Rivojlanishi va ahamiyati


Poya po‘stlog‘idan olnnuvchi tolalarning yo‘g‘onligini aniqlash


Download 0.59 Mb.
bet19/21
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1497883
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
23.04.2022

Poya po‘stlog‘idan olnnuvchi tolalarning yo‘g‘onligini aniqlash. Kanop, zig‘ir tolalarning chiziqiy zichligini aniqlash uchun to‘da tolalardan tajriba uchun olingan 10 tutam namunaning o‘rta qismidan 5,0 sm kesib olinadi. Tolalarning kesimi bir joyga yig‘iladi, kalta tolalardan tozalanadi, parallel holatga keltirilib uning o‘rtasidan 10 mm va massasi 100 mg bo‘lgan namuna kesish asbobi bilan qirqib olinadi. Pinset bilan tolalarning soni hisoblanadi. Tolalarning sonini hisoblashda elementar tolalarning shoxlanishi bo‘yicha hisoblanadi. Agar elementar tolalarning shoxlanishi kesimning yarmidan kichik bo‘lsa, bitta tolaga, agar elementar tolalarning shoxlanishi kesimning yarmidan ko‘p bo‘lsa nechta elementar tola bo‘lsa, shuncha tolaga hisoblanadi.
Bu usul bilan aniqlangan tolalarning yo‘g‘onligini shartli chiziqiy zichlik deb ataladi. Chunki, bu tolalar qo‘shimcha birorta texnologik jarayondan ishlovdan o‘tsa uning shoxlanishi ko‘payadi va yo‘g‘onligi o‘zgaradi. Tolarning chiziqiy zichligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

(34)
Bu yerda: -o‘rta qismining uzunli; мм; - o‘rta qismining massasi, мг; - tolalarning shartli soni.
Kanon, zig‘ir tolalarning yo‘g‘onligini aniqlash uslubi to‘da texnik tolalarning bo‘linish qobiliyatini aniqlashda ham ishlatiladi.
Paxta tolasining chiziqiy zichligi LPS-4 asbobi yordamida aniqlash mumkin. Bu asbob tolaning yo‘g‘onligiga nisbatan havo o‘tkazuvchanligiga asoslangan.
Paxta tozalash korxonalarida LPS-4 asbobi chigitli paxtaning va paxta tolasining navini aniqlash uchun keng foydalaniladi. Bu usul yangi standartlarga kiritilgan. Chigitli paxtaning navini aniqlash uchun olingan namunaning namligi 12 %dan yuqori bo‘lsa, maxsus quritish uskunalarida meʼyoriy namlikka qadar quritiladi. Keyin, laboratoriya jinlarida tolasi chigitdan ajratiladi. Tola esa AX-2 uskunasida tozalanadi. Taeushl uchun AX-2 uskunasidan olingan tola qatlamini buzmasdan xar qismidan kerak bo‘lgan massada 4 ta namuna olinadi. Namunaning massasi sanoat naviga nisbatan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq olinadi.
To‘qimachilik iplarining chiziqiy zichligi GOST 6611.1-73 standarti bo‘yicha aniqlanadi.

To‘qimachilik iplarining chiziqiy zichligini aniqlashda quyidagi tushuncha va ifodalar kiritiladi:



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling