Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin


Download 62.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi62.63 Kb.
#1789191
  1   2   3
Bog'liq
Hufyona iqtisoiyot-13



6,69 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Lekin undan keyingi 3 yil 
ichida bu ko‘rsatkich 2,74 milliard dollargacha kamaydi. Bunga 
Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin 
qadrsizlanishi sabab bo‘ldi. 2016 yildan boshlab 2018 yil oxirigacha 
Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori atigi 
4 milliard dollarga yetdi
197

Endilikda, xalqaro migrantlarning huquqlarini himoya qilish va 
migratsion jarayonlarni samarali, oqilona va barqaror boshqarish 
vositalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Narkobiznes. Taqiqlangan narkotik moddalar jahon bozori 
sayyoramizdagi eng katta bozorga aylanib, jahon neft bozori bilan 
tenglashish darajasigacha bordi. Ekspertlarning baholashlari ko‘ra 
narkotik moddalari aylanmasi jahon savdo aylanmasining 8 foizini 
tashkil etadi. Xalqaro narkobiznesning ishtirokchilari bo‘lib 
transmilliy mafiya uyushmalari namoyon bo‘ladi: Kolumbiya va 
Meksika narkokartellari “And uchburchagi”dan Shimoliy Amerikaga 
kokain va geroin eksportini nazorat qilishadi, Xitoy triadalari “Oltin 
uchburchakdan” geroin eksportini tashkillashtiradi, turk, italyan va 
alban mafiyalari “Oltin yarimoy”dan geroin eksportini amalga 
oshiradilar. 
 
10.3. Narkobiznes iqtisodiyoti va uning xususiyati 
Narkobiznes-(inglizcha)-giyohvandlik biznesi jinoiy biznesning 
eng xavfli turlaridan biri bo‘lib, milliy va xalqaro huquq normalarida 
taqiqlangan harakatlar majmui: giyohvandlik vositalarini ishlab 
chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish. 
Narkotik moddalarning noqonuniy savdosi – bu giyohvand 
moddalarni taqiqlash qonunlariga muvofiq dorilarni yetishtirish, 
ishlab chiqarish, tarqatish va sotishga bag‘ishlangan global qora 
bozor.
Geroin tobora ko‘proq Afg‘onistondan sharqiy va janubiy Afrika 
mamlakatlari orqali Yevropa va Amerikaga olib o‘tilmoqda. Ushbu 
yo‘l "janubiy yo‘nalish" yoki "smek trek" deb nomlanadi. Ushbu 
197
Меҳнат мигрантлари ва тенденциялар //https:// uzanalytics com iqtisodi% 
D0%B5t/ graphics /4423/ 


savdoga qarshi vositalar geroindan foydalanishning kuchayishi va 
Afrika vositachilari o‘rtasida siyosiy korrupsiyani o‘z ichiga oladi. 
Afg‘oniston dunyoda giyohvand moddalarni ishlab chiqaruvchi va 
eksport qiluvchi yetakchi mamlakatdir. U global afyun ishlab 
chiqarishining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi. (Afyun 50 
mamlakatda noqonuniy ishlab chiqariladi.) Afg‘oniston geroini 
Yevropa, Rossiya, O‘rta Osiyo, Eron va Pokistonni narkotik bozoriga 
kirib keldi. U Xitoy va Hindistonga kelishni boshladi, Osiyo-Tinch 
okeani mintaqasi mamlakatlari, AQSh, Kanada va Yaponiyada tez 
sur’atlar bilan bozorni egallamoqda. 
Xavfsizlikka ko‘maklashish xalqaro kuchlari (ISAF) faoliyat 
ko‘rsatgan davrda (ISAF lar Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Xavfsizlik Kengashining 2001 yil 20 dekabrdagi 1386-sonli 
rezolyutsiyasiga muvofiq tuzilgan. Ularning faoliyati 2014 yil 14 
dekabrda to‘xtatilgan) Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab 
chiqarish 40 barobardan ko‘proq oshdi. Prekursorlarning sanoat 
zaxiralari (sirka angidrid) (2008 yilga qadar prekursorlar 
Afg‘onistonga deyarli to‘sqinlik qilmagan). Mamlakatda opiydan 
geroin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalar 
yo‘lga qo‘yilgan. G‘arb manbalariga ko‘ra, Afg‘oniston hududida 
500 ga yaqin dori laboratoriyalari ishlaydi. 

Download 62.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling