Rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari


International Conference on Developments in Education


Download 187.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi187.27 Kb.
#1216773
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
233 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim maqsadlarini aniqlash ma’lum ichki va tashki shart-sharoitlar bilan 
belgilanadi. Bunda tashkilotdagi pedagogik muhit hamda tizimni asoslovchi davlat hujjatlarining alohida 
ahamiyatini nazarda tutish lozim. Shu bilan bir qatorda real ta’lim jarayonini aniqlovchi dasturlar ham muhim 
o‘rin tutadi. Bular tashqi talablar bulib, u tashkilotning aniq va mavjud imkoniyatlari bilan mos kelishi ta’lim 
muassasasi vazifalarini belgilash uchun me’yoriy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim tashkilotlari 
direktorlarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi bu ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-
metodik tayyorgarligi, g‘oyaviy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy yetukligidan iborat. 
Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy kismlari bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, 
rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik 
faoliyatda qo’llaniladi. Shu sababli MTT direktorlirining ilmiy-metodik tayyorgarligi kasbiy-pedagogik 
tayyorgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining tamoyillaridan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya 
jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan 
biri hisoblanadi. 
Hozigi tez o‘zgarayotgan bir davrda MTT boshqaruv kadrlari har tomonlama intelektual salohiyatli, o‘z 
faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajarayotgan vazifasiga ijodiy yondashadigan rahbar sifatida faoliyat 
olib borishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Chunki, rahbarning teran tafakkuri va keng dunyoqarashi, zamon 
talabiga javob beradigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va 
xislatlarga, iymon-e’tiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi va tadbirkorligi u 
boshqarayotgan ta’lim tashkilotining kelgusidagi samarali faoliyatini belgilaydi. 

Download 187.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling