Rossiya Donetskdagi yana bir aholi punktini egalladi – Mudofaa vazirligi


O‘zbekistonliklarning suvdan qancha qarzi borligi ochiqlandi


Download 32 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi32 Kb.
#1133444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yangiliklar

O‘zbekistonliklarning suvdan qancha qarzi borligi ochiqlandi


O‘zbekiston bo‘ylab iste’molchilarning suv ta’minotidan debitor qarzdorlik 1,3 so‘mga yetdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, 1,3 trillion so‘m qarzning 1,1 trillion so‘mi jismoniy iste’molchilar, 200 milliard so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:
• Toshkent shahri: 256 milliard so‘m;
• Toshkent viloyati: 150 milliard so‘m;
• Andijon viloyati: 125 milliard so‘m.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan ichimlik va oqova suv tizimlariga jami 1 515 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.
Eng ko‘p noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan hududlar:
• Toshkent viloyatida – 572 ta;
• Xorazm viloyatida – 317 ta;
• Samarqand viloyatida – 306 ta.
Mazkur qonunbuzarliklar natijasida jami qariyb 40 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.


Namangandan 12709 gektar maydon Qirg‘izistonga berilishi mumkin


Namangan viloyati Pop va Chust tumanlaridagi G‘ovasoy uchastkasidan 12709 gektar yaylov-yer maydonini Qirg‘izistonga o‘tkazib berilishi mumkin. Bu band aks etgan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihalari bugun, 14 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zi tomonidan imzolangan shartnoma bo‘yicha tushuntirish berdi. Uning qayd etishicha, Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston SSSRning Kampirobod yoki Andijon suv ombori chap qirg‘oq kanalini qurib berish majburiyati bo‘lgan. Ammo bu bajarilmagan. 
Sobiq Ittifoq davrida suv ombori qurilgan vaqtda O‘zbekiston tomonidan Kampirobod yoki Andijon suv ombori chap qirg‘oq kanalini qurib berish majburiyati olingan. Lekin, har xil sabablar bilan ushbu kanal qurilmay qolib ketgan. Aynan shu majburiyat bajarilmagani bois Qirg‘iziston tomoni uzoq yillar davomida katta miqdordagi – 8 mingdan oshiq gektar yer maydonlarini Burgandar massivida o‘zlashtirmay qolgan. Bu esa Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiyotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatganini ta’kidlab kelishgan. 
Kanal qurilmagani sababli ushbu o‘zlashtirilmay qolgan yer maydonlarini kompensatsiya qilib berish maqsadida oldindan bahsli bo‘lgan – Namangan viloyati Pop va Chust tumanlaridagi G‘ovasoy uchastkasidan 12709 gektar yaylov-yer maydonini Qirg‘izistonga o‘tkazib berish taklif etilyapti”, deydi Aripov. 
Shuningdek, Bosh vazirning aytishicha, bugungi kunda Namangan viloyati Kosonsoy va Chust tumanlaridagi 27 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadigan, sig‘imi 165 million kub metr bo‘lgan Kosonsoy suv omboridan foydalanilyapti. Qirg‘iziston hududida 850 gektar yer maydonida joylashgan ushbu suv ombori to‘liq O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlatib kelinayotgani sababli Qirg‘iziston tomoniga Namangan viloyatining Chust, Kosonsoy va Yangi Qo‘rg‘on tumanlari hududlaridan 477 gektar yer maydonini kompensatsiya tartibida ajratish taklif etilyapti. 
Aripovning urg‘ulashicha, Chust tumanidan ajratilishi taklif etilayotgan 105 gektar yer maydoni Qirg‘iziston fuqarolari istiqomat qilib kelayotgan bahsli hudud bo‘lgan Qoraqo‘rg‘on massivi hisoblanadi. 
Eslatib o‘tamiz, ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi bilan qabul qilinayotgan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston 4957 gektar maydonni egallagan Kampiobod suv ombori evaziga Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Poshaxo‘r uchastkasidan 1019 gektar yaylov-yer maydoni ajratishni taklif qilyapti. 

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling