Ro’zimatov doniyor maxsudjon o’G’LI


Download 44.24 Kb.
bet4/4
Sana21.01.2023
Hajmi44.24 Kb.
#1108078
1   2   3   4
Bog'liq
DONIYORBEK

Evribiontlar (yun evri keng va ʼbiont— yashayotgan) — atrof muhit omillarining keng miqyosda oʻzgarishi sharoitida yashay oladigan hayvonlar yoki oʻsimliklar. Mas, kontinental iqlimda yashaydigan koʻpchilik quruqlik hayvonlari harorat, namlik, quyosh radiatsiyasining ancha oʻzgarib turishiga chidamli. Sohil yaqinida yashovchi organizmlarga namlik, harorat va koʻpincha shoʻrlanishning oʻzgarishi taʼsir etadi Evribiontlik organizmlarning muhit omillarining oʻzgarishiga chidamligi yoki ular ichki muhiti doimiyligi (gomeostaz)ni boshqarib turuvchi maxsus morfofiziologik mexanizmlarning boʻlishi bilan bogʻliq. Mas, poykiloterm hayvonlar haroratning ancha keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli, lekin haroratning faqat muayyan chegarasida faol hayot kechiradi. Evribiont stenobiontlarta nisbatan keng arealta ega.
Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir.
Download 44.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling