Rktab savdo qilish Qoidalariga 1-ilova
Download 31,84 Kb. Pdf ko'rish
|
Norasmiy tarjima RKTAB savdo qilish Qoidalariga 1-ilova
ShARTNOMA
Toshkent sh. «___» _________ 20___ y. “Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi” Aktsiyadorlik Jamiyati -BIRJA nomidan __________________________________ asosida faoliyat yurituvchi _______________, bir tarafdan, va BIRJA A'ZOSI -_____________________________________________________ nomidan ______________________________________________ ustav asosida faoliyat yurituvchi, ikkinchi tarafdan, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar: 1. ShARTNOMA PRYeDMYeTI
1.1. Birja a'zoligini kirish, tomonlarning o'zaro huquq va majburiyatlari (o'zaro munosabatlari) ga rioya etish bo'yicha tomonlarning munosabatlari shartnoma predmeti hisoblanadi. 2. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI 2.1. Birja quyidagi huquqlarga ega: 2.1.1. A'zolikka qabul qilish, to'xtatib turish, Birjada a'zolikni bekor qilish tartibini belgilash. 2.1.2. Birjada a'zolik bekor qilinganidan so'ng “Tomonlarning pulli majburiyatlari bo'yicha o'zaro hisob-kitob solishtirma dalolatnomasi” asosida o'zaro hisob-kitob qilishni talab qilish. 2.1.3. Birja tovarlarini birja kotirovka varag'iga kiritish bilan Birjaga qo'yishga ruxsat berish protsedura/tartibini belgilash. 2.1.4. O'quv kurslarida “Tovar va xom-ashyo birjalarida operatsiyalar” kursi bo'yicha ta'lim olganligi yoki malaka oshirganligi to'g'risidagi sertifikatlar bo'lmaganda yoki muddati o'tganda Birja A'zolariga Birjadagi savdolarga qo'ymaslik. 2.1.5. RKTAB savdo qilish Qoidalarini buzganlik uchun Birja A'zosini Birjadagi savdolardan vaqtincha chetlatish. 2.1.6. Qonunchilik va RKTAB savdo qilish Qoidalari buzilgan holda amalga oshirilgan Birjadagi kelishuvlarni ro'yxatga olishni to'xtatib qo'yish yoki rad etish. 2.1.7. Birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun to'lov miqdorini belgilash. 2.1.8. RKTAB savdo qilish Qoidalari va Birja me'yoriy-huquqiy hujjatlarini buzganligi uchun jarima va penyalarni belgilash hamda undirish. 2.1.9. Birjadagi kelishuv mazmunini ( tovarlar nomi, miqdori, kotirovkasi (narxi), birja kelishuvini sanasi bundan mustasno) uchinchi shaxslarga, qonunda belgilangan hollardan tashqari holatlarda oshkor etmaslik. 2.1.10. Sudlarga, shuningdek qo'zg'atilgan jinoyat ishi mavjud bo'lganda- surishtiruv va tergov organlariga Birjadagi kelishuvlar xaqida ma'lumotni taqdim etish. Norasmiy tarjima 2.1.11. RKTAB savdo qilish Qoidalari, “Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJda Birja a'zoligiga qabul qilish, to'xtatib turish, a'zolikni bekor qilish Tartibi, Birjaning ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq Birja A'zosini Birja a'zoligini to'xtatib turish yoki a'zoligini bekor qilish. 2.2. Birja, qonunchilik, Birja Ustavi va RKTAB savdo qilish Qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 2.3. Birja quyidagilarga majbur: 2.3.1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, RKTAB savdo qilish Qoidalari, Birjaning boshqa ichki hujjatlari va nizomlari, shuningdek Birja boshqaruv organlari qarorlariga muvofiq xatti-xaraqat qilish. 2.3.2. Birja kotirovka varag'iga kiritilgan tovarlarlar birja savdolarini tashkillashtirish, me'yorda tovar aylanishi, ularning bozor narxlarini belgilanishi va tegishli tartibda ular to'g'risida axborotni tarqatilishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni ta'minlash. 2.3.3. Tovarlarning kotirovkasi (narxining belgilanishi)ni amalga oshirish. 2.3.4. Birja A'zosini o'z vaqtida Birjada o'tkaziladigan savdolarning o'tkazish joyi va vaqti to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilish. 2.3.5. Birja RKPsi vositasida Birja A'zolari va ularning mijozlari (kliring) o'rtasidagi o'zaro majburiyatlarini aniqlash va hisobga olish, shuningdek xizmat ko'rsatuvchi bankda Birja RKP tomonidan ochilgan depozit hisob raqamlar orqali ular o'rtasidagi o'zaro hisob-kitobni amalga oshirish. 2.3.6. Birja RKP si vositasida Birja, Birja A'zolari va ularning mijozlari pul mablag'larini alohida hisobini yuritish. 2.3.7. Muntazam (xaftada bir martadan kam bo'lmagan) o'zining rasmiy saytida tovarlar kotirovkasi (narxlari)ni joylashtirish. 2.3.8. Birja A'zosiga kelishuvlarni amalga oshirish va ro'yxatga olish uchun xizmatlar va sharoitlar taqdim etish, jumladan “masofadan ruxsat” rejimida ishlash uchun BSETga ulash. 2.3.9. Birjadagi operatsiyalar bo'yicha nizolarni o'z vaqtida ko'rib chiqish va Birjada kelishuvlarni amalga oshirish, tuzish va bajarishda Birja a'zolarida yuzaga kelayotgan nizoli masalalarni tartibga solish bo'yicha choralar ko'rish. 2.4. Birja qonunchilik, Birja Ustavi va Birjada savdo qilish Qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 2.5. Birja A'zosi quyidagi huquqlarga ega: 2.5.1. Birja savdolarida ishtirok etish va broker yoki diler funktsiyalarini bajarishda Birjada savdo qilish Qoidalariga muvofiq kelishuvlar tuzish. 2.5.2. Birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish. 2.5.3. Birjada savdo qilish Qoidalari yangi tahririni ishlab chiqishda ishtirok etish. 2.5.4. Amaldagi qonunchilik, ichki nizomlar, shuningdek ushbu shartnomada ko'rsatilgan shartlarga ko'ra Birja xizmatlaridan foydalanish. 2.5.5. Birjadagi har bir savdo to'g'risida axborot olish. 2.5.6. Birja faoliyatini takomillashtirish masalalari bo'yicha Birjaga takliflar kiritish. 2.6. Birja A'zosi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'limi mumkin. 2.7. Birja A'zosi quyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi: 2.7.1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, RKTAB savdo qilish Qoidalari, Birjaning boshqa ichki hujjatlari va nizomlari, shuningdek Birja boshqaruv organlari qarorlariga muvofiq Birjada o'z faoliyatini amalga oshirish. 2.7.2. Mijoz bilan shartnoma tuzishda uni savdo Qoidalari, kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari, kelishuvlarni amalga oshirish shartlari, Birjadagi tuzilgan kelishuvlar bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik natijasida Birja tomonidan qo'llanadigan sanktsiyalar bilan tanishtirish. Mijozga Birjada uning
Norasmiy tarjima manfaatlarida tuziladigan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog'liq, shuningdek uni topshiriqlarini ijrosi bilan bog'liq to'liq ma'lumotni o'z vaqtida taqdim etish. 2.7.3. Birjadagi savdolarda uning ishtiroki, Birjadagi kelishuvlarni amalga oshirish va tuzish bilan bog'liq, shuningdek birja komissiyalari ishi uchun o'z vaqtida Birjaga to'liq axborotni taqdim etib borish. 2.7.4. O'z hisobidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan Birjadagi kelishuvlarning alohida hisobini olib borish. 2.7.5. O'z mijozlarini pul mablag'larini alohida hisobini olib borish. 2.7.6. O'z mijozlari, kontragentlari to'g'risida konfidentsial ma'lumotlarni tarqatmaslik, ularning manfaatlari va Birja manfaatlariga rioya etish. 2.7.7. Narxlarni manipulyatsiya qilinishiga va oqibatida Birjada kelishuvlarni amalga oshirishda tovarlar bozorini destabilizatsiya bo'lishiga olib keladigan sharoitlarni yaratilishiga yo'l qo'ymaslik 2.7.8. Birjaga o'z pochta manzili, yuridik rekvizitlari, telefon raqamlari (fakslar, elektron manzillar)ni taqdim etish va ular o'zgarganligi, shuningdek tashkilotning qayta tashkil etilishi va tugatilishi to'g'risida o'z vaqtida Birjani xabardor qilish. 2.7.9. Birja A'zolari tarkibidan chiqarilganda Birja oldidagi barcha mavjud qarzdorliklarni (jarimalar, o'z vaqtida to'lovni amalga oshirmaganlik uchun penyalar) qoplash. 2.7.10. Birja talabiga yoki zaruratga ko'ra bilan pulli majburiyatlar bo'yicha o'zaro hisob- kitob solishtirmasini amalga oshirish. 2.7.11. Birja tomonidan belgilangan muddatlarda o'z vaqtida to'lovlarni amalga oshirish, savdolarni tashkil etish va olib borish bilan bog'liq Birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, tuzilgan shartnomalar va Birja nizomlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda va usullarda boshqa to'lovlarni amalga oshirish. 2.7.12. Boshqa shaxslarga BSET kirish uchun parollarni hamda buyurtma berishda va tovarlarni oldi-sotti kelishuvlarini rasmiylashtirishda ERIdan foydalanish uchu elektron imzolar sertifikatini bermaslik. 2.7.13. Birja xodimlari va Birjaning boshqa a'zolarining o'zaro munosabatlarida rasmiy etika me'yorlariga rioya etish. 2.8. Birja A'zolari qonunchilik va Birjadagi savdo Qoidalariga muvofiq boshqa maburiyatlarni ham bajarishi mumkin. 3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 3.1. Birja BSETda ishlash uchun o'z vaqtida ruxsat berilishi uchun javob beradi. 3.2. Birja A'zosi tomonidan taqdim etilgan asossiz axborot uchun Birja javob bermaydi. 3.3. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Birjaning ichki hujjatlarini buzganligi uchun Birja A'zosi javob bermaydi. 3.4. Birjaga taqdim etilgan axborotning xaqqoniyligi uchun Birja A'zosi mas'ul. 3.5. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi amaldagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
4.1. Barcha nizolar da'vogarlik tartibida hal etiladi. Da'voga javob berish muddati 10 kun. Hal etilmagan nizolar tegishli tartibda Toshkent sh. Xo'jalik sudida ko'rib chiqiladi. 5. YAKUNIY QOIDALAR Norasmiy tarjima 5.1. Ushbu shartnoma tuzilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar uchun majburiy deb hisoblanadi. 5.2. Shartnoma quyidagi hollarda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin: 5.2.1. Bir ja A'zosining Birjadan ixtiyoriy ravishda chiqishida. 5.2.2. Birja qaroriga asosan Birja A'zosi chiqarilganda 5.3. Joylashgan manzili, bank rekvizitlari, telefon raqamlari, elektron manzillari,shuning ushbu shartnomaning 2.7.8. bandida ko'rsatilgan ma'lumotlar o'zgarganda tomonlar bir- birlarini zarur bo'lgan hujjatlarni ilova qilgan holda yozma rivshda xabardor etadilar. 5.4. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo'lib, ikkalasi xam bir xil yuridik kuchga ega deb xisoblanadi.
6. TOMONLAR RYeKVIZITLARI Birja «Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi» Aktsiyadorlik Jamiyati Birja A'zosi
INN ______________________________ OKONX __________________________ b/s ________________________________ ___________________________________ Bank kodi __________________________ Tel. _______________________________ Faks ______________________________ Е-mail _____________________________ Web-sayt __________________________ Manzil ____________________________ INN ______________________________ OKONX ___________________________ b/s ________________________________ ___________________________________ банк коди __________________________ Tel. _______________________________ Faks ______________________________ Е-mail _____________________________ Web-sayt __________________________
_____________________ [F.I.Sh.] m.o’.
_____________________ [F.I.Sh.] m.o’.
Download 31,84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling