Rivojlanish istiqbollari


Injektorli ta’minlash tizimi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana12.10.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1699175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Krf1id7G7M5lvnh58RYMxlmRCQReoUxA17uK5vVq

Injektorli ta’minlash tizimi
1. K-Jetronic” mexanik purkash tizimi. K- Jetronic purkash tizimi 
yonilg’ini uzluksiz purkovchi mexanik tizimdir. Yonilg’i bosim ostida kiritish 
kollektoridagi kiritish klapanlari oldida joylashgan forsun-kalarga uzatiladi. 
Forsunka yonilg’i bosimining ta’sirida ochiladi va uni uzluksiz ravishda purkab 
turadi. Yonilg’i bosimi motorning yuklamasi va sovitish tizimi haroratiga bog’liq 
bo’ladi. 
K- Jetronic purkash tizimining asosiy elementlaridan biri me’yor-lagich-
taqsimlagichdir. U stilindrga kiritilayotgan havo miqdori va boshqa-ruvchi bosim 
qiymatiga ko’ra purkalishi lozim bo’lgan yonilg’i miqdorini belgilaydi. 
 
Dvigatelni ishga tushirish vaqtida benzonasos purkash tizimida yonil-g’i 
bosimini hosil qiladi. Agar dvigatel sovuq bo’lsa (harorati 35

S dan past) 
elektromagnit boshqaruvga ega bo’lgan ishga tushirish forsunkasi ma’-lum vaqt 
davomida kiritish kollektoriga qo’shimcha yonilg’i purkaydi. Ishga tushirish 
forsunkasining ishlash vaqti dvigatelning haroratiga ko’ra ter-morele tomonidan 
belgilanadi. 
Plunjer tirqishlari orqali differenstial klapanning yuqori kame-rasiga yonilg’i 
uzatilganda prujinaning bosim kuchiga yonilg’i bosimi qo’shi-ladi va diafragma 
pastga egilib yonilg’ini “E” kanaliga o’tish tirqishini kattalashtiradi. Yuqori 
kameradagi yonilg’i bosimi pasayadi, diafragma birmuncha to’g’rilanadi va 
natijada dinamik muvozanat, yuzaga keladi.
Yonilg’i bosimi rostlagichi purkash tizidagi yonilg’i bosimining qiy-matini 
o’zgarmas holda ushlab turadi. Bosim belgilangan qiymatdan ortishi bilan porshen 
prujinani siqib o’ng tomoniga harakatlanadi va ortiqcha yonilg’ini “V” kanal orqali 
bakga qaytarilishiga imkon beradi. 
Boshqaruvchi bosimning rostlagichi boshqaruvchi bosimni asosan sovuq 
dvigatelni ishga tushirish va qizdirishda, salt va to’la yuklamalar bilan ishlaganda 
o’zgartiradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling