Grafik dasturlar.
Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va yaratishga
muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta ishlash,
fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan ob`yektlarni
yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish mumkin. Undan
tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor ob`yektlarga
o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini o`zgartirish, grafo-
montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish mumkin.
Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur
ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga
tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda
va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel
Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX,
Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master,
Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar
asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar,
reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda,
ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni
qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga
misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini
taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat
videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli
asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video
maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir.
Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI,
VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni
ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida
ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO,
Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar
Do'stlaringiz bilan baham: |