Aholisi. - Rossiyaning bir qancha arktika rayonlaridan tashqari barcha hududlarida aholi joylashuvi mamlakat bo'yicha notekisdir. Mamlakat bo'yicha aholining o'rtacha zichligi 1 km2 ga 8,5 kishi to'g'ri keladi. (Rossiyaning) yYevropa qismida 1 km2 ga 27 kishi Osiyo qismida esa 2 kishi to'g'ri keladi. Mamlakatning Markaziy Rossiya qismida aholining eng yuqori zichligi kuzatiladi.
- Rossiya Fedyerasiyasi aholi soni 2018 yilning boshlarida 146,9 mln kishini tashkil etadi. Rossiya demokratik rivojlanishning hozirgi hozirgi bosqichi uchun aholi tug'ilishi va tabiiy ko'payishning kamayishi haraktyerlidir.
- Rossiyada mehnatga layoqatli yoshdagilar aholining 55 foizini tashkil etadi. Mamlakat xalq xo'jaligida 70 mln ga yaqin kishi band bo'lib, bu jami aholining 48 foizini tashkil etadi. So'nggi yillarda aholi ishsizlar soni o'sib bormoqda. Aholining bilim darajasi yuqori.
- Rossiyada shahar aholisi hissasi 73 foizni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda 13 ta millionyer shaharlar va 20 dan ortiq aholisi 500 mingdan 1 mlngacha bo'lgan shaharlar bor. Aholisi 1 mlndan ortiq bo'lgan shaharlarga: Moskva, Sankt-Petyerburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Qozon, Volgagrad, Omsk, Pyerm, Rostov-Don, Samara, Ekatyerinburg, Ufa, Chelyabinsk kabi shaharlar kiradi. So'nggi yillarda Rossiyaning Moskva, Sankt-Petyerburg, Nijniy Novgorod, Ekatyerinburg, Samara va Nobosibirsk shaharlari atrofida shahar aglomyerasiyalari shakllangan.
Davlat tuzumi. - Rossiya – maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat. U Yevrosiyo shimoliy qismida joylashgan (taxminan 4,1 mln. km2 – Yevropada, 13,0 mln. km2 – Osiyoda). Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo‘lib, u 58,6 ming km ni tashkil qiladi. Bunda dengiz orqali o‘tgan chegaralar quruqlikdagi chegaralardan deyarli ikki barobar uzun. Rossiyaning quruqlikdagi chegaralari ham juda uzoqqa cho‘zilgan (20 ming km dan ortiq). Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng Rossiya qo‘shnilarining soni rasman o‘zgarmadi. U 16 davlat bilan chegaradosh, dunyodagi boshqa hech qaysi davlatning bunchalik ko‘p qo‘shnisi yo‘q. Rossiya – Federativ Respublika. Davlat rahbari – Prezident. Hukumat ijro etuvchi organ hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasi mineral resurslarning turlari va zaxiralari bo‘yicha jahondagi eng boy mamlakatlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |