Rivojlanish xususiyatlari Geografik joylashishi, tabiiy sharoiti va boyliklari Aholisi va uning joylashishi


Download 24.5 Kb.
bet2/5
Sana21.01.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1107329
1   2   3   4   5
Bog'liq
yapoiya

Relyefi. Yaponiya hududining 3/qismi qir va tog'lardan iborat: past tekisliklar sohil buylab ayrim-ayrim joylashgan. Xokkaydo orolidagi tizmalarning ba'zi cho'qqilari balandligi 2000 metrdan oshadi. (Asaxi cho'qqisi - 2290 metr). Xonsyu orolining shimoliy qismida 3 ta bo'ylama tog' tizmalari bo'lib, ular vodiy va soyliklar bilan bo'lingan: orolning o'rta qismidan o'tgan Fossa-Magna siniqlar zonasi (uzunligi 250 km.) bo'ylab qator vulkanlar, jumladan, Yaponiyadagi eng katta vulkan - Fudziyama (balandligi 3776 metr) qad ko'targan. Xonsyu oroli markaziy qismidagi tizmalarning cho'qqilari alp relyefi va yilning ko'p qismida qor bilan qoplanib turadi. Yaponiyada balandligi 3000 metrdan yuqori 16 ta cho'qqi bor.

Sikoku orolining eng baland joyi 1981 metr(Isidzuti cho'qqisi), Kyusyu oroliniki-1788 metr (Kudzyu vulkani).



Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari: Yapon orollari yoyi g'arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasi tarkibiga kiradi. Fossa-Magna kundalang siniklar zonasi Yaponiya hududini tuzilishi jihatidan o'zaro farq qiluvchi ikki bo'lakka bo'lib turadi. Xokkaydo oroli va Xonsyu orolining shimoliy qismi paleozoy-mezozoy qatlamlaridan tuzilgan.

Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855,1891 1897 va 1923 yillarda falokatli zilzilalar bo'lgan). Yaponiyadagi 150 ta vulkandan 40 tachasi so'nmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloqlar ko'p. Foydali qazilmalardan ko'mir, temir rudasi, oltingugurt, marganes, qo'rg'oshin, rux, mis rudalari, neft, xromit, oltin, kumush va simob konlari bor.



Iqlimi mussonli, shimolida mo''tadil, janubida subtropik, RYUKYU orollarida asosan tropik. Xokkaydo orolida, Sapporoda yanvarning o'rtacha harorati - 50S, iyulniki 220S, Okinavada yanvarning o'rtacha harorati 160S, iyulniki 280S. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo va ko'p yog'in keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun bo'ladi. Bu vaqtda kuchli shamol esib, jala yog'adi. O'rtacha yillik yog'in 1800 mm. Xokkaydo orolining sharqida yillik yog'in 800-1200 mm, Sikoku va Kyusyu orollarida 3000 mm.gacha.

Ichki suvlari. Daryolari qisqa, ammo sersuv. Mamlakat gidroenergiya resurslari 52,7 mln. kvt. Shundan 21,8 mln. kvt o'zlashtirilgan (1975). Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Ko'pgina daryolarning suvi sug'orishga sarflanadi. Mayda ko'llar ko'p. Yaponiyadagi eng katta ko'l Biva (maydoni 716 km2).

Tuproqlari. Shimolida o'tloqi-botqoq, janubda qo'ng'ir, o'rmon subtropik va tropiklarda sariq va qizil, tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan.


Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling