Rivojlantirish instituti
Pulpitlarni davolash tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpitlarni davolash tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot
Pulpit yoki tish og‘rig‘i qadimdan ma’lum bo‘lgan va unga qarshi kurashish o‘sha zamon tabiblari, shifokorlarning diqqat markazida turgan. Bundan 4000 yil avval, eski Xitoyda pulpit belgilari ma’lum bo‘lgan. 1 0 4 Bu kasallikni davolash uchun Xitoyliklar bemor yuzining terisida 24-ta og‘riqni qoldirish mumkin bo‘lgan igna tiqish nuqtalarini aniqlaganlar va shu yo‘l bilan kasallikni davolaganlar. Gippokrat tish og‘rig‘ini qoldirish uchun, bemorga ich ketkazadigan, qustiradigan dorilar bergan, uni qonini chiqargan. Galen esa og‘riq tishga gekkon jigarini qo‘yish foydali ekanligini uqtirgan. Pulpit iborasini qo‘llamasdan, ulug‘ daho Abu Ali Ibn Sino (980— 1037) o‘zining mashhur "Tib qonunlari" da tish og‘riqlari to‘g‘risida o‘sha zamon ma’lumotlarini batafsil bayon etgan: tishda bo‘ladigan og‘riq tishning o‘zi bilan bog‘liq va uning atrofidagi to‘qimalar kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi zamon tushunchalari bilan hamohangdir. Abu Ali Ibn Sino tish og‘rig‘ini qoldirish, og‘rigan tishni kuydirib, parchalab tashlash maqsadida, unga qizdirilgan yog‘ quyish yoki yog‘ bilan qizdirilgan temir sim qo‘llashni tavsiya etgan. Bu ishni amalga oshirish uchun kasallangan tishni yon tishlardan va milkdan mo‘m, xamir yoki shunga o‘xshash narsalar yordamida ajratiladi. Bu og‘rigan tishga tushadigan qizdirilgan yog‘, temir simdan uning atrofidagi milk va tishlar zararlanmasligini ta’minlaydi. Shundan keyin og‘rigan tish kovagiga naycha orqali qizdirilgan yog‘ (yaxshisi zaytun moyi) tomiziladi va qizdirilgan temir sim bir necha bor tiqiladi. Ayrim paytlarda tish kovagi parma yordamida teshilgandan keyin muolaja bajariladi. Natijada tish to‘qimalari butunlay kuyadi, parchalanadi va tushib ketadi. Undan tashqari Abu Ali Ibn Sino kasal tishga turli dorivorlar tutunlari bilan ta’sir etish, turli dorilar bilan tish atrofidagi to‘qimalarga ta’sir etish va boshqa o‘z zamoniga mos, davolash usullarini qo‘llashni taklif etgan. Demak, qadim zamonlarda pulpitni davolash uchun tish va pulpa to‘qimalari yemirilgan, tishdan voz kechib bo‘lsa ham og‘riqqa qarshi kurashilgan. Tibbiyot nuqtayi nazari bilan qaraganda, bu davolash usuli emas, balki og‘riqqa qarshi kurashishdir. Pul’pitlar davolanishi, ya’ni og‘rigan pul’pani olib tashlab, tishni saqlash imkoniyatlari asosan XIX asrdan boshlab, to‘g‘rirog‘i 1836- yilga Spooner shu maqsadlar uchun taklif etgan margumush — mishyak kislotasini qo‘llashdan boshlagan. Bu stomatologiyada muhim tarixiy bosqich va olg‘a siljish hisoblanadi. Ammo og‘rigan a’zo (pulpa) ni olib tashlab, pulpitni davolash ham tub ma’noda, pulpa a’zosi kasalligini davolash hisoblanmaydi, balki yallig‘langan pulpani olib tashlab, tishni saqlab qolish usuli desa bo‘ladi. Shunga qaramasdan, margimush qo‘llash pulpit bilan og‘rigan tishlarni saqlab qolish imkonini yaratdi, shuning uchun ham bu usul katta ahamiyatga ega edi. Dastlabki paytlarda pulpit bilan og‘rigan tishga margimush qo‘yilib, undagi og‘riqlar to‘xtatilgach, pulpa olinmasdan kovak yopilgan. Ammo rentgenologik tekshirishlar, davolangan tish ildizi atrofida pulpa tarkibidan tushgan mikroblar va margumush qoldiqlari ta’siridan kelib chiqqan yallig‘lanish jarayonlari 1 0 5 rivojlanishini ko‘rsatdi. Shundan keyin, yallig‘langan pulpa margimush ta’sirida jonsizlantirilgandan keyin olib tashlanishi lozim ekanligi ma’lum bo‘ldi. XIX asr o‘rtalarida rus jarrohi N.I. Pirogov, keyinchalik ingliz olimi Lister tomonlaridan yaralarni antiseptik usulda davolashga bag‘ishlangan ishlarning natijasida pulpitni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga yo‘l ochildi. Yallig‘langan pulpani antiseptik usulda davolab, uni butunlay yoki qisman (ildiz pulpa) hayotiyligini saqlab qolish imkoni yaraldi. Margimush qo‘llab pulpitni davolash ham ma’lum vaqtdan keyin pulpada qolgan margimush va chiriklar tarkibidagi mikroblar ta’sirida tish ildizlari atrofidagi periodont suyak to‘qimalarda patalogik o‘zga- rishlar paydo bo‘lishi mumkinligini rentgenologik tekshirishlar ko‘rsatdi. 1923- yilda birinchi bo‘lib G. Fischr pulpitni davolashda og‘riq- sizlantirish usulini taklif etgani ham ma’lum darajada tarixiy bosqich bo‘ldi. Antibiotiklar ixtiro etilgach (birinchi antibiotik- penisillin 1945- yilda Plessing tomonidan yaratilgan) pulpitni biologik davolash usullari rivojlana bordi. Pulpitni biologik usulda davolashda L.R. Rubin (1949, 1950) tomonidan taklif etilgan elektroodontodiagnostika usulida pulpa elektr sezuvchanligini aniqlash beqiyos axamiyatga ega bo‘ldi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling