Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ishi bajardi: Odombayev Farrux Qabulqildi: Hamrayev Alisher Toshkent-2023
Jarayonlar o‘zaro bog‘lanishi algoritmlari (sinxronlashtirish)
Download 37.98 Kb.
|
Operatsion Tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari
Jarayonlar o‘zaro bog‘lanishi algoritmlari (sinxronlashtirish).
Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi. OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “to`shiriq” so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT to`shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi. Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi. Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi. OT kutubxonalarida bu funktsiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo`shmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. KCH tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko`p bo`lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni ta’minlash talab qilinadi. Bahzi KCH dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan mustaqildir, ularni KCH ko`pgina qurilmalariga, qo`llash mumkin. Fayl – bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlar majmuasi ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlar to`plamidir. Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko`rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki boshqa ma’lumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi. Barcha zamonaviy OT lar o`z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat ko`pchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini yechadi. FBT, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish qurilmalari va disk xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog`liq emas. UNIX da yo`lga disk nomi yoki uning nomerini qo`shish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun qurilmalarga qat’iy bog`lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig`i yumshoq dik tizimini asos fayl tizimidagi ko`rsatilgan joyga qo`shish (montirovka) imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir. Download 37.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling