R,L,S ketma-ket ulangan zanjir
Sinusoidal tok zanjirlarida rezonans hodisasi
Download 129.31 Kb.
|
8 - Mavzu
Sinusoidal tok zanjirlarida rezonans hodisasi
Sinusoidal tok zanjirining kirish toki va kuchlanishi faza bo‘yicha ustma-ust tushsa va zanjirning to‘liq qarshiligi z aktiv qarshilikka teng bo‘lgan holatda zanjirda rezonans hodisasi ro‘y beradi. R,L,S ketma-ket ulangan holatdagi rezonans kuchlanishlar rezonansi deyiladi. (8.10) munosabatdan z = R bo‘lishi uchun X = 0 bo‘lishi kerak. Bu holda: ; X=XL-XS; X=0; XL=XS bo‘ladi. YA’ni bundan , (8.24) bu erda - rezonans chastotasi. Rezonans vaqtida tok eng katta qiymatga erishadi, chunki XL=XS bo‘lib, tokning qiymati I=E/R ifodadan aniqlanadi. Bu holat uchun 5.8-rasmda vektorlar diagrammasi keltirilgan. . E o‘rniga uning kuchlanishi U qabul qilinsa quyidagi nisbat (8.25) konturning asilligi deyiladi. Asillik rezonans vaqida induktivlik yoki sig‘imdagi kuchlanish kirish kuchlanishidan necha marta ortiq ekanligini ko‘rsatadi. Radiotexnika qurilmalaridagi Q ning qiymati 300 ga teng bo‘lishi mumkin. -to‘lqin qarshiligi deb ataladi. Rezonans hodisasida induktiv va sig‘im qarshiliklarida kuchlanishning keskin ortib ketishi sababli bu rezonans kuchlanishlar rezonansi deyiladi. Kuchlanishlar ortishi tufayli induktivlik va sig‘imda izolyasiya ishdan chiqishi mumkin. R,L,S elementlari parallel ulanganda toklar rezonansi ro‘y berishi mumkin. Bu holatda ham rezonans shartlari oldingi holatdagi kabi: bo‘ladi.
Rezonans vaqtida b=0 bo‘lib, u=g bo‘lganligi sababli, tokning qiymati I=Uy=Ug ga teng, ya’ni kirish toki eng kichik qiymatga erishadi, son jihatdan aktiv qarshilikdagi tokka teng bo‘ladi. IL va IC toklari o‘zaro kompensatsiyalanadi, chunki (8.9-rasm). IL va IC toklari kirish tokidan bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. SHu sababli, bunday zanjirdagi rezonans toklar rezonansi deyiladi. - to‘lqin o‘tkazuvchanligi, - konturning asilligi deyiladi. Toklar rezonansi vaqtida , bundan ; bu shuni ko‘rsatadiki, rezonans vaqtida reaktiv quvvat Q nolga teng bo‘ladi. Download 129.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling