Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun


Download 39.84 Kb.
bet3/8
Sana29.04.2023
Hajmi39.84 Kb.
#1400056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rofe ibn Lays qo

O‘ZBEKISTON TARIXI
Ahvolni yaxshilash uchun ayrim harakatlar qilingan bo‘lishiga qa-

boy madaniyat, o‘troq turmush tarziga ega bo‘lmish Movarounnahr va Xuroson zaminida mahalliy aslzodalarning mavqeyi ko‘tarila bordi.
Tarixiy manbalarga asoslangan materiallarning xabariga ko‘ra, To- hiriylar sulolasining birinchi vakili VII asr 80-yillarida Seyiston hokimi al-Huzayi dargohida xizmatda bo‘lgan. Uning avlodlari Musa’b, Hu- sayn, Tohirlar Hirot viloyatidagi Bo‘shang shahrini boshqarganlar.
Kelib chiqishi bo‘yicha Hirot yonidagi Bo‘shang shahri hokimi bo‘lgan Tohir ibn al-Husayn (Tohir ibn al-Husayn ibn Musa’b ibn Zu- rayk ibn Asad al-Huzayi) al-Ma’munni qo‘llagan holda unga xizmat qilishni boshladi. 811-yili Ray yaqinida Tohir ibn al-Husayn xalifa al-Aminning ishongan sarkardasi ibn Moxon (Ali ibn Iso ibn Moxon) boshchiligidagi qo‘shinni mag‘lub etdi. Ibn Moxon zulmidan aziyat chekkan aholi al-Ma’mun qo‘shinlari faoliyatini qo‘llab-quvvatladilar. Tohir ibn al-Husayn janglarning birida o‘z shijoat va mardligini ko‘rsat- ib, ikki qo‘lda qilich bilan jang namunasini namoyon qilgan. Shu bois Tohir «Zul yaminayn» (arabchasiga «ikki qo‘llab kurashuvchi») faxriy taxallusiga sazovor bo‘lgan. Tohir ibn al-Husayn al-Ma’munga sadoqat bilan xizmat qila borib, 813-yili Bag‘dodni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Al-Amin qo‘lga olinib, Tohir ibn al-Husayn o‘ziga topshirilgan buyruq asnosida uni qatl etgan. Ibn al-Asirning yozishiga ko‘ra, sobiq xalifaning boshi avval minora peshtoqiga ilib qo‘yilib, keyinchalik yangi xalifa al- Ma’mun ixtiyoriga, barcha xalifalik rasmiy ashyolari bilan jo‘natildi.

O‘ZBEKISTON TARIXI
yangi xalifa al-Ma’munni (813-833) barcha qonuniy hukmdor si- fatida tan oldi. Al-Ma’mun o‘zaro nizolarni bartaraf qilish maqsa- dida 819-yilga qadar Marvdan turib hukmronlik qildi, u faqatgina 819-yildagina Bag‘dodga qaytib keldi. Al-Ma’mun Tohirning xizmat- larini inobatga olgan holda uni Bag‘dod shahri hamda al-Jazira (Me- sopotamiyaning janubiy qismi) viloyatining hokimi еtib tayinladi. Ta’kidlash joizki, Tohir ibn al-Husayn butun xalifalik hayotida katta rol o‘ynovchi shaxs bo‘lib qoldi. Al-Ma’mun Bag‘dodga qaytib kelgach, o‘z hokimiyatidan xavfsirab, Tohirni poytaxtdan chetlatishga qaror qildi. Ibn al-Asirning yozishiga ko‘ra, xalifa o‘ziga sadoqat bilan xizmat qilgan Tohirni inisi al-Aminni bir paytlar o‘ldirganligini bahona qilib (holbuki buni al-Ma’munni o‘zi buyurgan edi), qolaversa uni «makkor shaxs» deya atab, 821-yili Xurosonga hokim еtib tayinladi. Shu davrda Movarounnahr hududi ham Xuroson tarkibiga kirar edi.
Xurosonga hokim bo‘lib kelgan Tohir ibn al-Husayn xalifalik bi- lan munosabatlarini cheklay boshladi. Juma namozida xalifani oliy hukmdor sifatida tilga ham olmay qo‘ydi. Bu holat xalifa hokimiyati
ni aniq tan olmasligidan dalolat berar edi. Shu tariqa Eron, Xuroson, Movarounnahr va unga tutash yerlarda yangi, Tohiriylar (821-873) sulosasi hukmronligi yuzaga keldi. Xalifalik siyosatidan norozi ko‘plab mahalliy zodagonlar yangi sulolani qo‘llab-quvvatlay boshladilar. To- hirning olib borayotgan ichki va tashqi siyosati xalifaga tabiiyki, maq- bul bo‘lmadi. 822-yili Tohir ibn al-Husayn o‘z yotoqxonasidan o‘lik holda topildi. Shubhasiz, uning o‘limida xalifaning qo‘li bor edi.
Tohirning o‘limidan so‘ng tez orada uning o‘rniga o‘g‘li Talha ibn Tohir (822-830) noib еtib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o‘ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bo‘lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Sa- marqand, Ustrushona, Farg‘ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.
Talha davrida islomlashtirish bayrog‘i ostida ma’lum sa’y-harakat- lar amalga oshirildi. Xususan, 822-yili arab sarkardasi Ahmad ibn Ab- dulhamid boshchiligidagi qo‘shin Ustrushonaga yurish qilib, uni but- kul bo‘ysundirdi.


Download 39.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling