Rossiyada yuz bergan yong‘in oqibatida uch bola halok bo‘ldi


Download 220 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2023
Hajmi220 Kb.
#1099456
  1   2   3
Bog'liq
2015 yil Rossiyada yuz bergan yong


Rossiyada yuz bergan yong‘in oqibatida uch bola halok bo‘ldi
19:52, 29.10.2016 Dunyo 4 280

  • Facebook


  • Twitter


  • Odnoklassniki

Rossiyaning Sverdlov viloyati Volchansk shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Yong‘in yuz bergan Volchansk shahrining xaritadagi o‘rni
O‘t o‘chiruvchilar uy ichidan 10 oylik, 4 va 10 yoshli bolalarning jasadlarini topgan. Bundan tashqari, yong‘in oqibatida bolalarning otasi ham halok bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Yonib ketgan xonadonda oila istiqomat qilgan. Bolalarning onasi yong‘in vaqtida oila a’zolarini qutqarishga urinib, kuchli kuyish jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Yong‘in sabablari aniq emas.

Rossiyaning Voronej viloyatidagi internatda yuz bergan yong‘in oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi


10:44, 13.12.2015 Dunyo 595

  • Facebook


  • Twitter


  • Odnoklassniki

Rossiyaning Voronej viloyatidagi psixonevrologik internatda yuz bergan yong‘in oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVV matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.

Foto: “TASS”
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, ikki kishi yong‘in oqibatida olgan shikastlanishlar natijasida shifoxonaga joylashtirish davomida halok bo‘lgan. Yana besh kishining jasadi yong‘in yuz bergan hududda amalga oshirilgan qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davomida topilgan.
Yong‘in yuz bergan paytda binoda bo‘lgan internatning 17 nafar bemorining taqdiri hozircha noma’lum. Manbalarning ma’lum qilishicha, bedarak yo‘qolgan bemorlar yotib davolanish rejimida davolanayotgan, kam harakat bemorlar bo‘lgan.

Zilzila



u qanday sodir boladi? Uni oldindan aniqlash mumkinmi?
Yer qimirlashi — zilzila to‘g‘risidagi xabarning o‘ziyoq odamzodni qo‘rquvga soladi. Zilzilaning qachon sodir bo‘lishini oldindan bilsak, xavfsizlik choralarini ko‘rish va qanchadan-qancha inson hayotini saqlab qolish mumkin. Ammo...
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili yer yuzida 500 mingga yaqin zilzila sodir bo‘ladi. Shuning taxminan 100 mingtasi jiddiy vayronagarchilik keltirib chiqaradi. Qolganlari uncha xavf tug‘dirmaydi. Janubiy Kaliforniyaning o‘zida har yili 10 ming marta yer qimirlaydi. Ularning aksariyati xavf tug‘dirmaydi.
Geologik nuqtai nazardan, Tinch okeani atrofida yer qimirlash xavfi juda kuchli. Bu joylar Shimoliy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy va Rossiya hududiga to‘g‘ri keladi. Va bu yerlarda kuchli zilzila yuz berishi kuzatilgan. Bir misol. O‘tgan yili 11 mart kuni Yaponiyada 9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Natijada okeanda to‘lqinning balandligi 30 metr bo‘lgan sunami yuz berdi. O‘z navbatida bu falokat «Fukusima-1» atom elektr stansiyasi reaktorida portlashlarga olib keldi. Mutaxassislar «Kunchiqar mamlakatda sodir bo‘lgan eng kuchli tabiiy ofat» deb ta’riflagan mazkur fojia oqibatida 16 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi, 3 ming­ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi. Odamzod bunday ofat oldida ojiz ekanini butun bashariyat chuqur his etdi.
Albatta, olimlar turli yo‘llar bilan zilzila qachon va qanday sodir bo‘lishini aniqlashga urinib ko‘rmoqda, muttasil izlanmoqda.
Xo‘sh, bu borada mamlakatimiz seysmologlari qanday ishlar qilmoqda?

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling