Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg


Download 20.59 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi20.59 Kb.
#1749998
Bog'liq
Rayhonaa6


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
620-21 GURUH TALABASI MURODULLAYEVA RAYHONANING


“Ta'lim psixologiyasi”


FANIDAN BAJARGAN


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: O’zaro munosabatlarda shaxs intellektualligi


FARG’ONA 2023
Reja:

  1. Ijtimoiy reprezentasiya

  2. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar

  3. Shaxs e’tiqodi va guruh.

  4. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi.

  5. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar.

  6. Ijtimoiy-psixologik metodlar: kontent-analiz, anketa.

Shaxsning mustaqil fikrlashi va o’z nuqtai nazarini faqat o’zining his-kechinmalarigagina tayanib namoyon etishga zid bo’lgan hodisa – bu ijtimoiy reprezentasiyadir. Uning ahamiyati mohiyati shundaki, inson o’sha mutaqil fikrni yuritishi uchun ham eng avvalo ijtimoiy, umume’tirof etilgan qadriyatlardan, xalq va elat xotirasini tashkil etuvchi aqidalardan foydalanadi. Bugun ijtimoiy psixologiya bizga milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimida global masalalarni ijobiy hal etishda ijtimoiy reprezentasiya degan jarayon orqali yordam beradi. Bu – umume’tirof etilgan aqidalar va e’tiqodlarga ergashish, ya’ni, yadro xavfsizligi, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik kabi. Ya’ni, bizning milliy istiqlol g’oyalarimizga zid kelmaydigan, aksincha, ularning haqligi va hayotiyligini ta’minlovchi tushunchalar majmui insoniy xamfirklilik va osoyishtalikning garovidir. Lekin bu insonning o’zligini anglashni, o’zini hurmat qilishini inkor etmaydi. Aksincha, o’z ruhiy olamini, o’zligini tushunishni osonlashtiradi.



Aslida odam ongida bo’ladigan hodisa intuitiv tarzda his qilinadi va buni sosiologik tadqiqotda o’rganish ham mumkin. Masalan, saylovlarda u yoki bu da’vogarning g’olib chiqishini bilish mumkinmi, yoki amalga oshirilgan u yoki bu tadbir ertaga qanday oqibatni keltirib chiqarishi bilish mumkinmi? Chunki voqyea sodir bo’lgach, guyoki, shunday bo’lishini bilardim, deganday fikr paydo bo’ladi. Masalan, amerikalik Mark Liri (Mark Leary, 1982) 1980 yillarda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlariga bir kun qolganda odamlardan har bir nomzod haqida fikrlarini o’rganib, Reygan yutishini aytgan. Saylovdan keyin ertasi kuni yana boshqalardan so’rab, kim yutishini bashorat qilishlarini so’raganda, yana Reyganga ko’p ovoz berilgan va aslida ham shunday bo’lib chiqqan. Qizig’i shundaki, ko’plar odamlar aynan shunday bo’lishi kerak edi-da, deganday, hamfirklilik bildirganlar. Lekin aslida bu – aynan o’sha ijtimoiy hodisani odam his qilishi bilan tushuntiriladi, aslida “Hayot ildamroq ketadi, uni anglash esa sal kechroq ro’y beradi”.
Demak, olimlar ijtimoiy hodisalarning oqibatlarini aynan odamlar fikriga tayanib, o’rganib istiqbolni belgilashlari mumkin. Shunisi qiziqki, odamlarga har qanday voqyeaning natijasi, oqibati oldindan tanishday tuyulaveradi. Har bir insonda o’zi to’g’risidagi tasavvurlar tizimi bor. Bu tizim aslini olib qaralsa, o’zgalar to’g’risidagi tasavvurlardan yiroq emas, ular asosida shakllanadi. “Men”likni anglash insonga o’z fikr va munosabatlarini tartibga solish va tashkil etishga ko’maklashadi. O’zimiz to’g’rimizdagi, biz haqimizda boshqalarning fikrlarini biz yaxshi eslab qolamiz va bu bizning “O’z-o’zimizni hurmat qilishimizga asos bo’ladi”. Bizning mentalitetimizda o’z shaxsiga munosabatda o’zgalar fikriga tayanish kuchli va o’zini hurmat qilish ham bu narsaga bog’liqdir. Biz hattoki, bizga kim va qachon, qay tarzda ta’sir ko’rsatayotganligini ham sezmay qolib, o’zgalar ta’sirida bo’lamiz. Ya’ni, o’zimizni bilishimiz, o’zgalarni bilishimizdan ancha kuchsiz. Bu bizning Sharq manaviyatimiz va muomala madaniyatimizdan kelib chiqadi. Bundan tashqari, odamdagi ijtimoiy tasavvurlar va o’ylar uning chidamliligi, irodasi va mehnatsevarligiga bog’liq, eksperimentlar shuni isbot qilganki, o’z mehnatidan samara kuta oladigan va buni o’zi o’z irodasi bilan nazorat qila oladigan odamlar hayot murakkabliklaridan osonroq o’tadilar. Ya’ni, o’zining u yoki bu masalalarda bilimdonligiga va harakati samara berishiga ishongan odamlar qiyinchiliklardan muvaffaqiyatli o’tadilar, hayotga pessimistik munosabatda bo’lganlar esa ko’pincha aksincha, mag’lub bo’ladilar. Bu o’rinda o’ziga bo’lgan bahoning ham ahamiyati bor, chunki agar insonning o’ziga bergan bahosi juda yuqori bo’lsa ham yomon, juda past bo’lsa ham yomon hisoblanadi. Yana bir holat borki, biz o’zimizni yaxshi sifatda idrok qilishga moyil bo’lishdan tashqari, yana o’zgalarga yanada yaxshiroq tarzda ko’rsatgimiz keladi, lekin biror kishi bizni nokamtarlikda ayblasa, hafa bo’lamiz. Ya’ni, doimo o’zimizni atrof muhitga mos qilib ko’rsatishga urinamiz, Ayniqsa, biz o’zbeklar ko’pincha o’ta kamtarlikdan aziyat chekib ham qolamiz, chunki o’zimiz to’g’rimizda yaxshi taassurot qoldirgimiz keladi. Boshqalarni maqtayotgan vaqtimizda, aslida o’zimizni maqtayotganimizni, bu bilan yana boshqalarga yoqish ishtiyoqi borligini anglamaymiz, chunki bunga ko’nikib ketganmiz. Shu tarzda o’zimizga qiyinchiliklar tug’dirganimizda esa o’zimizni omadsiz deb atashga tayyor bo’lamiz. Ayni shu – odamning o’zgalar ta’sirida bo’lish-bo’lmasligini tushuntiruvchi hodisa ijtimoiy psixologiyada konformizm deb ataladi.
Download 20.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling