5.3.1. Isitish elementi (TEN) - suvni isitishga xizmat qiluvchi qurilma. Haroratni sozlash qurilmasi esa
haroratni 77°C gacha sozlash imkonini beradi. Haroratni boshqarish, suv isitgichning boshqaruv
panelida joylashgan buragich yordamida amalga oshiriladi.
5.3.2. Magniyli anod ichki bakni yemirilish (zanglash) miqdorini kamaytirishda qo'shimcha himoya
vositasi sifatida xizmat qiladi. Magniyli anod holatini HAR YILI tekshirib turish kerak. Magniyli anodda
kuchli yemirilish kuzatilsa, uni almashtirish zarur. Magniyli anodni kamida 24 oyda 1 marta almashtirish
lozim. Magniyli anod sarf-xarajatli ehtiyot qismi sanaladi va kafolat asosida almashtirilmaydi.
5.3.3. Haroratni sozlash qurilmasi suv isitgich ichidagi suv haroratini sozlash uchun xizmat qiladi.
5.3.4. Kapilyarli himoyalovchi termostat («WH» modellar uchun): suv isitgichni haddan tashqari qizib
ketishdan himoya qiladi va suv harorati 95 (±10°C) dan oshganda suv isitgichini tarmoqdan uzadi. Ish
faoliyati davomida suv isitgichning korpusi isish holatlari kuzatilishi mumkin.
5.3.5. Trubkali haroratni sozlash qurilmasi (ikkitasi birda) («TT WH» modellar uchun)
1 - harorat sozlash qurilmasi suv isitgich ichki bakidagi suvning haroratini sozlashga xizmat qiladi.
2 - harorat sozlash qurilmasi suv isitgichni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qiladi va suv harorati
95 (±10°C) dan oshganda, suv isitgichni tarmoqdan uzadi.
5.4. Boshqaruv paneli (3-rasm) quyidagilardan iborat:
A) «WH» modeli:
- «POWER» buragichi, yoqish «ON» va o'chirish «OFF»;
- haroratni o'zgartirish uchun «TEMP» buragichi;
- indikator paneli ( “ko`z” chiroqchalari "HEATING" va “kulgu” chiroqchasi "ON").
B) «TT WH» modeli:
- isitgich haroratini sozlash va suv isitgichni o'chirish uchun buragich;
- indikator paneli ("HEATING","ON").
5. SUV ISITGICH QURILMASI
6. O`RNATISH VA ULASH
DIQQAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |