Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ishi bajardi: Odombayev Farrux Qabulqildi: Hamrayev Alisher Toshkent-2023
Download 37.98 Kb.
|
Operatsion Tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari.
Jarayonlarni rejalashtirish.
Xar gal, chegaralangan resurslar va ularning bir nechta iste’molchilari bilan ish ko`rilganda, masalan, misol uchun mexnat jamoasida maosh fondini taqsimlash deylik, biz mavjud resurslarni istehmolchilar o`rtasida taqsimlash bilan shug`ullanishimizga to`g`ri keladi, yoki boshqacha aytganda resurslardan foydalanishni rejalashtirishimizga to`g`ri keladi. Bunday rejalashtirish aniq qo`yilgan maqsadlarga (ya’ni, masalan, resurslarni taqsimlash xisobicha biz nimaga ega bo`lmoqchimiz) va bu maqsadlarga mos va istehmolchi parametrlariga tayanadigan algoritmlarga ega bo`lishi kerak. Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari. Jarayonlarni rejalashtirish xar bir darajasi uchun, xar turli juda Ko`p algoritmlarni taklif qilish mumkin. Qaysi algoritmni tanlash, xisoblash tizimi yechadigan masalalar va biz rejalashtirishdan foydalanib erishmoqchi bo`lgan maqsadlarimizga bog`liqdir. Bu maqsadlar quyidagilardir. Xaqqoniylik –kom`yuter tizimida, xar bir jarayon va to`shiriq uchun `rotsessordan foydalanish vaqtining ma’lum qismi ajratilishiga kafolat berish. Ya’ni, bir foydalanuvchi jarayonni xar doim `rotsessor vaqtini band qilishi va boshqa foydalanuvchi jarayoni bajarilmay turishiga yo`l qo`ymaslik. Samaradorlik –protsessor ish vaqtining xamma 100%ni band qilishga xarakat qilish. Bunda u, bajarishga tayyor jarayonlarni kutib turishi kerak emas. Real xisoblash tizimlarida `rotsessor yuklanishi 40ta 90%gacha o`zgarib turadi. To`liq foydalanish vaqtining qisqarishi(turn aroid time) –jarayonni starti yoki to`shiriqni yuklashga navbat qo`yishi va uni tugallashi orasidagi minimal vaqtni ta’minlash. Kutish vaqtini qisqartirish –jarayonlarning tayyor xolati va yuklashga navbatni berish vaqtini qisqartirish. Javob berish vaqtini qisqartirish –jarayonning interaktiv tizimlarda foydalanuvchi so`roviga javob berish uchun kerak vaqtini minimallashtirish. Rejalashtirishning qo`yilgan maqsadlariga bog`liq bo`lmagan xolda, algoritmlar quyidagi xossalarga ega bo`lishi kerak. Aniq bo`lishi kerak, masalan, bitta to`shiriq xar doim bir xil vaqda bajarilishi zarur. Minimal xarajatlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Masalan, protsessorning xar bir yuz millisekundiga, jarayon o`zining bajarilishiga qaysi protsessorni olishi mumkinligini aniqlash uchun 200 millisekund kerak bo`lsa, bunday algoritmni qo`llash maqsadga muvofiq emas. Xisoblash tizimi resurslarini bir xil taqsimlash zarur, bunda kam foydalaniladigan resurslarni band qiladigan jarayonlarga imtiyoz berish kerak. Masshtablashtirish xossasiga ega bo`lish, ya’ni yuklama oshganda ishlovchanlik qobiliyatini yo`qotmaslik. Yuqorida keltirilgan maqsad va xossalar bir –biriga qarama –qarshidir. Algoritmni bir kriterist(ko`rsatgich) nuqtasi nazaridan yaxshilasak, ikkinchisi nuqtai –nazaridan xolat yomon tomonga o`zgaradi. Download 37.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling