Rossiya tilshunoslik maktabi


Download 132.68 Kb.
bet6/6
Sana01.04.2023
Hajmi132.68 Kb.
#1318544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
rossiysa

Qozon tilshunoslik maktabining vakillari Boduen rahbarligida til faoliyatining psixik fonetik tomonlariga ahamiyat berdilar. Rossiyada birinchi marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil kildilar, fonologiya bilan shug`ullandilar.

  • Qozon tilshunoslik maktabining vakillari Boduen rahbarligida til faoliyatining psixik fonetik tomonlariga ahamiyat berdilar. Rossiyada birinchi marta eksperimental fonetika laboratoriyasini tashkil kildilar, fonologiya bilan shug`ullandilar.
  • Boduen o`z asarlarini polyak, rus, nemis, slovak, chex, francuz, ital`yan va boshqa tillarda yozgan hamda turli jurnallarda e`lon qilingan edi. Uning barcha asarlari 600dan ortiq bo`lib, olimlar hanuzgacha Boduen ilmiy-lingvistik faoliyatining to`la bibliografiyasini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
  • Olim tabiiy fanlar bilan, jumladan matematika bilan qiziqar edi. Uning asarlaridagi darvinizm ta`limotiga moyillik tilshunoslik tabiiy fanlar qatoriga kiritish, tilni organizmning funkciyasi deb hisoblash ana shu qiziqish bilan izohlanadi. Boduen de Kurtene ta`kidlashicha, tilning mohiyati nutqiy faoliyatda nutq sifatida funkciya bajarishida ko`rinadi.
  • Boduen de Kurtene faoliyatida tilning ijtimoiy psixik hodisa ekanini izoxlash alohida o`rin tutadi. “Inson tilning mohiyati,-deb yozgan edi u,- sof psixik xarakterdadir. Tilning mavjudligi va taraqqiyoti psixik qonunlar bilan belgilanadi. Tilda psixik hodisa bilan bog`liq bo`lmagan birorta xususiyat va element yo`q”.

Boduen lingvistik qarashlarida quyidagilar principial ahamiyatga ega:

  • Boduen lingvistik qarashlarida quyidagilar principial ahamiyatga ega:
  • 1. Tilda tovushlar emas, tovushningpsixik tasavvurlari hisoblangan fonemalar bor. Til hodisalari psixologik va fiziologik tomondantushuntirilishi mumkin. Fonema deb akustik-fiziologik tasavvur elementlarining yig`indisiga yoki ayrim shaxsning psixo-fonologik faoliyatiga aytiladi. Fonemaning o`zi ma`noga ega bo`lmasa-da, ma`no ajratish va farqlashga xizmat qilgani uchun ma`no bilan, morfologiya bilan bog`liqdir.
  • 2. So`zlar va iboralar “sintaktik atomlardir” yoki gapga xos birliklardir, o`zaklar esa “morfologik atomlar” sanaladi. So`zni morfemalarning yig`indisi sifatida va gap, jumla hosil qiluvchi element sifatida ikki xil izohlash mumkin. So`zning nutqda boshqa so`zlar bilan bog`lanish paytidagi qiyofasi, ko`rinishiga so`z formasi deyiladi.
  • 3. Tilda tarixiylikni, dinamikani aniqlash qanchalik zarur bo`lsa, sitatikani aniqlash shunchalik zarurdir. “Tildagi” statika uning dinamikasidagi yoki to`g`rirog`i kinematikasidagi xususiy holat, xolos”.

Download 132.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling