“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” aksiyasining shartlari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1067885
Bog'liq
“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” (2) (1)



 
“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” 
aksiyasining shartlari
1. “Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” 
aksiyasining shartlari (keyingi o‘rinlarda - Aksiya) “O‘zbektelekom” AK
(keyingi o‘rinlarda - Operator)ning keng polosali Internet xizmatlaridan 
ADSL/VDSL texnoligiyasi bo‘yicha foydalanuvchi abonentlar uchun oylik 
abonent to‘loviga chegirma berish tartibini belgilaydi.
2. Aksiyaning amal qilish muddati – 2022-yil 12-oktabrdan 2023-yil
31-martga qadar. 
3. Aksiya doirasida Internet xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun 
Operatorning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida abonent qurilmasini
(Wi-Fi-router, modem) xarid qilishda (to‘lovni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish 
sharti bilan) quyidagi tarif rejalari bo‘yicha abonent to‘lovi uchun chegirma bilan 
xizmatlarni ulash imkoniyati taqdim etiladi: 
Tarif rejasi
Abonent to‘lovi, so‘m 
Taqdim etilgan vaqtdan boshlab 
chegirmaning 
amal qilish muddati, oylar 
(hisob-kitob muddatlari) soni 
Ulanish taqdim etiladigan 
texnologiya 
Chegirmasiz
Chegirmalarni 
hisobga olgan holda
UNLIM 7 
99 000 
990 

ADSL
YANGI - 1 
109 990 
1 099 

VDSL 
YANGI - 2 
139 990 
1 399 

VDSL 
4. Aksiyada barcha jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik 
yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin. 
Aksiya, yangi ulanayotgan, ulanish texnologiyasini o‘zgartirayotgan abonentlarga, 
shuningdek, ushbu shartlarning 3-bandida belgilangan talablar bajarilishi sharti 
bilan, Internet xizmatlardan foydalanayotgan mavjud abonentlarga goʻllaniladi. 
Ushbu Aksiya, xizmatlarni ulashda o‘zining abonent qurilmasini taqdim etgan 
abonentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 
5. Internet xizmatlaridan foydalanayotgan yoki ulanish texnologiyasini 
o‘zgartirayotgan mavjud abonentlar uchun Aksiya doirasida abonent to‘loviga 
chegirma sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilingandan so‘ng, keyingi 
hisob-kitob davridan boshlab taqdim etiladi. 
6. Tarif rejasi o‘zgartirilgan taqdirda taqdim etilgan chegirma bekor qilinadi. 
7. Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining soni 
cheklangan bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi. 


8. Kompaniya Aksiya boshlanganligi to‘g‘risida tegishli maʼlumotlarni 
Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida va boshqa aloqa 
vositalarida joylashtirish orqali xabardor qiladi. 
9. Kompaniya tegishli maʼlumotlarni www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida 
joylashtirish yoki boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilish orqali Aksiya 
shartlarini o‘zgartirishga haqli. Aksiya ishtirokchilari yuqorida keltirilgan saytda 
tegishli o‘zgarishlarni mustaqil ravishda tekshirishlari mumkin. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling