Rivojlantirish instituti


Xroniosepsis holatining kechishi, tashhisi, davolash usullari va bu


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Xroniosepsis holatining kechishi, tashhisi, davolash usullari va bu
holatlarning oldini olish chora-tadbirlari (profilaktika)
Xronionsepsis va xroniointoksikatsiya muammosi umumtibbiyot
muammosidir. Chunki xronioseptik o‘choqlar, nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i
organlarida, balki ichki a’zo va tizimlarda (masalan: jigarda, oshqozon —
ichak yo‘llarida, bo‘g‘inlarda, buyrak-siydik yo‘llarida va hokazo) ham
bo‘lishi mumkin.
Bu o‘choqlar ko‘pincha yashirin holatda joylashgan. Hozirgi zamon
tibbiyot fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, organizmda yashirinib
yotgan surunkali yallig‘lanish o‘choqlarini topib davolash va ular asorat-
larini oldini olish (profilaktika) chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat.
Sepsis — bu umumiy infeksion kasallik bo‘lib, uning kelib chiqishida
organizmda mavjud bo‘lgan infeksiya o‘chog‘i sababchidir. I.V. Davi-
dovskiyning ta’kidlashicha, sepsis kasalligida infeksiya turlaridan qat’iy
nazar, kasallikning asosiy ko‘rinishi barcha odamlarda deyarli bir xil
bo‘ladi. Ko‘pincha stafilakokk, strepokokk va ichak tayoqchalari sepsis-
ning kelib chiqishida asosiy rolni bajaradilar. Kasallikning ko‘rinishi,
rivojlanish darajasi, har bir kishida odam organizmining kuchli yoki
kuchli emasligi, ya’ni reaktivligi hamda immunologik holati bilan bog‘liq.
Infeksiya o‘chog‘i deganda nimani tushunish kerak? Bu — orga-
nizmning ma’lum joyida surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lib, u bir
necha marotaba har xil dorilar ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin
o‘choqda bo‘lgan mikroblar kasallik qo‘zg‘alishi yoki boshqa surunkali
kasalliklarni quvvatlab turish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin.
I.G. Lukomskiy, D.A. Entinlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va
klinik tekshiruvlar natijasida o‘choqli infeksiya va og‘iz sepsisi toksiko-


2 0 1
allergik va asab-trofik yo‘llar bilan rivojlanishi taxmin qilingan. Bu
mualliflar, og‘iz bo‘shlig‘i surunkali yallig‘lanish o‘choqlarini aniqlash
ustida ishlar olib borishgan. Infeksiya o‘chog‘i- bu mikroblar yig‘ilgan
joy bo‘lib, ularning yashash joylarida hosil bo‘lgan mahsulotlar, mikrob
toksin — zaharlari hamda chirigan to‘qimalar (antigenlar vazifasini
o‘taydi) bo‘lib, bu erdan reflekslar orqali doimiy ravishda asab reseptor-
larining ta’sirlanishi bo‘lib turadi.
Shuning uchun ham mahalliy va umumiy ta’sir kuchi nisbiydir.
O‘choqlar o‘tkir (bir necha soat yoki kunlar davomida) va surunkali
(bir necha yillar) turlaridan iborat, shuning uchun ham septik reaksiyalar
turlicha davomli bo‘lishi mumkin.
Septik o‘choqlarning joylashishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
1. Odontogen sepsis.
2. Otogen sepsis.
3. Tonzilyar sepsis.
4. Urogen sepsis.
5. Kindik sepsisi.
6. Paradontal sepsis va hokzzo.
Odontogen sepsis o‘choqlari asosan yaxshi davolanmagan tishlarda,
pulpasi olingan tishlarda bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, kariyes
kovaklari ham shunday infeksiya o‘choqlari bo‘lib hisoblanadi. Surunkali
periodontitlar, surunkali jag‘lar osteomielitlari va boshqa shuningdek,
surunkali kechadigan odontogen sepsis o‘choqlari shu holatlarni tug‘di-
radi. Doimiy surunkali infeksiya o‘choqlari organizmda murakkab reak-
siyalarning hosil bo‘lishiga olib keladi, bunda infeksiya bilan hosil bo‘lgan
to‘qima chirindilari antigen bo‘lsa, bularga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi.
Oqibatda allergik reaksiyalar kelib chiqadi.
Allergik ko‘rinishlarning.mexanizmida ikki omil rol o‘ynaydi.
1. Kasallik keltirib chiqarmaydigan mikroblar.
2. Sensibilizatsiya jarayonida to‘qimalar bilan autoallergenlar va
autoantitelolarning o‘zaro ta’siri.
Shuni ta’kidlash muhimki, og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish (sana-
tsiya) odontogen infeksiya o‘choqlarini kamayishiga, surunkali sepsis
kasalligini oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Bu holat revmatizm
bilan og‘rigan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini sanasiya qilinganda yaqqol
ko‘zga tashlanadi: sanasiyadan keyin ikki yil o‘tgach, sog‘ayish 59%,
yaxshilanish 30%, va faqat 10% revmatizm bilan og‘rigan bemorlarda
o‘zgarish qolgan. Revmatizm qaytalanishida yana ham yaqqol ko‘rinadi:
Sanatsiya qilingan bemorlarda faqat 12,8% revmatizm qaytalangan bo‘lsa,
sanasiya qilinmaganlarda esa bu miqdor 47,2% — ni tashkil etgan.
Eng qizig‘i shundaki, Zabadning yozishicha, ruhiy kasalliklar
(tutqanok, psixozlar) da og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish yaxshi natijalar
berishi aniqlangan.


2 0 2
Og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya — sog‘lomlashtirish ayrim kasallik
holatlari va bemorning ahvoliga qarab o‘tkazilishi kerak.
Masalan: Revmatizm kasalligining qo‘zg‘algan paytida sanasiya qilish
uchun protrombin ko‘rsatkichi (indeksi) ga asoslanish kerak. Bu
ko‘rsatkichning pastga tushishi jigar funksiyasini buzilishidan dalolat
beradi. Bu paytda sanasiya o‘tkazish mumkin emas. Yoki, infarktdan
keyin 6—10 oy o‘tkazib, sanatsiya qilish mumkin, nefrit bilan og‘rigan
bemorlarni esa 4-6 haftadan keyin. Albatta stomatologning ishi boshqa
tibbiyot xodimlari — nefrologlar, gepatologlar, terapevtlar va boshqa
mutaxassislar bilan bamaslaxat olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Surunkali periodontitlardan tashkari, ildiz uchi periodantitlari tirik
pulpali tishlarda ham kuzatilgan. Buning sababi, yopiq pulpit (pulpitis
clausa). Ketterl 262 tish rentgenogrammalarini tekshirib chiqib, ularda
1393 surunkali yallig‘lanish o‘choqlari borligini aniqlagan.
Bulardan pulpasi olingan (depulpasiya) tishlar 18,8% ni, tish bo‘yin
qismidagi jarayonlar 13,8% ni, tishsiz odamdagi o‘choqlar 7,8% ni tashkil
etgan, holos. Qolgan hammasida pulpa tirik bo‘lgan.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali infeksiya o‘choqlarini davolash juda
ko‘p kasalliklarni davolashga sababchi bo‘lar ekanligi aniq.
Shuning uchun, og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali yallig‘lanish o‘choqlari
mahalliy emas, balki umumiy organizmga ta’sir ko‘rsatadi deb tushunish
shart.
Hozirgi zamon fani, og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘choq — bu geterosensi-
bilizasiya manbai (mikrob, dorilar) va organizmning autosensibili-
zasiyasiga olib keladigan omildir.
Og‘iz bo‘shlig‘ining autosensibilizasiyasiga sababchi bo‘ladigan omil-
lar surunkali tonzillit, surunkali periodontitlar, surunkali pulpit va para-
dontitlar, shuningdek olib tashlanmagan ildiz atrofi kistalari, surunkali
jag‘ osteomiyelitlari, so‘lak bezlarining surunkali yallig‘lanishlari (sialo-
denit, sialostoz, sialodoxit), tish orqali rivojlanadigan gaymoritlar va
boshqalar bo‘lib hisoblanadi. Uzoq yillardan beri (A.I. Evdokimov. 1936
va boshqalar) paradont to‘qimasidagi o‘zgarishlar gingivit, paradontit
kasalliklari surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lib hisoblanishi ma’lum
degan fikr bor. G.Z. Balyanskaya mikrobiologik, immunologik tekshiruv-
lar o‘tkazib, paradont kasalliklarida kamida 15 sm masofadagi milk,
suyak to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonining kechishi va bu jarayon
uzoq, surunkali davom etishi haqqoniy surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i
bo‘lib faoliyat ko‘rsatishini ta’kidlaydi.
So‘lak bezlarining surunkali yallig‘lanishlari (sialodenit, sialostaz,
sialodoxit), tish orqali rivojlanadigan gaymoritlar va boshqalar bo‘lib
hisoblanadi. Surunkali septik o‘choqlar turlicha belgilangan:
1) "surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i";
2) "surunkali infeksiya o‘chog‘i";
3) "uyqusiradigan infeksiya o‘chog‘i";


2 0 3
4) "odontogen infeksiya o‘chog‘i";
5) "stomatogen o‘choq".
Hozirgi vaqtda og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha surunkali infeksiya
o‘choqlari stomatogen o‘choqlar deb ataladi.
Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolaridagi surunkali yallig‘lanish
o‘choqlari organizmning autoinfeksiya (ichki, o‘z infeksiyasi) va
autoinsoksikasiya (o‘z-o‘zini zaharlash) manbalari bo‘lib, xisoblanadi.
O‘choqli infeksiyalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar.
Maxalliy joylashgan yallig‘lanish o‘choqlaridan kelib chiqadigan
kasalliklar patologik reaksiyaga olib keladi. Ichki a’zo va tizim
kasalliklarining (yurak-qon tomir kasalliklari, tayanch-harakat apparati
va boshqa kasalliklar) ko‘pchiligi organizmdagi o‘choqli infeksiya ta’siri
ostida kelib chiqishi aniqlangan. Bularning aksariyati, sepsisga olib keladi.
Sepsis qanday rivojlanadi degan savolga aniq javob bo‘lmasada,
infeksion — allergik nazariya asosida bu holatni tushuntirsa bo‘ladi.
Ko‘pchilik stomatogen o‘choqlar bilan boglik septik holatlarda
bemorlar organizmi-o‘choqdagi streptokokklarga o‘ta sezuvchan
(sensibilizasiya) bo‘lishi kuzatiladi. Buning natijasida streptokokklarga
qarshi antitelolar antigenlar bilan birga hujayralarga ta’sir qilib, giperergik
reaksiyani vujudga keltiradi va ma’lum alohida a’zoni jarohatlaydi. Bunda
xarakati sekinlashgan tipdagi reaksiya shakllanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling