi.
Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek Osiyodagi “YaIM”larning ko`pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xo`jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo`yicha ham, tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo`yicha ham, rivojlanishning o`ziga xos namunasi bo`lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar –Argentina, Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalukqlidir. Yuqorida sanab o`tilgan barcha mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg`ochlari hisoblanadi. Ularning orqasida “YaIM”ning so`nggi avlodlari (Filippin va Хitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda..
BMT tomonidan ishlab chiqargan metodika bo`yicha “YaIM”lar qatoriga kiruvchi davlatlar u yoki bu kriteriyalar bo`yicha alohida ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:
- Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulotning miqdori bo`yicha.
- Yalpi ichki mahsulotning o`rtacha yillik o`sish sur’atlari bo`yicha.
- Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori bo`yicha ( 20% atrofida bo`lishi kerak).
- Chiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bo`yicha.
- Хorijiy mamlakatlarga chiqariladigan to`g`ridan–to`g`ri investitsiyalarning umumiy miqdori va h.o.lar
“YaIM”lar ushbu ko`rsatkichlar bo`yicha nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim hollarda bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlardan ham ushbu ko`rsatkichlar bo`yicha ustunlikka egadir. Masalan, Tayvan, 1952-1995 yillarda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 170 marotaba o`stirgan edi. (aholining o`sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyatsiya darajasi o`rtacha 3,6%ni, iqtisodiy o`sishning o`rtacha yillik sur’ati 8,7%ni tashkil etgan edi. Tayvan iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha dunyoning ilg`or mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo`lib, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yillik daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
Shunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’ati hisoblab ko`rilganda uning miqdori yiliga 5%ni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin (bu ko`rsatkich Yevropa mamlakatlarida 2%ga teng bo`lgan). Ana shu yillarda Tayvanda yillik o`sish sur’ati juda yuqori bo`lib 8,7%ni tashkil etgan. 90- yillarda J.anubiy Koreya va Singapurda yillik o`sish sur’atlari 8%ni, Malayziyada esa 9%ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish sur’atining yuqoriligi aholining yashash turmush tarzini, yaxshilab borayotganligi bilan uygunlashib bormoqda. 1960-1990 yillarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yillik daromad rivojlanayotgan “YaIM”da 4 marotaba o`sgan edi. Хullas, xalqaro ekspertlarning bashorat qilishicha, 2010 yilga borib Sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari G`arbiy Yevropaning yalpi milliy maxsulotining hajmi bo`yicha quvib o`tishi, 2020 yillarga borib esa Shimoliy Amerikadan ham o`zib ketishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasining “YaID”laridan biri Singapur haqida shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, u 1995 yilda mintaqa davlatlari ichida birinchi bo`lib “industrial rivojlangan mamlakat” statusini qo`lga kiritdi. Bunday unvon unga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon qilindi. Barqaror iqtisodiy o`sishning 5-10 yilligi davomida o`ziga nisbatan past rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari qatoridan joy oldi. (aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi milliy maxsulot hisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik o`sish sur’ati o`rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat axolisining yashash turmush tarzi esa o`rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi har bir aholining o`rtacha statistik daromadi 1995 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (5-jadval).
O`z navbatida Gonkong ham uzoq yillar davomida Buyuk Britaniyaning sobiq koloniyasi bo`lib, keyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha o`zining metropoliyali darajasidan yuqori pog`onaga ko`tarilgan edi.
1-jadval

Download 168.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling