Rts registon test servis
Download 14.19 Kb.
|
Fonetika1
FONETIKA 101 1. Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi? A) til qismlarining harakatiga ko‘ra B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra 2. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq, qanoat C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa 3. Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) zaruriy B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim 4. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq 5. Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bolish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang. A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz 6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat? A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo C) ivi, bibi, vafo D) bob, bobo, betob 7. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor? A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak B) barbod, ko’klam, badnafs C) paxsa, sukut, sochiq D) zag‘izg‘on, jadval, mudir 8. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iboratso’z berilgan? A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz 9. Qaysi qatordagi so‘zlaming undoshlari til oldi tovushlardan iborat? A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar 10. Qaysi qatordagi so’zlaming undoshlari faqat ovozdorlardan iborat? A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon 11. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat? A) kukun, katak, grek B) egik, go‘ng, kakao C) kakku, kek, keyin D) ko‘k, gala, geolog Download 14.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling