Rivojlanishi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI. (1)
4- Mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI.
Reja: 1. O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirilishi uning yo’nalishlari, bosqichlari va hususiyatlari. 2. Bozor infratuzilmasining shakllanishi qishloq xo’jaligidagi islohotlar uning vazifalari va yo’nalishlari. 3. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. 4. Soliq tizimidagi islohotlar.
1. Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomoniga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: 1) iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak; 2) davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; 3) bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart; 4) bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish; 5) ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi: - o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; - qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; - ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va etuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib tan olindi. Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi. Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2.Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga
xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor “o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi”-deydi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi. Aloqa, transport, geologiya qidiruv, yoqilg‘i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘- kon sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo’ldi. 1994-yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34%-xususiy, 48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijaraxo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va muammolariga respublika Oliy Majlisining XV sessiyasi (1995-yil dekabrda) va Vazirlar Mahkamasining majlisida (1996-yil fevral), Birinchi Prezident I.A. Karimovning nutqlarida keng yoritildi. 1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng muhimi islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi. Moliyaviy vaziyat o‘nglanib, inflyasiyani 1994-yilga nisbatan uch barobar kamaytirishga erishildi. Narxning o‘sishi yil boshida 16,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 2,2 foizni tashkil qildi. Valyuta bozorida joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 11 marta ko‘p, ya’ni 1,3 mlrd dollar sotildi. Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‘rniga 98,8 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi shu yili o‘tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‘ldi. Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan.
Ana shu sa’yi harakatlar natijasida1995-yil o‘rtasida Respublika xalq xo‘jaligida 30770 kichik korxona va kooperativ, 20115 xususiy korxona ishlab turdi. 15600 fermer xo‘jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming gektarga yaqin er biriktirib berilgan bo‘lib, 67,5 ming kishi mehnat qilmoqda edi. Fermer xo‘jaliklarining tasarrufida 190 mingga yaqin qoramol va boshqa hayvonlar mavjud. 1995-yilning faqat birinchi choragidagina fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan ikki barobar ko‘p go‘sht va sut mahsulotlari tayyorlandi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tomonidan respublikaning 187 tuman va shaharida bank bo‘limlari ochildi. 1994- yili va 1995-yilni olti oyida kichik va ijara korxonalariga, shuningdek shirkatlarga va tadbirkorlarga jami 1.222.3 million so‘m miqdorda kredit berildi. Ikkinchi bosqichda I.A. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” (1995-yil) asarida qo‘yilgan choralarni, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000- yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 ob’yekt o‘rniga 374 ob’yekt xususiylashtirildi. Ularning negizida 152 ta xissadorlik jamiyati, 103 xususiy korxona tashkil etildi. Shu yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatishdan 1,6 barobar ko‘pdir. Umuman olganda o‘tgan o‘n yil davomida bozor munosabatlarini shakllantirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi paytda 87,4 foiz mulk nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‘rinishida ish yuritar edi. Respublikada jami 60 mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalardir. Mulkning tarkibi jihatdan 19,5 mingga yaqini davlat, 105 mingta xususiy, 3,4 mingdan ortiq chet el investorlari ishtirokida, shundan 442 ta qo‘shma korxona, 3,5 mingga yaqin aksionerlik jamiyati, 1,2 mingga yaqin jamoa va 34 mingdan ortiq boshqa korxonalardir. Iqtisodiy islohotlarning borishida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes sub’yektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi parlamentning qo‘shma Majlisida (2005-yil 28.01.) I.A.Karimov 2005-yilning iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. 2007-yil yarmida kichik biznesni 45% ga etkazish, hozir 36% ni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich ilg‘or mamlakatlarda 60-65% ni tashkil etadi. Fermer xo‘jalikni rivojlantirish uchun shirkat xo‘jalikning 2005-2007 yillarda 1100 tasini, 2005-yilda esa 406 tasini qayta tashkil etish kerak. Fermerlarga yer ajratishda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilikka, poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik vazifasini qo‘ydi.
2004-yilda qishloq xo‘jaligida yalpi o‘sish 10%ni tashkil qildi. Shu jumladan boshoqli don ekinlari besh million tonnaga yaqin, paxta 3,5 mln tonnani tashkil qildi. Kichik va o‘rta biznes iste’mol mollar manbayi daromad va foyda manbayi bo‘lib, yangi ish o‘rnini yaratadi. Kichik va o‘rta biznes Yaponiyada 80%, Evropa Ittifoqida 67%, Germaniyada 65%, AQShda 52% ni tashkil qiladi. 1995-yil 5-yanvarda Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida Prezident farmoni, 1995-yil 21-fevralda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. 1995-yil xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzilib, bu tadbirkorlarga 10 mlrd.so‘m. yordam ko‘rsatdi. Kichik va o‘rta biznesga chet ellik investitsiyalar jalb etildi. 2003-yili 450 mln. dollar xorijiy investitsiya sarf qilindi. 1992-yilda 1996-yil 85 mln. dollarga yaqin 2001-yil boshlarida 190 mln. dollardan oshdi. 2003-yil 1-iyulga kichik va o‘rta biznes korxonalari 200 mingdan oshdi. Yuqoridagi tahliliy ma’lumotlar, fikr-mulohazalar asosida xulosa qilish mumkinki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan har tomonlama puxta asoslangan holda ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning mustabid tuzumning og‘ir, asoratli oqibatlarini engib o‘tib, qisqa muddatda barqaror rivojlanish holatiga erishish, aholi turmush faravonligini oshirish, jahondagi ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishni ta’minlashi, uning bugungi kunda xalqaro maydonda keng e’tirof etilishi haqli ravishda mazkur modelni amalda o‘zini oqlagan, yorug‘ istiqbolimizni belgilab bergan taraqqiyot yo‘li deyishga asos bo‘ladi. Sobiq SSSRning tarqatib yuborilishi bilan respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzildi, oqibatda O‘zbekistoning bir qancha sanoat korxonalari to‘xtab qoldi va mahsulot ishlab chiqarish kamaydi. Endilikda iqtisodning tarkibiy tuzilishini yangidan qurish kerak edi. Jahon bozorida raqobatga bardosh beraoladigan va aholining iste’mol talablarini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur bo‘ldi. Birinchi Prezident Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida: “Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishida tub o‘zgarishlarga asos solishdan iborat g‘oyat muhim vazifani hal etish kerak bo‘ladi. Bu respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir”-deb yozadi. Prezidentning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo‘yish; importga qaramlikni tugatish; mamlakatning eksport salohiyatini oshirish; xalq iste’moli mollariga aholining talabini qondirish va boshqalar. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida respublikada g‘oyat yirik qurilishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning yoqilg‘i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O‘zbekiston tarixda ilk bor 1995-yilda neft mustaqilligiga erishdi. Natijada O‘zbekiston aholisining 75% 2003-yilda tabiiy gazdan foydalaniladigan bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich ayrim viloyatlarda ayniqsa ko‘zga ko‘rinarli bo‘ldi. Masalan: 1990-2003-yillari tabiiy gazdan foydalanish Surxondaryo viloyatida 3,2%dan, 59%ga, Qashqadaryoda 5,7%dan 66%gacha, Namanganda 10,5%dan 70,5%ga, Andijonda 11%dan 68,5 gacha oshdi. Mamlakatimizda juda murakkab bir sharoitda mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlab olingani, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lining o‘z vaqtida ishlab chiqilgani va izchil amalga oshirilgani o‘zining beqiyos natijalarini namoyon etdi. “Biz o‘zimizga xos, o‘zimizga mos bo‘lgan, “o‘zbek modeli” degan nom bilan dunyoda e’tirof etilgan rivojlanish yo‘limizni tanlab olganimiz, haqiqatan ham, tarixiy bir qadam bo‘ldi, desam, hech qanday xato bo‘lmaydi, – deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz bu haqda. – Biz tanlab olgan, mashhur besh prinsipga asoslangan tadrijiy, evolyusion taraqqiyot modeli naqadar haqqoniy va samarali ekanini biz barpo etayotgan yangi demokratik tizim misolida, iqtisodiyotimiz 5 barobardan ziyod oshib, aholimizning daromadlari qariyb 9 marta o‘sgani, qishloq va shaharlarimiz qiyofasi mutlaqo o‘zgarib, gullab-yashnab borayotganida, xalqimizning ertangi kunimizga ishonchi tobora oshib borayotganida ko‘rish, kuzatish qiyin emas”1 Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida respublikaning yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoji o‘zi hisobidan to‘la ta’minlandi. 1996 yildan boshlab chetdan neft mahsulotlari sotib olish to‘xtadi. 1997 yilda O‘zbekistonning o‘zi neft mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Agar 1990 yilda mamlakatimizda 2810 ming tonna neft va gaz kondensati ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 8104 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi ham tez sur’atlarda o‘sib, 1990 yildagi 40761 million kub metrdan 2010 yilda 60111,5 million kub metr hajmiga etdi. Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi: - Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi; - G‘alla mustaqilligiga erishildi; - Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi; - Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi.
Energetika mustaqilligini ta’minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (“Teknip”, Fransiya) va SHo‘rtangazkimyo majmuasi (“ABB”) barpo etildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog‘ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni
1 Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир / И.А.Каримов; – Тошкент: “O‘zbekiston” НМИУ, 2015, 135-б. chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Erishilgan bunday ijobiy natijalar muqarrar ravishda mazkur mahsulotlarni chetga eksport qilish hamda tushgan valyuta mablag‘lariga xalqimiz ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish imkonini berdi. 2.Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990 yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga O‘zbekistondan asosan paxta xomashyosini etkazib berish talab qilinardi. Biroq, bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar edi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo, oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Chunki, mustabid tuzum davrida O‘zbekiston iqtisodiyotini paxta xom ashyosini etishtirishga ixtisoslashtirish shu darajaga etgan ediki, buning oqibatida 5-6 millionlab gektar dehqonchilik uchun mo‘ljallangan eri bor mamlakat aholining donga bo‘lgan ehtiyojining atigi 18 foizini qondira olar, qolgan 82 foizini qo‘shni respublikalardan sotib olishga majbur edi. Bu esa nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki oddiy oqilona xo‘jalik yuritish nuqtai nazaridan ham mantiqqa zid kelardi. Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi. Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagi 1899 ming tonnadan 2010 yilda 6952 ming tonnaga, 2014 yilda esa 8050 ming tonnaga etdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.
2015 yilda ham g‘alla etishtirishda katta natijalarga erishilganligi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’urzasida: “Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob- havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va
omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil etishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Ta’kidlash kerakki, bunday mo‘l hosil asosan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy
qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish evaziga ta’minlandi. Mamlakatimizda bug‘doydan gektaridan o‘rtacha 55 sentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug‘idir”2, deb alohida ta’kidlab o‘tdi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza- qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va engil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi ortib bordi. Natijada, 1995 yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan bo‘lsa, 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‘sib bormoqda (4-rasm). Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000 yilda 1990 yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010 yilda 3 barobar, 2015 yilda esa 4.4 barobar o‘sdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asosiy e’tibor barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratildi. Bu borada dastlabki palladanoq mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirishi natijasida, MDHning boshqa ko‘plab mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishdi. 1991-1995 yillarda YAIMning pasayishi Qozog‘istonda 75,4, Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa (1991-1995 yillar davomida o‘rtacha pasayish 18,8%ni tashkil etgan), ilk marta 1996 yilda 1,7% o‘sishga erishildi. O‘tgan 2014 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizni tashkil etdi.
2 Каримов И.А. Бош мақсадимиз – мавжуд қийинчиликларга қарамасдан, олиб бораётган ислоҳотларни, иқтисодиёмизда таркибий ўзгаришларни изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йўл очмб бериш ҳисобидан олдинга юришдир // Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъурзаси. Халқ сўзи, 2016 йил, 16 январь, -Б. 2. O‘zbekistonda qabul qilingan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘ziga xos yo‘li – bularning barchasi, ayniqsa 2008 yilda boshlangan va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‘zining nechog‘liq to‘g‘ri va hayotiy ekanini isbotladi. O‘zbekistonda 2008-2015 yillar davomida 8 foizdan kam bo’lmagan o‘sish sur’atlariga erishib kelinmoqda. Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida va muhim o‘rin tutishini hisobga olib, 2013 yilda 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar 2014 yilda mamlakatimizda barcha avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazishni yakunlash uchun zamin yaratdi. Bu esa xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etmoqda. Respublikamizda internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirildi, internetga ulanish tezligi esa 1,5 marta ortdi. Shu bilan birga, undan foydalanish narxi 2013 yilga nisbatan 11,6 foizga kamaydi. O‘tgan yili 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‘rnatilishi hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi abonentlari soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko‘paydi. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida ko‘p bo‘g‘inli infratuzilmaning yaratilishi va yangi xizmat turlarining rivojlantirilishi zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‘lami yildan-yilga oshib bordi. Jamg‘arma o‘z faoliyati mobaynida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishi, Xonjiza polimetall konini o‘zlashtirish loyihasi, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» magistral gaz tarmog‘ining qurilishi, «Farg‘ona azot» va «Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida yirik ammiak agregatlarining rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500 kVli «G‘uzor» kichik stansiyasi va «Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi qurilishi, Pomuq va Dengizko‘l konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo etilishi, Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta «Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarini xarid qilish loyihalari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metanni qayta ishlash bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish, Yangi «Angren» ko‘mir konini modernizatsiya qilish orqali Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‘yi ko‘mir asosida ishlash tizimiga o‘tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida bug‘-gaz moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‘l yo‘nalishida foydalanish uchun «Talgo - 250» yuqori tezyurar elektropoezdlarini xarid qilish, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi ayrim loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirda bu loyihalarning ayrimlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari hisobidan chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi. So‘nggi yillarda qariyb 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari, xususan, O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan 1,5 ming kilometr uzunlikdagi yo‘l tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Temir yo‘l sohasida 342 kilometr uzunlikdagi yangi “Navoiy-Uchquduq- Nukus-Sultonuvaystog‘” va 223 kilometrlik “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” tarmoqlari barpo etildi. 550 kilometrdan ziyod temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. Bugungi kunda 27 rusumdagi yuk va engil avtomobillar, avtobuslar, minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarilmoqda. Mustaqillik yillarida aholining engil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 marta oshgan. O‘zbekistonda har 2-oila yurtimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobilga ega. Avtomobilsozlik sanoati. Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining tashkil etilishi bilan O‘zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda avtomobilsozlik sanoati Asaka shahrida AQShning “Jeneral Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda engil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning “Daymler Bens” va Samarqand shahrida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning “MAN” kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi. Bugun birgina avtomobilsozlik sohasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari haqida gap ketganda birgina vodiyning
Asaka shahri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari ham O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini ko‘rsatadi. 1996 yil 19 iyul kuni Asakada «O’zDaewooAvto» qo‘shma korxonasining ishga tushirishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida butunlay yangi - avtomobilsozlik tarmog‘iga asos solindi. Mazkur tarixiy sanadan boshlab, to bugungi kunga qadar Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jihatidan xorijiy avtoulovlar bilan raqobatlasha oladigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. 2008 yil mart oyida O‘zbekiston avtomobil sanoati hayotida muhim voqyea ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General Motors» kompaniyasi ta'sischiligida, yangi «GM Uzbekistan» korxonasi tashkil etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam avtomobil rusumlari hisobiga kengaya boshladi. «Chevrolet» brendi ostida «Captiva» rusumli avtmobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveyeridan o‘zida ko‘rkam va keng interyerni mujassamlashtirgan millioninchi avtomobil - «Lacetti» avtomobili chiqdi. Qisqa davr ichida zavodda «General Motors» kompaniyasining yana ikki yangi global rusumi - «Spark» va «Kobalt» avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyat filiali - «Xorazm avto» zavodi ishga tushirildi. 2014 yilning birinchi yarmida «Damas» va «Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona «Damas» va «Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, yurtimizdagi kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan yilning oxirida «Labo» avtomobilini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Natijada, 1996 yilda uchta rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini boshlagan zavodda bugun o‘n bitta rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ularning orasida yaqinda avtoishqibozlarga taqdim etilgan «Nexia» avtomobilining yangi avlodi mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Mazkur yangi avtomobil qulayligi, jihozlanishi, xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori talablar darajasida ishlab chiqarilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ko‘p yillardan buyon yengil avtomobillarimiz aksariyat kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladigan reytinglarda ommabopligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, «Matiz» avtomobili Rossiya
bozorlarida ommabopligi va ko‘p sotilgani bilan «Yil avtomobili» degan nomni qo‘lga kiritib kelmoqda. Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Bu iqtisodiyotni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish imkonini beradi. Agar zavod tashkil topgan 1995-1996 yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z- DongVon», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar «O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materiallarni yetkazib bermoqda. 2011 yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi shundaki, «Yevro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil zavodiga yetkazib berilishi bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining alohida ahamiyatga ega ekani hech kimga sir emas. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ” qarorni imzoladi.Qisqa davr ichida amalga oshirilgan ishlardan yana biri “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. SHuningdek, Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Dasturga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ 2021 yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi.Ushbu dastur doirasida 800 mln. dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi. Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini “O‘zavtosanoat” AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi.
“O‘zavtosanoat” AJning ba'zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi. “O‘zavtosanoat” AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021 yillarda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi. Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi natijasida Uzbekistan o”z mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo”ldi. Bugungi kunda quyidagi rusumli avtomobillar Uzbekistonda ishlab chiqarilmoqda: 1999-yil → “SamAuto” (Samarqand avtomobil zavodi); 2007-yil → “GM Uzbekistan” AJ; 2009-yil → “MAN Auto Uzbekistan”; 2011-yil → “GM Powertrain Uzbekistan” QK; 2017-yil → “Uzbekistan Pejo Sitroen Automotive”. 1996-yil Andijon viloyati Asaka shahrida Markaziy Osiyo hududidagi birinchi avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shu yildan boshlab bir qancha rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi: 1996-yil –Damas, Tico, Nexia; 2001-yil – Matiz; 2002-yil – Nexia Donc; 2003-yil –Chevrolet Lasetti; 2004-yil – Matiz Best; 2006-yil – yangilangan Damas; 2007-yil – Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma; 2008-yil – Nexia II; 2010-yil – Chevrolet Spark; 2012-yil – Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt; 2013-yil – Lasetti II (Gentra); 2014-yil – Chevrolet Orlando. 2015-yil - “Malibu II”, “Ravon” brendi ostida Nexia – 3 2018-yil – Chevrolet Tracker 2019-yil - Chevrolet — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda O‘zbekiston elektrotexnika sohasi ishlab chiqarayotgan maishiy texnikaning 30% dan ortig‘i Rossiyaga eksport qilinmoqda. “O‘zeltexsanoat” ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Rossiyaga asosan xolodilnik, televizor, turli kabellar va yuqori voltli mahsulotlar eksport qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlari bugungi kunda O‘rta Osiyo, Evropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga ham etkazib berilmoqda. Ushbu yilning birinchi choragida soha korxonalari qiymati salkam 26 mln. dollar bo‘lgan mahsulot eksport qilishdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 54% ga ko‘p. E’tibor bering: sobiq tuzumda yuqoridagi mahsulotlarning barchasi bizga chetdan olib kelingan bo‘lsa, bugun esa bu mahsulotlar bizdan chetga eksport qilinmoqda. 2016 yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan «Harakatlar strategiyasi»da belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 22 dekabr 2017 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islosotlarga to’xtalib o’tdilar: “2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘ydik. Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Yoshlik – 1”, “Yoshlik – 2” konlarini o‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona va To‘palang suv omborlarini qurish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘ladi. Farg‘ona – Marg‘ilon yo‘nalishidagi temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtirildi. Yana bir yirik ob’ekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo‘shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to‘liq faoliyat boshlaydi. Shular qatorida “O‘zagrotex-sanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko‘proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.” So’nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotnning barch tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli isloxotlar amalga oshirilmoqda. “2017- 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”ga muvofiq, shuningdek, ilg’or xorijiy tajriba, zamonaviy innovasion g’oyalar, ishlanmalar va texnologyalar asosida elektr energetika tarmog’ida davlat boshqaruvining tashkiliy xuquqiy asoslarini tubdan
takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyаbrdagi” Elektr energetikasi tarmogini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora – tadbirlari to’grisida”gi qarori hamda soxaga oid boshqa normativ-xuquqiy xujjatlar belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda respublika energetika tizimi 37 issiqlik va gidro- elektrostansiyalardan iborat bo‘lib, ularning umumiy quvvati 11 million kilovattni tashkil etadi. U yiliga 55 milliard kilovatt soatgacha energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Yirik issiqlik elektrostansiyalar, jumladan, quvvati 3 million kilovatt soat Sirdaryo GRESi, quvvati 2,1 million kilovatt Yangi Angren, quvvati 1,86 million kilovatt Toshkent, quvvati 1,25 million kilovatt Navoiy GRESlari respublikamizning asosiy Elektroenergetika manbayi hisoblanadi. Issiqlik elektrostansiyalaridan tashqari, nisbatan arzon va ekologik toza Elektr energiyasini etkazib beruvchi gidroelektrostansiyalar, jumladan, Chorvoq, Xo‘jakent, Farg‘ona, G‘azalkent va boshqa bir qancha elektrostansiyalar ishlab turibdi. O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi ulushi 40 foizni tashkil etadi. Respublikamiz elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga uzatilmoqda. O‘zbekistonning jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mustahkamlanib bormoqda. Dastlabki davrda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilganligi va bir qancha jahon banklari bilan shartnomaning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalardan unumli foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaxshiladi. “Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga etdi“.
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi. Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Yil davomida biz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko’rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
O‘z-o‘zidan ayonki, biz aholi bandligini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur”. 3. Makroiqtisodiy barqarorlik. Makroiqtisodiy barqarorlik (macroeconomic stability), bu milliy valyuta almashuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va xo‘jalik sohalarining barqarorligidir. Barqarorlik ishsizlikning past darajasini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlanishi hisoblanadi. Bu hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har jabhasida qonunlarning so‘zsiz amal qilishi va mamlakat oltin- valyuta zaxirasining o‘sishi orqali ta’minlanadi. «Barqaror iqtisodiy o‘sish» makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Barqarorlik – ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik esa bu resurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o‘rtasidagi uzoq muddatli muvozanatining saqlanishidir. Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganlik darajasi quyidagi omillar yordamida baholanadi: – iqtisodiy o‘sish; – to‘la bandlik; – ichki narxlarning barqarorligi (past darajada inflyasiya); – milliy valyutaning barqarorligi; – barqaror to‘lov balansi; – davlat byudjeti defitsiti YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmaganligi; – mamlakat aholisi orasida daromadlarning odil taqsimlanish darajasi va boshqalar. Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Asosiy senariy • iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi hamda soliq
sohasida va
tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich ku- tilgan
natijalarga erishilib borilishi nazarda
tutilgan; • soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o‘sish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019
yilda 25
%) ko‘zda
tutilgan; • YAIM o‘sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko‘ra 5,2 %, 2019 yilda esa 5,4 % bo‘lishi prognoz qilinmoqda. O‘tgan va joriy yillarda in- vestitsion faollikning oshishi
hamda iqtisodiyotning real sekto-
rida olib
borilayotgan islohotlar natijasida keyingi
yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari yanada tezlashishi kutilmoqda; • yillik inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yil-
da 16–17 %ni, 2019 yilda 13,5–15,5 %ni va 2020 yilda 10–12 %ni tashkil etadi; 2021 yildan boshlab yillik inflyasiya darajasi bir xonali ko‘r- satkichgacha pasayishi kutilmoqda. Muqobil (xatarli) senariy • tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan; • tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy….. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning mas’uliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil senariylarni ishlab chiqdi. Ikkala senariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutgan. Bunda muqobil senariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.Unga ko‘ra, istiqbolda pul- kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish zarur. Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil
bo‘ladi. Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqti-…. Biroq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi o‘z imkoniyatlarimizni mavjud omillarimizni va resuslarimizni yana bir bor jiddiy ravishda ko‘rib chiqib aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari” deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana shu masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009-2012 yillarda Jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida aniq maqsadlarni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Inqirozga qarshi dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi. Birinchidan-korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnolgik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish orqali. Ikkinchidan-joriy konyuk’tura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobat bo‘lishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimchalar omillar yaratildi. Uchinchidan-qat’iy tejamkorlik tizimini joiriy etish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga keng e’tibor qaratildi. To‘rtinchidan-elektorenergetika tizimini modernizaiya qilish energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini mamlakatda keng joriy etildi.
Beshinchidan-jahon bozorida talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli mahalliylashtirish Dasturi qabul qilindi. Mazkur dasturda iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab –quvvatlash ularning barqaror ishlashlashini ta’minlash va eksport salohiyatini yanada oshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan oziq-ovqat va boshqa istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilib ular uchun 2012 yilining 1 yanvarigacha qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi. Jahon bozorida mamlakatimiz eksport qiladigan ayrim mahsulotlarga talab pasaygan sharoitda ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etdi. SHu nuqtai nazardan ishlab chiqarishin mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish belgilab olindi. Xulosa qilib aytganda Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda bank tizimini rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikaiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabi murakkab jarayonlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, inqirozga qarshi chora tadbirlar dasturining o‘z vaqtida puxta ishlab qabul qilinishi, jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Xulosa qilib aytganda mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishning “O‘zbek modeli” jahon moliyaviy inqirozi sharoitida o‘zini amalda oqlab naqadar to‘g‘ri va puxta ekanini isbotladi. O’zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov shunday degan edilar:- “Bugungi kunda o‘tgan yillarda to‘plangan tajribalarga tayanib shuni aytish mumkinki bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini zamonaviy keng tarmoqli texnik jixatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Men bu tizimni bozor infratuzilmasining asosi bosh tayanchi degan bo‘lur edim. Bugungi kunda bank tizimini islox qilish ularga yanada ko‘proq mustaqillik berish banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor berayotganimiz bejiz emas albatta. Nega deganda bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan banklarni samarali ishlashidan foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy mulkdorlar turishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega”. O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy tadbir – 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida respublikada ikki pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, shuningdek bank tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning qonunchilik poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Davlat shu bilan bir qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq, tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat- qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. O‘zjamg‘armabankka (hozir – Xalq banki) kredit-moliya muassasasi maqomi hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun foydalanish, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi savdosi orqali sotish huquqi berildi. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari – “G‘allabank”, “Mevasabzavotbank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogar” va boshqa banklar tuzildi. Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini ko‘zlab investitsiyalar uchun mablag‘ beradi. O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga 1994 yildan boshlab sharoityuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular bajaradigan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi. Bu bosqichda kreditdan foydalanish masalasida keskin o‘zgarishlar yasaldi, tarmoqlar, birlashmalar, korxonalar, avvalo o‘z kuchiga ishonishlari iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri etib belgilandi . Mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilib, uning zimmasiga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Bu vazifalarni bajarish uchun Markaziy bankda pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga, hisob-kitoblar va to‘lov tizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bo‘linmalar tuzildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish esa yangidan tuzilgan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga yuklatildi. Shunga muvofiq ravishda, tijorat banklari ham o‘zlarining ichki tarkibiy bo‘linmalarini qayta tuzish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga olib ,hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash valyuta munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi..Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo‘lishi uchun o‘z puliga o‘zining milliy valyuta siga ega bo‘lmog‘i kerak. ..Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir».-degan edi. 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘m muomalaga kiritildi.SHu kundan boshlab respublіka hududidagi yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida u barcha turdagi to‘lovlar uchun shuningdek bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo‘lib qoldi.Keyingi vaqtlada milliy valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. Natijada 1995-1996 yillarda pul qadrsizlanishi sur’atlari ancha qisqardi. Umuman mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning korxonalar va tarmoqlarning moliyaviy ahvoli
mustahkamlanishining aholini va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo‘ldi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning 4 sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” “Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida” alohida Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jaxon Banki tomonidan yuqori baholandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 20 ta tijorat banki ro‘yxatga olingan.1995 yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik –tijorat shaklida 5tasi ma’sulyati cheklangan jamiyat 1tasi kooperativ 2tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi 2tasi davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 4.Soliq tizimidagi islohotlar. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda soliq siyosatini takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o‘ynaydi. CHunki soliqlar xazinani to‘ldiruvchi asosiy manbadir. SHuning uchun ham mustaqillik yillarida mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e’tibor berildi. Mustaqillik davrida soliq tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida Soliq organlari haqida”gi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 1994 yil 18 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasining Soliq Qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni imzolanishi soliq tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda turtki bo‘ldi. 1997 yilga kelib faoliyati kengaygan O‘zbeksiton Respublikasi Soliq Qo‘mitasi Davlat Soliq qo‘mitasi deb o‘zgartirildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida barcha sohalar qatori soliq tizimiga bo‘lgan munosabatlar ham tubdan o‘zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor iqtisodiyotini amalda tartibga soluvchi muhim vosita va davlat daromadlarini vujudga keltiruvchi bosh manba darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi soliq siyosatining muhim xususiyati shundaki, unda strategiyaning aniq belgilanishi, unga erishishning taktik yo‘nalishlarining ifodasi sifatida ilmiy asoslangan konsepsiyaning ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilib borilayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning soliq siyosatining strategiyasi sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo‘lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi. Muhtaram YUrtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek, soliq siyosatining avvalgi yillaridagi holatining tanqidiy tahlili mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligi zaruriy darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarning mavjudligini ko‘rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq
solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.Ushbu konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilandi.Ta’kidlash joizki, bu jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo‘lgan davrdan buyon eng yuqori ko‘rsatkich 2018 yilga tegishli bo‘lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga soliq tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan, bu esa qariyib 20 % ga ortig‘i bilan bajarildi. Oxirgi ikki yildagi prognoz ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishining asosiy sabablari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi, farmoni, 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Harakatlar strategiyasining soliq tizimini isloh qilish borasidagi vazifalarning amalga oshirilishi natijalari va keng qamrovli iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lidagi farmoni, 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi bo‘yicha soliq ma’murchiligining yanada takomillashtirilishi va soliqlarni undirish mexanizmlarining soddalashganligini keltirish mumkin. Xususan, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 6 barobar ko‘p mablag‘ qoldi, holbuki, 2017 yilda 960,2 mlrd. so‘m, 2016 yilda esa,atigi 176,8 mlrd. so‘m hududlar ixtiyorida qolgan bo‘lsa, agar buni viloyatlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Andijon viloyatida 2017 yilda 61,2 mlrd. so‘m viloyat mahalliy byudjetida qoldirilgan bo‘lsa, 2018 yil yakunlariga binoan bu ko‘rsatkich 2796 mlrd.so‘mga etdi. Sirdaryo viloyatida 30,0 mlrd. so‘mdan 171,0 mlrd. so‘mgacha, Xorazm viloyatida 41,3 mlrd. so‘mdan 195,4 mlrd. so‘mga oshdi, 2017 yilda tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq tushumlari respublika bo‘yicha 1 042,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga kamayganligiga qaramasdan, 1 127,6 mlrd. so‘mga va o‘sish 108,1 foizga teng bo‘ldi. Bu konsepsiya doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab soliq siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etildi. – 2019 yil 1 yanvardan soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 foiz miqdorida joriy etildi. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu – yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25 foizdan 12 foizgacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trillion so‘mni tashkil qiladi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8 foiz) bekor qilindi. Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: – tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22 foizdan 20 foizgacha; – korxona va tashkilotlar uchun 14 foizdan 12 foizgacha; – dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun 10 foizdan 5 foizgacha kamaytirildi. Yuridik shaxslarning aylanmasidan (tushumi) undiriladigan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Bu ajratma 15 foiz rentabellik bilan ishlaydigan korxona uchun 21,3 foizlik foyda solig‘i bilan tengdir. Demak,
foyda solig‘i stavkasi bilan birga umumiy soliq yukining kamayishi qariyb 23,5 foizni tashkil qiladi. Buning hisobiga respublika bo‘yicha soliq to‘lovchilarning ko‘radigan foydasi 5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qiladi. Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirildi. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirildi. Yillik aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13-40 foizga kamaytirildi. Yillik aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori va 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4 foizlik stavkada soliq to‘lashga o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi. Sirasini aytganda, soliq tizimidagi bu kabi o‘zgarishlar aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Soliq siyosatidagi bu o‘zgarishlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, soliq siyosatida ayrim o‘zgarishlar amalga oshirildi. – Prezidentimiz farmoniga binoan, 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. – O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumning uchdan birini qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil etadi. Bu mamlakat oldida turgan ko‘plab xarajatlar uchun muhim manba hisoblanadi. Bugun byudjet tashkilotlarida 1,7 million aholi doimiy ish bilan band, 3 milliondan ortiq pensiya yoshidagi fuqarolar bor. Davlat tomonidan ularga har oy maosh va nafaqalar beriladi. Davlat o‘z oldida turgan ana shunday majburiyatlarni to‘la bajarishi uchun o‘tgan vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizda ushlab turishga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilgi soliq konsepsiyasida 2019 yil 1 yanvardan ish haqi fondiga bo‘lgan soliq yukini kamaytirish ko‘zda tutilgandi. Natijada ushbu sanadan boshlab jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 22 foizdan yagona 12 foizga tushirildi. Sakkiz foizlik ish haqidan sug‘urta badali olish umuman bekor qilindi. Ammo Prezident Shavkat Mirziyoevning uzoqni ko‘zlab ish tutishi natijasida tadbirkorlar yaratilgan soliq imtiyozlaridan oqilona foydalanib, o‘z faoliyatini yanada jonlantirdi. Buning natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining davlat byudjetiga tushumi ikki baravarga ortishi kuzatildi. Yilning birinchi yarmida qo‘shimcha 571 ming soliq to‘lovchi aniqlandi. Daromad solig‘i davlat byudjetini shakllantiruvchi uchinchi soliq turi ekani qayd etildi. Ayni shu natijalar qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish qarorini qabul qilishga turtki bo‘ldi. 15 foizlik stavkani 2020 yil 1 yanvardan joriy etish taklifi ilgari surilgan edi. Ammo davlatimiz rahbari bu amaliyotni 1 oktyabrdan joriy qilish va iqtisodiyotda biznes uchun engilliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ tejab qolinadi. – 2020 yildan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadini shakllantiruvchi asosiy to‘lov manbai hisoblanadi. SHu bois yil boshidan mehnat haqiga soliq yukini kamaytirish jarayonida yagona ijtimoiy to‘lovni saqlab qolish va ulardan tushadigan tushumlarni keskin xavf ostiga qoldirmaslik maqsadida ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun avvalgi 25 foizlik stavka saqlab qolingan edi. Qolgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun ushbu raqamlar 12 foizgacha kamaytirildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat ulushi bo‘lgan 4 ming 609 korxona mavjud. Ularda qariyb 665 mingga yaqin kishi ish bilan band. Yangi amaliyot sabab ular hisobida 2,7 trillion so‘m mablag‘ jamg‘arib qolinadi. Shu tariqa korxona o‘z faoliyatini rivojlantirish, xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. – Ushbu farmon bilan tadbirkorlar hisob raqamlarini to‘xtatib qo‘yishning amaldagi tartibi bekor qilindi. – Shu kunga qadar, tadbirkor topgan daromadi haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga taqdim etmagan taqdirda, soliq kodeksiga ko‘ra, ular mablag‘larining bankda aylanishiga chek qo‘yilardi. Bunday vaziyatda tadbirkor soliq idoralariga murojaat qilmasa, taqiq belgilanmagan muddatgacha davom etardi. Hozirgi kunda 18 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi amaliyotlari to‘xtatilgan. Bu iqtisodiyotda pul mablag‘larining harakatlanishiga chek qo‘yish demakdir. Prezidentimiz farmoni bilan endilikda soliq idoralari va tadbirkor o‘zaro hamkorlikda ishlashi belgilandi. Shunda ham tadbirkor daromadlarini yashirishda davom etsa, oxirgi chora sifatida cheklov belgilanadi va bu muddat 30 kundan ortiqni tashkil qilmaydi. – Axborot texnologiyalari davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng qo‘llanilmoqda, jumladan, soliq siyosati va uning tushumini nazorat qilish sohasida ham. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmas ekan, bu islohotlarning to‘la samara bermasligi, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda kamchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu bois soliq organlari faoliyati bugun tubdan o‘zgartirilmoqda. Etti xil yangi turdagi soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmoqda. Bu qo‘shilgan qiymat solig‘i guvohnomasini olish, bojxona deklaratsiyasi asosida kirib kelgan yuklarning elektron hisob-fakturasini joriy qilish, butun mamlakat tadbirkorlik faoliyati hisobini elektron ko‘rinishga o‘tkazish, elektron transport yuk xati joriy qilib, yo‘ldagi yuklar harakatini nazorat qilish va mahsulot tayyor bo‘lganidan so‘ng ular savdosida onlayn nazorat-kassa apparatlarini joriy qilishda namoyon. Soliq tizimiga bu kabi amaliyotlarni joriy etishda Xitoy, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar tajribalari o‘rganildi. Bu, o‘z navbatida, soliq to‘lovida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda soliq siyosati, u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir3. Yangi Soliq kodeksi qabul qilishnishi munosabati bilan qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. 2020 yil 7 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ”qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi ( O‘RQ-601
-son Qonun).
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi quyidagilarni nazarda tutadi: -kodeksdan muayyan to‘lovlar va yig‘imlarni chiqarib tashlash va ularni alohida qonunlarga o‘tkazish (davlat boji, bonuslar, yig‘imlar); -ayrim soliqlarning (ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq) nomi va tuzilmasini o‘zgartirish; -ayrim soliq to‘lovchilar (qishloq xo‘jaligi korxonalari, oilaviy korxonalar) uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish. Shundan kelib chiqib qator qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi: 1) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida er qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar kabi to‘lovlar mavjud emas. Bonuslar « Er osti boyliklari to‘g‘risida »gi Qonunga o‘tkazildi (2018–XII-son Qonun). Bonuslarga soliq solish tartibi saqlab qolingan holda (ham imzoli bonus, ham tijoratbop topilma bonusi) imzoli bonusning eng kam miqdorining miqdorlari o‘zgardi. Endi foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish huquqi uchun ular:-uglevodorodlar – 5 000 BHM;-oltin – 1 000 BHM;-qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar – 500 BHM;-rudali foydali qazilmalar (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) – 250 BHM;-noruda foydali qazilmalar – 50 BHMni tashkil etadi; 2) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ekinzorlarning maydoniga bog‘liq holda aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lashi kerakligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga umumbelgilangan tartibda soliqlar (QQS va boshqalar) to‘lovchi korxonalar uchun foyda solig‘i bo‘yicha nol darajali stavka belgilanadi. Shu munosabat bilan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga (602–I-son Qonun) o‘zgartirishlar kiritildi; 3) amaldagi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq (O‘RQ– 327-son Qonun) oilaviy korxonalar YAST to‘laydi. Bunda uy sharoitida ishlab chiqarilgan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum bo‘yicha ham ular YAST to‘lashdan ozod
3 2019 йилда Ўзбекистон солиқ сиёсатида тарихий ўзгаришлар даври бўлади.Mening fikrimuz./news/view/225.6.11.2018. qilingan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga oilaviy korxonalar barcha boshqa korxonalar kabi tushum hajmiga bog‘liq holda: aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi; 4) «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga (69–II-son Qonun) tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari qismida o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, kodeksning yangi tahririga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyoz belgilash huquqi bekor qilinadi; 5) yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan boshqa qonunlarga ham
(O‘RQ-313, O‘RQ-379, O‘RQ-417, O‘RQ-436, O‘RQ- 454, O‘RQ-456, O‘RQ-476, O‘RQ-497, O‘RQ-508-son) o‘zgartirishlar kiritildi. .4
Mustaqil ishlash uchun savollar: 1. Iqtisodiyotni bir tomonlama rivojlanishi deganda nimani tushunasiz? 2. Bozor munosabatlarining shakllanishi jarayoni qanday boshlandi? 3. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar qanday sodir bo‘ladi? 4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan maqsad nima? 5. Xorijiy invistitsiyalar qanday foyda keltiradi? 6.O‘zbekistonning boy imkoniyatlari nimalardan iborat? 7. Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda borasida nima ishlar qilindi? 8. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning mas’uliyati qanday? 9. Qachondan Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik? 10.Makroiqtisodiy barqarorlik deganda nimani tushunasiz? 11.O‘zbekistonda moliyaviy inqirozni oldini olish borasida nima ishlar qilindi? 12.Mustaqillikning dastlabki yillarida bank moliya tizimini mustahkamlash borasida qanday ishlar qilindi? 13.Mustaqillik yillarida soliq tizimi qanday takomillashtirildi?
4 https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/yangi_soliq_kodeksi_qabul_qilinishi_munosabati_bilan_qonunlarga_u zgartirishlar_kiritildi10.01.2020
Agrar siyosat- davlatning qishloq xo‘jalik sohasidagi faoliyati bo‘lib, u qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va h. rivojlantirish yo‘llari masalalarini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi. Agrasanoat infratuzilmasi – bevosita qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar Agrasanoat majmuasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar yaxlitligi. Bozor infratuzilmasi - tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berilishini ta’minlashga qaratilgan tarmoqlar va faoliyat sohalari yig‘indisidan iborat.
Bozor infrastrukturasining rivojlanishi mablag‘larning iqtisodiyotda aylanishining tezlashuviga, yangidan yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini tezroq amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasi vujudga kelishi bilan bozor munosabatlarining rivojlanishi, jamiyatda bozor iktisodiyotining karor topishiga kulay sharoit vujudga keladi. Bozor iqtisodiyoti - 1) iqtisodiy munosabatlar bozor qonunlari orqali boshqariladigan, erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, antimonopol yo‘nalishdagi ishlab chiqarish usuli rivojlanishining navbatdagi bosqichini o‘rganadigan fan; 2) erkin tovar - pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimidir; 3) erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va boshqarilib (tartibga solinib) turuvchi iqtisodiyotdir; 4) tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish- ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyonitini xo‘jalik faoliyatining markazlashuvini yo‘kotish, narxlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich urkinlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar asosida isloh qilish. Geosiyosat- davlatlar tashqi siyosatni amalga oshirishga geografik omillar (davlat egallab turgan hududning qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik ekanligi, dengizga yaqinligi, tuproqining serhosilligi, tog‘ va dasht-cho‘llarning ko‘p- kamligi va hakozolar) alohida urg‘u berish. Geosiyosat nazariyasiga binoan, millat va davlatning tabiati, fe’l-atvori ularning geografik joylashganligiga bog‘liq. Bu fikrlarni inkor etib bolmaydi. Ammo geosiyosat g‘oyalaridan foydalanib XVIII-XIX asrlarda mustamlakachi davlatlar o‘z bosqinchilik siyosatlarini amalga oshirdilar va geosiyosat nuqtai nazaridan o‘zlariga eng qulay
sharoitlarni yaratishga harakat qildilar. XX asrda fashist Germaniyasi, YAponiya va soet istibdod davlati geopolitik ekspansiya siyosatini amalga oshirdi. Globallashuv (globalizatsiya) – 1) davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi, yagona umumjahon iqtisodiy , madaniy va axborot makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir; 2) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi; 3) nisbatan yangi so‘z bo‘lib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun qo‘llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo‘lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g‘oyaga ko‘ra insonlar orasida bir lahzada aloqa o‘rnatish imkonini beradigan zamonaviy axborot uzatish texnologiyalarini qo‘llanilishi natijasida vaqt va masofa qisqarmoqda;turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va SHimol madaniyatlari va qadriyatlari janubliklar t omonidan o‘zlashtirib olinmoqda, biroq bir vaqtning o‘zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv g‘oyasiga ko‘ra Er sayyorasi alohida qit’alar yoki maeriklar emas, balki yaxlit hisoblanadi va umumiy uyimiz deb qaraladi, shunga ko‘ra insoniyat ta’sirining ba’zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta’sir etish yoki butun sayyora uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin; 4) jaxon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalmillashuv jarayonlari. Hunarmandchilik - yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyurtmalari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati. Ijtimoiy siyosat – 1) daromadlarni taqsimlashda iqtisodiyot qatnashuvchilari o‘rtasida tengsizlik natijasida vujudga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlaridan iborat; 2) bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashuvchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat; 3) davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashuvchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlari. Ijtimoiy taraqqiyot - 1) jamiyat (individlari emas), balki barcha a’zolari)ning taraqqiyoti; 2) jamiyat sohalaridan biri (ijtimoiy-iqtisodiy birlikning bir tomoni) taraqqiyoti. Innovatsiya loyihalari - bunday loyihalarning asosiy maqsadi, yangi texnologiyalar, nau-xay va korxonalarning rivojlanishini ta’minlab beruvchi boshqa ishlab chiqish vaboshqalardan iborat.
Innovatsion siyosat- mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish barqaror, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va darajasini oshirish, texnologik va ekologik havfsizligini ta’minlash uchun innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Inson omili-ishlab chiqarish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha mehnatkashlarning ko‘p qirrali faoliyati inson ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va jonlantiradi, ularni ishlab chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi, shu bilan bir qatorda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ayni paytda inson ishlab chiqaruvchi munosabatlarining va barcha ijtimoiy munosabatlarning sub’ektidir. Ko‘pgina omillar, ayniqsa, fang‘texnika taraqqiyoti ta’sirida insonning o‘zi ham takomillashib boradi va ishlab chiqarishning birdan-bir maqsadi sifatida har doim bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Inson huquqlari-har bir insonning huquqlar va imtiyozlari ta’minlash. BMT inson huquqlari Deklarsiyasi 1948 yilda qabul qilingan. U insonlar yashash, erkinlik va o‘qish huquqiga ega ekanligini, barcha millatlar teng ekanligini va qonun oldida barcha barobar ekanligini e’lon qildi. Inson kapitali-shaxsning ma’lumoti, kasb mahorati, tajribasi , sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlari majmui. Iqtisodiy islohotlar- iqtisodiy munosabatlarda tub yoki qisman o‘zgarishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar. Iqtisodiy jarayonlar-kishilarning inson sifatida yashamoqlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida yashash vositalarini, ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish faoliyatlarining namoyon bolishi. iqtisodiy manfaat-1) bu iqtisodiy ehtiyojlarni aks etish shakli;2) bu iqtisodiy ehtiyojlarning namoyon etish shaklidir. Marketing xizmati-marketing faoliyatini amalga oshiruvchi boshqarishning tuzilma shakli. Korxonani boshqarishdagi muhim funksional bo‘g‘in bo‘lib , u boshqa xizmatlar bo‘linmalar (ishlab chiqarish, moliyaviy, texnologik va h.k) bilan hamkorlikda bozor talabini qondirish va shu asosda foyda olishga yo‘naltirilgan yagona integratsion jarayonni tuzadi. Masofaviy ta’lim-1) o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o‘qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan o‘qitish jarayonini amalga oshirishning yangi uslubi. 2) bu asosiy ishdan uzilmagan holda ta’lim muassasasidan masofada ta’lim va kasb-xunar dasturlarini o‘zlashtirishdir.
Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishga asoslanadi. Pul krediti siyosati- davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadid pul muomalasini tashkil etish barqarorligini uchun amalga oshiriladigan barcha chorag‘tadbirlar majmui. So‘m- O‘zbekistodagi pul birligi nomi Tadbirkorlik- bu muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar- rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlari Xalqaro iqtisodiyot-turli mamlakatlarga tegishli xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganuvchi bozor iqtisodiyoti nazariyasi. Xususiy sektor-mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va firmalarining yig‘indisi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling