Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 49.19 Kb.
bet1/5
Sana17.12.2022
Hajmi49.19 Kb.
#1025262
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-variant


7-variant
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

  1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmogi bolib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik ozgarishlar dinamikasini organadi. Rivojlanish psixologiyasining organish obekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va ozgaruvchi soglom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi ozgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi konikma va malakalarni hosil bolish qonuniyatlarini organadi.
Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini organishdan iborat
Rivojlanish psixologiyasi oz navbatida bir qancha sohalarga bolinadi. Bular- Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi oquvchilar psixologiyasi Osmir psixologiyasi Ilk ospirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi
Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari -Psixik jarayonlarning, bilimlarning ozlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. -Shaxs rivojlanishining muhim omillarini organish -Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish -Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini organadi -Psixik jarayonlarning, bilimlarning ozlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. -Shaxs rivojlanishining muhim omillarini organish -Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish -Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini organadi
Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: - insonning butun hayot yoli davomida psixik rivojlanishiga tasir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni organish; - ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; - psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini organish; - malum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish. Rivojlanish psixologiyasining amaliy vazifalari: - insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos meyorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash; - psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish; - yosh va tibbiy diagnostika; - inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.
Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bogliqligi Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika talim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U talim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi ornini ochib beradi. Bolaga talim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib talim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar talimi va tarbiyasida oyin usullaridan foydalanish kerakligini takidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida oyin etakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.


  1. Download 49.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling