Ўрта махсус касб-ҳунар таълими тизими кадрлари малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти
Download 29 Kb.
|
1 Хулоса Xalilova Dilobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kursni tugatish ishining dolzarbligi
- 2. KTI ishning qisqacha tafsiloti
- 3. Kursni tugatish ishining rasmiylashtirilishi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Kasbiy qayta tayyorlash kursi 2022 yil 38-guruh tinglovchisi Xalilova Dilobar Erkinjonovnaning KURSNI TUGATISH ishi rahbarIning X U L O S A S I Kursni tugatish ishi mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda sensorikani rivojlantirish yo’llari 1. Kursni tugatish ishining dolzarbligi: Sensorikaning shakllantirishda avvalo ilk bolalikdan alohida e’tibor qaratish lozim. Negaki, ilk bolalik davridan idrok qilish , sezish natijasida aqliy harakatlar, narsa va hodisalarning xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va yaxlitlash protsessi yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasini kechiktirmasdan olib borishni taqazo qiladi. Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari shakllanayotganida hamda muayyan bilimlarini va ayrim amaliy ko’nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bolada ranglarni va shakllarni ajrata olish qobilyati shakllangan bo’lsa, tevarak –atrofdagi narsalarning xossalarini ko’ra oladi va his qiladi. Bu esa bola biror voqeani tasvirlab aytib berishi, rasm chizishi , loydan nimalarnidir o’xshata olishi, qog’ozdan , matodan turli narsalar qirqishi – qurish – yasash ko’nikmalarini rivojlanishiga imkon beradi. 2. KTI ishning qisqacha tafsiloti: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari berilgan. Kursni tugatish ishining birinchi bobida maktabgacha yoshdagi bolalarda sensomatorikaning rivojlantirishning nazariy asoslari haqida yoritib berilgan . Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish, bunda sensomatorika imkoniyatlaridan foydalanishda pegogikada alohida o’rin egallashi yozilgan. Kursni tugatish ishining kichik rejalarida sensorika haqida va maktabgacha yoshdagi bolalarning sensomatorikasini rivojlantirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.Kursni tugatish ishi 2-bobda maktabgacha yoshdagi bolalarda sensomatorikaning rivojlantirish metodikasi fikr yuritilgan. 3. Kursni tugatish ishining rasmiylashtirilishi Kursni tugatish ishi kirish 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib qo’yilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan. 4. Xulosa Kursni tugatish ishi yakunlangan va unga qo’yilgan talablarga javob beradi. Kursni tugatish ishini himoyaga tavsiya etaman. KTI rahbari __________________________ Imzo __________________________ Sana ________________ Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling