O’quv fanining maqsad va vazifalari.
Ushbu “Mobil operatsion tizimlar” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda mobil operatsion tizim, ularning vazifalari, androit tizimidagi mobil qurilmalari, ularning interfeys qulayliklari, mobil aloqaninng, xususan uyali aloqa vositalarining asoslari, ularning tarkibiy elementlari, qurilmalari va shuningdek bazaviy stantsiyalar, Harakatdagi uyali aloqa tizimlarining ( HUAT) va ishlash tamoyillari. Ularda qo’llaniladigan tarkibiy elementlar va qurilmalar, shuningdek bazaviy stantsiyalarning orasidagi bog’lanishlar va aloqa tizimlaridan foydalanishga doir bilimlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarni shakllantirish hamda shuningdek shu tariqa ularni ishlab chiqarish, loyihalashni va tadqiqot masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga tayyorlashdan iborat.
Fanning vazifasi- mobil aloqa asoslarida uyali aloqa tizimlarining kelib chiqishi, ulardagi bazaviy stantsiyalarning, ya’ni analog va raqamli standartlarda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishga oid bilimlarni o’zlashtirisdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |