“Rohati dil” asarining adabiyotimizda tutgan o’rni va asardagi hikoyatlar tahlili


Download 190.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2023
Hajmi190.76 Kb.
#1360426
Bog'liq
3994-Article Text-7816-1-10-20220630



“Rohati dil” asarining adabiyotimizda tutgan o’rni va 
asardagi hikoyatlar tahlili 
Dildora Shokir qizi Yorbulova 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Maqolada Xoʻjanazar Huvaydoning “Rohati dil” asari va undagi 
didaktik va tasavvufiy ruhdagi hikoyatlar tahlili bayon etilgan. Keltirilgan 
hikoyatlardagi asosiy gʻoyalar ochib berilgan. 
Kalit so’zlar: "Rohati dil", syujet, mazmuniy uygʻunlik, didaktika, tassfuviy 
gʻoya, dostonchilik, hikoyat, tasavvufiy unsurlar.
The role of Rohati Dil in our literature and the analysis of the 
stories in the work 
Dildora Shokir qizi Yorbulova 
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region 
Abstract: The article describes the work of Khojanazar Huvaydo "Rohati dil" 
and the analysis of its didactic and mystical stories. The main ideas of the stories are 
revealed. 
Keywords: "Pleasant language", plot, semantic harmony, didactics, mystical 
idea, epic, story, mystical elements. 
Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli) (? - Oʻsh shahri - 
1780/81, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) - shoir, tasavvuf sheʼriyatining yirik 
vakili. Qoʻqon madrasalarida oʻqigan. Qishlogʻida maktab ochib, uzoq vaqt 
maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shugʻullangan. Otasi Gʻoyibnazar soʻfi 
Qashqardagi Ofoqxoʻja eshonning muridlaridan boʻlgan, Chimyonda masjid va 
xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan. Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga koʻra, 
Huvaydoga "Xoʻjanazar" ismining qoʻyilishi ham Ofoqxoʻja bilan bogʻliq. Huvaydo 
mumtoz sheʼriyatning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Sheʼrlari xalq orasida 
juda mashhur boʻlgan. Huvaydo axloqiy-didaktik yoʻnalishdagi mazmunan teran, 
uslubiy goʻzal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan shoirdir. Huvaydo ijodi va 
dunyoqarashining shakllanishida Yassaviy, Navoiy, Soʻfi Olloyor, Mashrablarning 
tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining taʼsiri katta boʻlgan. Huvaydo majoziy va 
haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy sheʼrlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1522


kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi sheʼrlarida ham mazkur shoirlar anʼanalarini 
davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan. 
Huvaydo sheʼrlari vafotidan soʻng nabiralari tomonidan devon holiga keltirilgan. 
Unga shoirning 351 gʻazal, 28 ruboiy, 41 toʻrtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 
musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi "Rohati 
dil" manzumasi kirgan. Devondagi ilk sheʼrlarida roʻza, namoz, zakot, haj, jannat va 
doʻzax bilan bogʻliq mavzular yoritilgan, gʻurur, manmanlikni tanqid qiluvchi, 
tavozeʼ, qardoshlik va toʻgʻrisoʻzlikni ulugʻlovchi hikmatlarga keng oʻrin berilgan. 
Huvaydoning sheʼrlarida tasavvufiy unsurlar - nafsni jilovlash va dunyodan oʻzni 
uzoq tutish bosh gʻoyalardan biri. Dunyo lazzatining insonni baxtli eta olmasligiga 
ishongan shoir Allohga, abadiy baxtga erishmoq uchun inson oʻzligidan kechmogʻi 
kerakligini anglaydi. Shoirning "Rohati dil" axloqiy manzumasi pandnoma turining 
goʻzal namunasidir. Unda ochkoʻzlik, taʼmagirlik, vafo, boqiylik, foniylik, 
yaxshilikning foydasi, yomonlikning zarari, goʻzallik va mehnatsevarlik, moddiy va 
maʼnaviy poklik kabi xilma-xil axloqiy mavzulardagi ibratli hikoyalar keltirilgan. 
Huvaydo diniy-axloqiy mazmundagi "Ibrohim Adham" nomli sheʼriy doston ham 
yozgan.
O’zbek mumtoz adabiyotida, xususan, mutasavvuf shoirlar silsilasida 
Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li Huvaydo muhim o’rin tutadi. Huvaydo o’zining 
manzil - makoni, kelib chiqishi haqida bunday deb yozadi. 
Kaminaning oti Xo’janazardir, 
Atosining oti Go’yibnazardur. 
Nasabda Ushbu mavludi Chimyoniy, 
G’aribu xokisoru dil parishoniy. 
Ushbu misralar Huvaydoning ismi otasining oti, sulolasi asli ushlik bo’lib, shoir 
Chimyonda tug’ilganidan dalolat berib turibdi. 
Huvaydodan bizga bir devon me’ros qolgan. 
Devon mutoalasida Huvaydo g’azal, mustazod, ruboiy, chiston kabi ruhbob 
she’r turlari, masnaviy singari epik nazm namunalarining mumtoz ustasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Huvaydo g’azaliyoti, asosan, oshiqona, orifona g’azallardan tashkil 
topgan. Oshiqona g’azallarda ishqi komil yo’lida insoniy kamolat sari sabot bilan 
intiluvchi oshiq kechinmalari va qiyofasi ta’sirchan tasvirlangan. Orifona g’azallarda 
esa Huvaydo donishmand faylasuf siymo sifatida qavdalanadi. Bunday g’azallar 
insonni ma’naviy kamol toptiruvchi so’fiyona ma’rifat g’oyalari bilan yo’g’rilgan. 
Xo’janazar Huvaydoning masnaviy yo’lida yozilgan “Rohati dil” manzumasi va 
“Ibrohim Adham” qissasi o’z muallifining dostonnavishlik salohiyatidan darak 
beruvchi yodgorlik bo’lib, shoirning o’zbek mumtoz pandnomasi xazinasiga 
qo’shgan munosib hissasidir. Shoirning o’zi “Rohati dil” manzumasini bunday 
tavsiflaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1523


Kitobimning otidur “Rohati dil”, 
Erur har bir so’zi tanbehi g’ofil. 
Anglashiladiki, “Rohati dil” g’ofil yuraklarni nasihat nurlaridan munavvar 
etuvchi manzumadir. 
O’z dunyoqarashi, tafakkur tarzi, badiiy uslubi jihatidan Xo’janazar Mashrab 
kabi ulug’ adabiy siymolarga yaqin turadi. Ularni umuminsoniy g’oyalarini 
kuylashdagi hamohanglik hamda tasavvuf maslagiga e’tiqod yaqinlashtirgan. 
Huvaydo dunyoqarashida Yassaviy va Mashrabga izdoshlik ayniqsa, yaqqol seziladi. 
Ilohiy ishqning bu uch otashin oshig’i Ollohga muhabbat bog’lash borasida 
birlashadilar. 
Asardagi "Hamsoya haqqi bayoni" hikoyatida odob-axloq, din-u diyonat 
toʻgʻrisida ajoyib fikrlar keltirilgan. Hikoyatning qisqacha mazmuni:
"Sahobalar yigʻilib Muhammad (s.a.v)ning oldilariga keladilar va hamsoya, 
yaʼni qoʻshnining haqqi toʻgʻrisida soʻraydilar. Shunda paygʻambarimiz javob 
beradilar: "Qarz soʻrasa bering, alam tortsa ahvolini soʻrang, agar betob boʻlsa 
nasihat qiling hamda tuzalguncha ahvolini soʻrab turing. Agar shu shartlarni 
bajarsangiz, qoʻshnining haqqidan qutulgan boʻlasiz. Yana ularning toʻrt haqqi bor: 
bir-biriga baxillik qilmaslik, yana dashnom va shikoyat qilmaslik, bir-biriga adovat 
qilmaslik, bir-biridan doim uzur soʻrab yomonlik qilsa ham sabr qilish. Ammo u 
fosiq, Allohdan qoʻrqmaydigan, eldan uyati yoʻq, benamoz boʻlsa sizda uning hech 
qanday haqqi yoʻqdir. Chunki benamozdan Alloh va uning farishtalari jamiki narsalar 
bezordir. Benamoz odamga chanqaganda kim suv berib chanqogʻini qondirsa, 
Ka'bani buzgan bilan barobardir. Benamozlikdan oʻzing asra, Robbim." dedilar. 
Ushbu hikoyatda didaktik gʻoya asosiy rol oʻynagan. Hikoyatning asosini 
Qurʼon oyatlari va hadisi tashkil qiladi. Nafaqat ushbu hikoyat asarning asosiy 
shunga qurilgan. Didaktik gʻoya deganimizning sababi qoʻshniga qilinadigan har bir 
muomala odobi aytilgan. Yaʼni qoʻshning qanday boʻlishidan qatʼiy nazar unga faqat 
yaxshi muomalada boʻlish kerakligi uqtirilgan. Ammo fosiq va Allohdan 
qoʻrqmaydigan qoʻshni bundan mustasno. Negaki Allohdan qoʻrqmaydigan inson sen 
qancha yaxshilik qilsang ham buni bilmaydi. Ushbu asarda didaktik ruh balandligi 
bilan alohida ajralib turadi. Barcha yomon illatlar qoralanadi. Jumladan, 
yolgʻonchilik va gʻiybatchilikka alohida eʼtibor qaratiladi.
"Yolgʻonchilar bayoni rivoyati" qisqacha bayoni: 
Abu Hurayra (r.a) Muhammad (s.a.v)ga "Momin odam yolgʻon soʻzlasa uning 
mukofoti qanday boʻladi?" deya savol berdilar. Shunda Muhammad (s.a.v) bunday 
javob berdilar: "Yolgʻonchilardan hamma bezordir. Men Meʼroj tuni bir guruh 
odamlarni koʻrdim. Ularning suvrati toʻngʻiz misoli, yuzlari tamoman qora, tilini 
yelkasiga osiltirib, ularni oʻtli qamchi bilan urayotgandilar. Oʻsha payt Jibriyil (a.s) 
dan bular kimligi va qaysi eldanligini soʻradim. Shunda Jibriyil (a.s): "Ey, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1524


Muhammad bular yolgʻonchilar va yolgʻon guvohlik beruvchilardir" deya javob berdi. 
Munofiqlarda uchta belgi boʻladi: birinchisi omonatga doim xiyonat qiladi, ikkinchisi 
vaʼdaga xilof ish qiladi, uchinchisi esa har doim yolgʻon soʻzlaydi. Ular qiyomatda 
savol-javob qilinadi va ularga jazo bordir. Ammo ular tavba qilib, olti ishni qilsalar 
mashqqatsiz jannatni oladilar: birinchi yolgʻon soʻzlamasa, ikkinchisi vaʼdaga xilof 
ish qilmasa, uchinchisi aslo xiyonat qilmasa, toʻrtinchisi gʻiybat qilmasa, beshinchisi 
zino qilmasa va oltinchisi ota-onasining dilini ogʻritmasa. Shu ishlarni bajargan inson 
jannatiydir. Yana amalning yaxshisi oz soʻzlamakdir." dedilar. Tana tilga aytadiki, 
kamroq soʻzlagin, yuz ming gunohlar seni deb hosil boʻladi va seni deb men 
qiyomatda azob chekaman. Yana Umar (r.a) "Kam soʻzlagin. Koʻp soʻzlagan oʻziga 
azani tortadi, el aro oʻzining hurmatini yoʻqotadi" dedilar. Koʻp soʻzlasang gʻiybatga 
oid boʻlib qoladi va bu senga zarardir. 
Koʻrib turganingizdek, yolgʻonchilik, koʻp soʻzlash va gʻiybatchilik ushbu 
hikoyatda qoralanyapti. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, "Rohati dil" pandnoma 
turining eng goʻzal namunasidir. Bu hikoyat ushbu gapimizning yaqqol isboti. 
Yolgʻonchilik, munofiqlik albatta ikki dunyoda ham oʻz jazosini oladi. Yaʼni bu 
dunyoda odamlar ichida hurmatini yoʻqotib, sharmanda boʻlsa, narigi dunyoda esa 
doʻzax uning makoni boʻladi. Hikoyatga eʼtibor qilsak birovning haqqiga xiyonat 
qilish ham katta gunohdir. Ammo bu ishlaridan qaytib tavba qilsa va takror bu 
ishlarga qaytmasa jannat uning mukofotidir. Xalqimizda "Oz soʻzlash-soz soʻzlash" 
degan naql bejiz emas. Koʻp soʻz orqali oʻzimiz bilmagan holda gʻiybat aralashtirib 
qoʻyishimiz mumkin. Gʻiybat Islom dinida juda qattiq qoralanadi. Tassfuviy 
adabiyotning oʻziga xos jihati islomiy gʻoyalar bilan yoʻgʻrilganidir. Bu hikoyatning 
mazmuniy davomi sifatida "Gʻiybat bayoni rivoyati" hikoyatini keltirishimiz mumkin. 
Hikoyatning qisqacha mazmuni: 
Abu Hurayra (r.a) Muhammad (s.a.v)ga "Gʻiybat nimadir?" deya savol 
beribdilar. Shunda Ollohning Rasuli javob beribdi: Kimki birovning orqasidan u 
haqida uhafa boʻladigan darajadagi va izza qiladigan gaplarni aytsa, oʻsha gʻiybatdir. 
Buning gunohi zinodan ham battaroqdir. Kim gʻiybat qilsa namoz va roʻzasining 
savoblari barham boʻladi. Gʻiybat qiluvchi bilan eshitguvchi ham gunohkordir. Xatto 
eshitgan odam ham katta gunohga sherik boʻladi. Bu ziyondir. Yana boʻhton eng 
yomondir, uning gunohi onasini zino qilgan bilan tengdir. Kim gʻiybat qilsa 
mahsharda saodatdan mahrum boʻladi. Mahshar kuni Olloh bandasiga oʻng tomondan 
nomasini beradi. U odam oʻqisaki yaxshi amallar yozilgan boʻladi va "Mening 
buncha yaxshi amalim yoʻq edi,Robbim" deya savol beradi. Va Olloh shunday javob 
beradi "Sen har qaysi gʻiybat qilardi va shuning uchun ularning savobi senga oʻtdi". 
Yana bir bandaga chap tomondan nomasini beradi. Oʻqib koʻrsaki, na namoz, na 
roʻza, na yaxshi amali bor. Shunda Ollohga yuzlanib "Yo, Olloh, men kecha-yu 
kunduz ibodatingni qilardim, doim yaxshilik ulashardim. Bu nima mening nomam 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1525


emas. Bu boʻshku." deganda Olloh taolo shunday javob beradi :" Sen erta-yu kech 
yaxshi amal qilarding, ibodat aylarding. Ammo gʻiybat qilib barini yoʻq qilding." 
Shunda banda boshini egib afsus qilib qolarkan.
Ushbu hikoyatdan shu anglashimiz mumkinki, gʻiybat va boʻhton eng yomon 
illatlardir. Qancha yaxshi boʻlmaylik, qancha yaxshilik qilib, ibodatli boʻlmaylik 
gʻibatning gunohi bu savoblardan ogʻirroq kelishi mumkin. Bir begunohni boʻhton 
bilan yomonotliq qilish esa gʻiybat qilganning gunohidan ham ogʻirroqdir. Islom 
dinida odam goʻshti xarom qilingan. Hadislarda keladiki, kim oʻz birodarini gʻiybat 
qilsa, uning goʻshtini yegan bilan barobar. Gʻiybat qilish axloqiy tubanlikning bir 
koʻrinishi desak adashmaymiz.
Asarda bitta syujet chizigʻi boʻlmasa-da, ammo hikoyatlardagi mazmuniy 
yaqinlik, yaʼni didaktika va tasavvufiy gʻoyalar bilan yoʻgʻrilganligi uni yaxlit holga 
keltirgan deya olamiz. Hikoyatlarning deyarli barchasida muallifning eʼtiqodi bilan 
bogʻlangan insonlardir. Ular ikki guruhga boʻlinadilar: birinchisi iymon, soflik, 
halollik, poklik, insoniylik kabi fazilatlarga ega boʻlsa, ikkinchi guruhi esa insonda 
gʻazab, nafrat uygʻotadi va hayotda halol va pok yashashga undaydi. Keltirilgan 
hikoyatlar oʻz manbasiga ega va tarixiy kitoblardan olingan. Asardan oʻrin olgan 
hikoyatlarning asosiy yoʻnalishi islom dinining qisqa boʻlsada tarixiga murojaat etish 
va ushbu hikoyatlar bilan oʻquvchining ichki dunyosi hamda tashqi dunyosini islom 
maʼnaviyati bilan boyitish. Bu asarda insonning falsafiy dunyoqarashi, Ollohga 
boʻlgan ishqi, iymonda sobitlik, halollik, poklik, rostgoʻylik kabi insoniy fazilatlar 
kuylangan.
Huvaydo ushbu asar syujetini ochib berishda oʻziga xos uslubdan foydalandi va 
soʻzlarni mahorat ila qoʻlladi. Dostondagi har bir misra oʻquvchini oʻyga toldiradi va 
mazmunini chuqurroq idrok etishga chorlaydi.
Qisqa qilib aytsak, "Rohati dil" asari har bir zamon uchun eng kerakli boʻlgan 
didaktik asardir. Undagi har bir hikoyat inson hayotida dasturilamal boʻlishga 
arzigulik desak yanglishmagan boʻlamiz. Boʻlajak pedagog sifatida taklif bildirsam, 
ushbu asarni maktab darsliklariga qoʻshadigan boʻlsak, maʼnan barkamol avlod 
yetishib chiqishida oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Farzandlarimiz teran idrok 
egasi, maʼnan boy va axloqiy jihatdan yetuk boʻlsa kelajagimiz porloq boʻladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Xoʻjanazar Huvaydo.Rohati dil:(Doston). T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti, 1994, 120 b.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1526

Download 190.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling