Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun


Download 39.84 Kb.
bet5/8
Sana29.04.2023
Hajmi39.84 Kb.
#1400056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rofe ibn Lays qo

O‘ZBEKISTON TARIXI
Shu tariqa Yoqub Seyistonning hokimi bo‘lib oldi hamda 10 yil davomida Tohiriylarning so‘nggi hukmdori Muhammad ibn Tohir (862-873) egallab turgan xalifalikning Sharqiy viloyatlarini undan tortib ola boshlaydi. 873-yilda Yoqub Tohiriylar qo‘shinlarini tor-mor еtib, Xurosonning poytaxti Nishopur shahrini egallaydi. Shu bilan Mo- varounnahr va Xurosondagi Tohiriylar hukmronligiga barham berildi. Garchi 885-yili Muhammad ibn Tohir yana Xuroson noibi еtib tayin- langan bo‘lsa-da, lekin endilikda uning o‘zi somoniylarga qaram bo‘lib qoladi. U X asr boshlarida vafot еtadi.
Bag‘doddagi xalifalik hokimiyati Yoqubning muvaffaqiyatlaridan anchagina xavotirga tushib, unga qarshi bir qator choralar ko

asr), al-Yaqubiy (IX asr), Ibn al-Faqih (IX-X asr), al-Mas’udiy (X asr), Abuzayd Balxiy (850-934), al-Istahriy (X asr), Ibn Havqal (X asr). Al-Muqaddasiy (X asr), keyinchalik as-Sam’oniy (1113-1197), Yoqut Hamaviy (1178-1229) larning asar va yozishmalarida ham mavzu- ga oid ko‘plab materiallarni uchratish mumkin. Buxoro, Samarqand, Varaxsha, Termiz, Balx, Marv (Mari), Niso va O‘rta Osyoning boshqa qadimiy maskanlarida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar, IX-X asrlar numizmatikasi tarixiy voqeliklar bayoniga tegishli aniqliklarni kiritdi.
XX asr tarixshunosligida Somoniylar davlati tarixi to‘g‘risida V.Bartold, Е.A.Davidovich, N.Negmatov, A.A.Semyonov, Е.Sumbaur, S.Len-Pul, K.Bosvort asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek ta- rixshunosligida A.Ziyo, Sh.Kamoliddinov va boshqalarning masala mohiyatiga oid ilmiy chiqishlari e’tiborga sazovordir.
IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi yuzaga keldi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (man- balarda – Balx yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos so- ladilar. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot al-Ma’mun Xuroson noi- bi bo‘lgan davrda uning xizmatiga o‘tib, tez orada e’tiborga tushadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nevaralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Asadning o‘g‘il- lari 819-yilda turli viloyatlarga noib еtib tayinlandi. Xususan, Nuh Sa- marqandni, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar.


Download 39.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling