Java SCRIPT ham dasturlash tiliga o’xshab ketadi. U o’z
tashkil etuvchilariga
ega. Uning tashkil etuvchilari o’zgaruvchilar, massivlar,
operatorlar, ob’yektlar,
funksiyalar, hodisalar, kommentariyalar...
Java SCRIPTda kichik va katta harflar farqlanadi. Bundan tashqari,
interpretar
dasturi bo’shliqlarni e’tiborga olmaydi, har bir operator ( ; ) bilan tugashi (agarda
yangi satrdan yozilgan bo’lmasa) talab qilinadi.
O’zgaruvchilar. O’zgaruvchilar nomlari albatta harflardan yoki tagiga chiziq
belgisi bilan boshlanishi lozim. O’zgaruvchilar tasvirlanishi tavsiya etiladi.
Bunda
o’zgaruvchilar butun, haqiqiy, satr, mantiqiy qiymatlar ko’rinishida bo’lishi
mumkin.
Massivlar. Massivlar odatdagidek nom va indeksga ega bo’ladi. Massivni
tasvirlash quyidagicha bo’ladi.
arr Massiv nomi: indekslar ro’yxati.
Misol: arr Mir[ i] [j]
Operatorlar.
Java SCRIPTda arifmetik, mantiqiy, bit, satr ko’rinishidagi
operatorlar mavjud. Bundan
tashqari operatorlar bloki, shartli sikl operatorlari
ishlatiladi.
Funksiyalar. Javada funksiyalar quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
function funksiya nomi (( argument 1), (argument 2),..(argument n))
{operatorlar}
Lozim bo’lsa, funksiya nomiga biror qiymat berilishi mumkin va buning uchun:
return (operatorlar);
operatoridan foydalaniladi.
Misol: function f(x) { return x3}.
Java SCRIPTda odatdagidek, farqli ob’yekt kiritilgan.
Ob’yekt. Ob’yektning xossalari deb ataluvchi ba’zi bir berilganlarning (hujjat,
oy-yillar, ko’rinishlar va boshqalar) majmuidir. Misol uchun hujjat ob’yekt quyidagi
xossalarga ega: matn rangi, fon rangi, oxirgi o’zgartirish sanasi, hujjat o’tgan URL
va shunga o’xshashlar. Ko’p ob’yektlar Java SCRIPTda mavjud bo’lsa, (hujjat,
oyna, kadr, forma va boshqalar) ba’zilari foydalanuvchi tomonidan yaratiladi.
Hodisalar. Hodisalar Java SCRIPT elementi bo’lib, ular kerakli amallarni ma’lum
vaqtlarda ishlatish imkoniyatini beradi. Ularning ba’zilarini keltiramiz.
Bular
berilgan element ustida sichqonchani topish, ob’yektdan ajratishni bekor qilish va
boshqalar. Obyekt ustida bajariladigan hodisalar majmui ham belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: