“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” aksiyasining shartlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” (2) (1)
“Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” aksiyasining shartlari 1. “Router sotib oling va abonent to‘lovi uchun chegirmaga ega bo‘ling” aksiyasining shartlari (keyingi o‘rinlarda - Aksiya) “O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda - Operator)ning keng polosali Internet xizmatlaridan ADSL/VDSL texnoligiyasi bo‘yicha foydalanuvchi abonentlar uchun oylik abonent to‘loviga chegirma berish tartibini belgilaydi. 2. Aksiyaning amal qilish muddati – 2022-yil 12-oktabrdan 2023-yil 31-martga qadar. 3. Aksiya doirasida Internet xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun Operatorning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida abonent qurilmasini (Wi-Fi-router, modem) xarid qilishda (to‘lovni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish sharti bilan) quyidagi tarif rejalari bo‘yicha abonent to‘lovi uchun chegirma bilan xizmatlarni ulash imkoniyati taqdim etiladi: Tarif rejasi Abonent to‘lovi, so‘m Taqdim etilgan vaqtdan boshlab chegirmaning amal qilish muddati, oylar (hisob-kitob muddatlari) soni Ulanish taqdim etiladigan texnologiya Chegirmasiz Chegirmalarni hisobga olgan holda UNLIM 7 99 000 990 1 ADSL YANGI - 1 109 990 1 099 1 VDSL YANGI - 2 139 990 1 399 1 VDSL 4. Aksiyada barcha jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin. Aksiya, yangi ulanayotgan, ulanish texnologiyasini o‘zgartirayotgan abonentlarga, shuningdek, ushbu shartlarning 3-bandida belgilangan talablar bajarilishi sharti bilan, Internet xizmatlardan foydalanayotgan mavjud abonentlarga goʻllaniladi. Ushbu Aksiya, xizmatlarni ulashda o‘zining abonent qurilmasini taqdim etgan abonentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 5. Internet xizmatlaridan foydalanayotgan yoki ulanish texnologiyasini o‘zgartirayotgan mavjud abonentlar uchun Aksiya doirasida abonent to‘loviga chegirma sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilingandan so‘ng, keyingi hisob-kitob davridan boshlab taqdim etiladi. 6. Tarif rejasi o‘zgartirilgan taqdirda taqdim etilgan chegirma bekor qilinadi. 7. Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining soni cheklangan bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi. 8. Kompaniya Aksiya boshlanganligi to‘g‘risida tegishli maʼlumotlarni Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida va boshqa aloqa vositalarida joylashtirish orqali xabardor qiladi. 9. Kompaniya tegishli maʼlumotlarni www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtirish yoki boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilish orqali Aksiya shartlarini o‘zgartirishga haqli. Aksiya ishtirokchilari yuqorida keltirilgan saytda tegishli o‘zgarishlarni mustaqil ravishda tekshirishlari mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling