Suv isitgich ichki bakidagi suvning muzlashi tuzatib bo'lmas o'zgarishlar va nosozliklarga olib
keladi. Bunday holda, ishlab chiqaruvchi barcha kafolat va majburiyatlarni o'z zimmasiga
olmaydi.
8.2. E'tibor bering
8.2.1. Ishlab chiqaruvchi ushbu qo'llanmaning talablariga rioya qilmaslik yoki noto'g'ri ulanish
natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
8.2.2. Santexnika shlangini ulashda suv ta'minoti tarmog'ining parametrlariga mos kelishiga e`tibor
bering.
8.2.3. Suv isitgich texnik jihatdan murakkab maishiy elektr qurilmalar qatoriga kiradi.
8.2.4. Issiq suvning 50 °C dan yuqori harorati kuchli kuyish, hatto o'limga olib kelishi mumkin.
Bolalar, qariyalar va sog'lig'i sust bo'lgan insonlarda kuyish xavfi yuqoriroq.
8.2.5. Vaqti-vaqti bilan suv isitgichdan suv tomishi mumkin, shuning uchun qimmatbaho buyum va
narsalaringizni suv isitgich ostiga qo'ymang.
8.2.6. Suv isitgichni o'rnatish va ulash xaridor hisobidan amalga oshiriladi.
8.2.7.Mahsulotning tashqi korpusidagi issiqlik izolyatsiyasi izlari nuqson emas balki texnologik ishlab
chiqarish jarayonining xususiyatidir.
8.2.8. Qurilmadagi barcha ta'mirlash va xizmat ko'rsatish ishlari faqat suv isitgichi elektr manbaidan
uzilganidan so'ng amalga oshirilishi kerak.
8.2.9. Barcha nosozliklar faqat ta'mirlash tashkilotlari (servis) mutaxassislari tomonidan bartaraf etilishi
kerak.
8.2.10. Nosozliklar yuzaga kelganda suv isitgichni elektr manbaidan uzib, sovuq suv ta'minotini
o'chiring va xizmat ko'rsatish markaziga (servis) murojaat qiling.
8.2.11. Xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishdan avval, nosozlik suv ta'minoti yoki elektr
ta'minotidagi uzilishlar bilan bog'liq emasligiga ishonch hosil qiling.
Mahsulot
yuzasidan
bo'yicha barcha savollar
atrofingizdagi eng yaqin vakolatli xizmat
Do'stlaringiz bilan baham: |