Rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Xulosa.  Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#216942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hozirgi ozbek nasrida ramziylik va falsafiylik e.azam ijodi misolida

Xulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



                                                  KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi. Adabiy  hayotimizda  yangi-yangi  asarlar  paydo 

bo’lmoqda. Shunday ekan, ushbu asarlarni tahlil qilish ehtiyojini keltirib chiqarishi 

tabiiydir.  Keyingi  davr  o`zbek  nasri,  dramaturgiyasi  taraqqiyotiga  sezilarli  hissa 

qo`shib  kelayotgan  ijodkorlardan  biri  Erkin  A’zamdir.  Yozuvchining  turfa  xil 

xarakterdagi qissalari bu janr taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shilgan. Adibning 

xarakter  yaratish  an’anasi  hayot  voqeligini  aks  ettirishdagi  o`ziga  xos  tasvir  usuli 

mavjud. XX asrning 70-80- yillariga kelib adabiyotda yangi bir to`lqin shakllandi. 

Bu davr  yozuvchilari  ijodida  mumtoz adabiyot an’analariga  va  milliylikka  intilish 

bilan  bir  qatorda,  yangicha  adabiy  tafakkur  shakllanib,  badiiy  obrazlar  silsilasida 

turmushni tubdan o`zgartirishga harakat qilgan zamonaviy qahramonlar badiiyatda 

o`z aksini topa boshladi. Bu davr qissachiligida Murod Muhammad Do`st, Tog`ay 

Murod,  Erkin  A’zam,  Xayriddin  Sulton,  G`offor  Hotam  kabi  ijodkorlar  bu  janr 

taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo`shdi.  Ularning  badiiy  asarlarida  milliy  o`zlikni 

anglash,  ijtimoiy  muhitga  qarama-qarshi obrazlar tizimi  maydonga keldiki,  ularda 

yashashni ma’nisini anglashga bo`lgan intilish o`z aksini topdi.  

Prizident I.A.Karimov qayd qilganidek:  “Yozuvchilik–bu oddiy kasb emas, 

xudo  bergan  iste’doddir.  Bu–qismat,  peshonaga  yozilgan  taqdir.  Bu  kasbga  hech 

qayerda  o`qitib,  o`rgatib  bo`lmaydi.  Yozuvchilikning  maktabi  ham,  dorilfununi 

ham  bitta.  U  ham  bo`lsa,  bir  umr  hayotning  ichida  bo`lish,  o`z  xalqi  bilan 

hamdardu  hamnafas  bo’lib  yashash,  haqiqat  va  adolatga  sadoqat  bilan  xizmat 

qilishdir”.

1

  



Darhaqiqat,  Erkin  A’zam  ijodni  qismat  deb  bilgan  ijodkorlardan  biridir. 

Adib asosan qissa va hikoyalari bilan kitobxon qalbiga yo`l topgan. Ammo keyingi 

yillarda  yozuvchining  “Shovqin”  romani  chop  etildi.  Asar  haqida  bir  nechta 

maqolalar  e’lon  qilindi.  Yozuvchining  bu  romani  ramziylikka  asoslangan  bo`lib, 

noan’anaviy  xarakterdagi  asarlardan  biridir.  Romanda  hayotning  ma’lum  bir 

                                                

1

 Kаримов И. Адабиётга эътибор–маънавиятга, келажакка эътибор. –Тошкент, «Ўзбекистон», 2009. 17–18–



бетлар. 


 

qirrasini  o`z  uslubi  nuqtai  nazaridan  aks  ettirishga  intiladi.  Turli  janrlar 



taraqqiyotidagi  o`zgarishlar  adib  ijodidagi  qissa  janrida  ham  ko`zga  tashlanadi. 

Keyingi  yillar qissachilik  haqida so`z yuritgan adabiyotshunos Umarali Normatov 

shunday  yozadi:  “Bugungi  qissachiligimizga  nazar  tashlaganda  birinchi  galda 

undagi mavzu muammo, shakliy, uslubiy jihatdan rang–baranglik e’tiborni tortadi; 

ular  orasida  tarixiy,  zamonaviy,  ijtimoiy–siyosiy,  oilaviy–maishiy,  ishqiy 

mavzulardagi  ham  an’anaviy  romantik,  realistik,  ham  modernistik,  ham  jiddiy, 

ham yumoristik, sarguzasht–dedektiv yo`nalishdagi asarlarni ko`rish mumkin, turli 

saviyada bo`lishidan qat’iy nazar rang–baranglikka ne yetsin”.

2

 Qayd qilinganidek, 



bu  janrda  mavzu  jihatdan  turli  qissalar  yaratildiki,  unda  inson  ruhiyati,  xarakter 

xususiyatlari talqin qilingan. Adibning “Shovqin” romanidagi badiiy xususiyatlarni 

tahlil qilish, yozuvchi mahoratini ko`rsatish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.  


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling