Ruboiy va masnaviyl a r Abu Abdulloh Rudakiy


Download 92.75 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi92.75 Kb.

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

 



Ruboiy va masnaviylar 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 

A



BU 

A

BDULLO 

R

UDAKIY 

(858-941) 

Fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdullo Ja’far binni Muhammad Rudakiy 

Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlogʻida tugʻilgan. Uning taxallusi shu qishloq 

nomidan olingan boʻlib, rud degan cholgʻu asbobi bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fikrlar 

haqiqatdan yiroq. 

U alohida qobiliyat sohibi boʻlib, «sakkiz yoshida Qur’onni xatm qilib, qorilikka oʻtgan 

va she’r ham ijod qila boshlagan. Chiroyli ovozi tufayli ashula aytish va ud asbobini 

chalishga kirishib, bu san’atda mahorat koʻrsatdi»

[1]



 



Yosh iste’dodning ovozasini eshitgan Nasr ibn Ahmad uni Buxoroga - somoniylar 

saroyiga da’vat qiladi. Uning iste’dodi Buxoroda nash’u namo topadi. Rudakiyning 

basirligi toʻgʻrisida manbalarda turli fikrlar yuradi: bir xillari shoirning onadan koʻr 

tugʻilganligini ta’kidlasalar, ikkinchilari Buxoro amiri qarmatlikda

[2]

 ayblab, uning 



koʻziga mil tortganligi haqida ma’lumot beradilar. Shoirning tabiat manzaralarini 

hayratlanarli darajada yorqin tasvirlaganidan kelib chiqib, koʻpchilik uning tugʻma koʻr 

boʻlganligiga ishonmaydi. 1956 yili shoir kalla suyagini tekshirib koʻrgan antropolog-

haykaltarosh M. Gerasimov koʻz kosasida qolgan izlardan shoirning koʻzi kuydirilib koʻr 

qilinganligini aniqladi. 

 

Adabiy-tarixiy manbalar shoir merosini 700 mingdan 1 million 300 ming misragacha 



koʻrsatishadi. Ba’zilar esa undan yuz jild meros qolgan deyishadi. Afsuski, bizga qadar 

bu muazzam merosning juda oz qismi yetib kelgan. 1956 yili Rudakiyning 1100 yilligi 

munosabati bilan uning parokanda she’rlari bir yerga jamlanganda 1840 misrani tashkil 

etgan edi. 1957 yili shoir she’rlari zabardast mutarjim va forsiy adabiyot bilimdoni 

Munirxon Muinzoda tarjimasida oʻzbek tilida ham bosilib chiqadi

[3]


 

Keyinchalik fors-tojik soʻz san’atining yirik tadqiqotchisi va tarjimoni Shoislom 



Shomuhamedov tarjimasida Rudakiy asarlari yana ikki marta nashr etildi

[4]


 

Sadriddin Ayniy: «Ustod Rudakiy oʻz she’rlaridan devon tuzgan dastlabki shoirdir», - 



deb ma’lumot beradi

[5]


. «Boʻyi joʻyi Moʻliyon oyad hame» («Moʻliyon arigʻining boʻyi 

kelmoqdadir)» misrasi bilan boshlanadigan gʻazali unga favqulodda shuhrat keltirdi. 

«Modari may» («Mayning onasi») qasidasi ham mashhur. Buyuk hind eposi «Kalila va 

Dimna»ni she’riy tarjima qilgan. Ilmu adab ahli Rudakiy uslubini «sahli mumtane’», 

ya’ni «osonu mumkin emas», deb baholaganlar. 

 

«Rudakiy arablardagi she’r oʻlchovi aruzni chuqur oʻrganib, oʻz xalqi orasida keng 



tarqalgan qoʻshiqlar kuyiga tatbiq qilish natijasida bir necha yangi vaznlar ixtiro qilib, 

aruzni boyitgan»

[6]



 



Rudakiy va uning safdoshlari forsiy she’riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

(yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar. 



 

Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «ustod Rudakiy advor va musiqiy fanida 

tamom quvvatga ega edi... uning ilmlar va koʻp fanlardan voqifligi bordir. 

 

She’riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi aytar erdi. Ustod Rudakiy xosu 



avom oldida baland martabaga erishgan»

[7]


 

Koʻpgina mashhur soʻz ustalarining yakdillik bilan e’tirof etishlaricha, Sharqda biror 



shoir Rudakiychalik shon-shuhratta burkanmagan, ayni paytda, Rudakiychalik molu 

davlatga ham ega boʻlmagan. Afsuski, forsiy she’riyatning ustodi, Odam Atosi deb 

ulugʻlangan shoir keksalikda qishlogʻiga qaytib, koʻr, qashshoq va kasal holida vafot 

etadi. 


 

Rudakiyni ruboiy janrining yozma adabiyotdagi kashshofi xam deydilar. Chunki janrning 

barcha talablariga javob beradigan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga mansub. U oʻz 

ruboiylarida ishq mavzuini keng va chuqur yoritib berdi. Albatta, shoir ruboiylarida 

falsafiy fikrlar va zamondan shikoyat motivlari ham koʻzga tashlanib turadi. 

 

R



UBOIYLAR

 



Koʻn borigayu Haqni etib yod yasha! 



Dil berma takallufgayu

[8]

 ozod yasha! 

Gʻam chekma sira koʻrib oʻzingdan boyni, 

Sendan-da faqirlarni koʻrib, shod yasha! 



Yoʻqlar meni yoʻqlasa tasodif yolgʻiz, 



Holim soʻramas oʻzimdan oʻzga hargiz. 

Jon labga kelar boʻlsa, koʻzim mardumidan

[9]

 — 

Oʻzga kishi qatra suv tomizmas, afsus... 



Yoʻlchi yoʻli yorishar chirogʻingdan, yor, 



U oʻlmasa bas hajru firogʻingdan, yor. 

Kuygan jigar hidi jahonni tutdi, 

Kelmasmi kuyuk hidi dimogʻingdan, yor?! 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 



Har qayga yoʻli tushsa dili mahzunning

Qonli tigʻi shu joyda erur gardunning

[10]

. 

Layli kabilar anglamagaylar bizni, 

Majnun biladi holini, bas, Majnunning! 



Koʻnglim ishiga shu zulfi-ku soldi tugun, 



Jon tomiriga yuz orzu soldi tugun. 

Bor-yoʻq umidim yigʻidan erdi, afsus, 

Boʻgʻzimga visol kechasi u soldi tugun. 



Toʻydirmadimi koʻnglingni jabru jafo? 



Koʻzing erib oqmas boqsang menga qiyo. 

Men seni yaqinroq tutaman joningdan, 

Sen boʻlsa menga yovuz gʻanimsan goʻyo. 



Vasling yoʻliga men hali qoʻymasdan gom



[11]

, 

Ham lazzati husningdan ushalmasdan kom, 

Nogoh eshitildi bu falakdan paygʻom

[12]

: 

«Hijron xumidan kerak simirmoklik jom!» 



Gʻam manzilida asli jafokash bizmiz



Koʻz yoshi-la koʻngli toʻla otash bizmiz. 

Olam ne sitam qilsa, sitamkash bizmiz, 

Noxush bu hayotda zabunu gʻash bizmiz. 



Taqdir seni mahv



[13]

 etishda rahm aylamadi, 

Qatlingni koʻrib, koʻnglini narm

[14]

 aylamadi. 

Jon olguchi joningni olarkan, ne ajab, 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Husning haqqi, bir zarra sharm aylamadi! 

10 

Nomingni epgitsa, shavqidan dil tirilar, 

Baxtingni koʻrib, koʻksim shukuhga toʻlar. 

Sendan oʻzga mavzuda suhbat borsa— 

Har qayda, dilim gʻamda parokanda boʻlar. 

11 


Yusuf kabi husnidan fiton qildi dilim

Misr bonularidek oʻzni qon qildi dilim

[15]

, 

Boʻsa ila boshda mehribon qildi dilim, 

Endi esa qaygʻuga nishon qildi dilim. 

12 


Hajri gʻamida jigaru bagʻrim xundir, 

Shodman gʻamida — bu gʻamidan afzundir

[16]

. 

Har tun qilib andisha, degayman: «Yo Rab, 

Hijroni shu boʻlsa gar, visoli chundir?!» 

13 


Ishq ichra, Rudakiy, koʻzga koʻrinmas jon, 

Qonli yigʻidan boʻldi bu kiprik marjon. 

Rashk otashida firoq azobi gʻamidan 

Men qovrilaman doʻzaxiylardek nolon

[17]

. 

14 


Tutsang sochini tun bemajoz paydo boʻlar, 

Ochsang uni naq changali boz

[18]

 paydo boʻlar. 

Soch oʻrimini bir-biridan qilsa judo, 

Etak-etak mushki

[19]

 Taroz

[20]

 paydo boʻlar. 

15 


Ishqingda sening na sabr paydo-yu, na dil, 

Yuzingsiz esa na aql oshno-yu, na dil. 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Mening bu gʻamim naq koʻhi Qofdir



[21]

 — gʻam emas, 

Sening bu diling-da sangi xoroyu

[22]

 na dil. 

16 


Keldi, mana. Kim? Yor. Qachon? Vaqti saxar. 

Kimdan choʻchir u? Dushmandan. Kim u? Padar. 

Bir juft oʻpich oldim. Qayeridan? Labidan. 

Lab erdimi? Yoʻq. Nima? Aqiq. Ta’mi? Shakar. 

17 


Daryo — yuzing-u, husnu la’ling — marjon, 

Zulf — anbar-u, ogʻiz — sadaf-u, dur — dandon

[23]

. 

Qoshing — qayigʻ-u peshonaning ajini — mavj, 

Ham baqbaqa — girdobi balo, koʻz — toʻfon. 

18 


Sensiz bu oftobi jaxrnsoʻz boʻlmas, 

Sensiz bu chirogʻi olamafroʻz

[24]

 boʻlmas. 

Mendek senga oshiq kgapi hargiz boʻlmas, 

Gar koʻrmasam orazing, menga roʻz

[25]

 boʻlmas. 

19 


Diydorini dilga sotdi — qimmatmas u, 

Boʻsasini jonga sotdi — arzondir bu. 

Diydorini — dilga, boʻsasin jonga sotar, 

Savdogar ekanmi oʻsha jonon, yohu?!

[26]

 

20 


Olibdi qizil guldan oʻsha rang ila boʻy, 

Rang yuzni bezaydi, boʻy esa qimmati moʻy

[27]

, 

Gulrang boʻladi yuvsa yuzini xama joʻy

[28]

, 

Xushboʻy boʻladi yozsa sochini hama koʻy. 

21 


Zulfing koʻrdim — boshga boʻston chirmash, 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Goʻyoki qizil gulga argʻuvon



[29]

 chirmash. 

Har xalqasining bandida ming bir dil band, 

Har toriga boʻlsa, ming bir jon chirmash. 

22 


Izlab seni, ey nigori serkinayu jang

Kezdik bu jahonni boshdan-oyoq diltang. 

Qoʻl ishdan, oyoq boʻlsa yurishdan qoldi, 

Urdik uni boshgayu buni toshga, qarang! 

23 


Tong chiqsa kulib quyosh — nomingga oʻxshar, 

Oy bir kechalik boʻlsa, jomishta oʻxshar, 

Taqdir sening chaqqon xiromingga oʻxshar, 

Rizq esa atoyu kiromingga

[30]

 oʻxshar. 

24 


Gʻam ichra koʻzim — sadafni tark etgan dur, 

Chehramda sirim tufayli ming gul ochilur. 

Jon birla dilim sirimni harchand yashirur, 

Koʻz yoshim uni elga qilur fosh baribir. 

25 


Dil xasta-yu, bir sochi uzunga banda

Oʻz qoniga belangan-u, jon yoʻq tanda. 

Yoʻq foydasi hech nasihatingshshg, voiz, 

Bu xona xarobu xoru parokanda. 

25 


Dil xasta-yu, bir sochi uzunga banda, 

Oʻz qoniga belangan-u, jon yoʻq tanda. 

Yoʻq foydasi hech nasihatingshshg, voiz, 

Bu xona xarobu xoru parokanda. 

Ergash Ochilov tarjimalari 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

 



Q

ARILIKDAN 

S

HIKOYAT

 

Tishim bari toʻkilib ketdi, durri gʻalton edi, 

Ularni tish dema, balki charogʻi tobon edi. 

Oqish kumush edi-yu, xuddi durri marjon edi, 

Buloqning qatrasi yoinki tongda choʻlpon edi. 

Bironta qolmadi kurtaklanib, toʻkildi bari, 

Bu qaysi nahs edi, nahs boʻlganida Kayvon edi? 

Menimcha, nahsdanu yo uzoq umrdan emas, 

Ne boʻldi? Men eta qoʻysam qazoyi osmon edi. 

Koʻzingni soqqasidek aylanib turuvchi jahon 

Hamisha aylanadi, hamma vaqt gardon edi. 

Qachonki dori-yu, darmoni ogʻriq oʻrnidadir, 

Kezida ogʻrigʻi ham dori birla darmon edi. 

Koʻz ochqucha toʻzitar u qayerda yangi esa 

Dam oʻtmayin tuzatar u qaydaki vayron edi. 

Talaycha bogʻning oʻrnini choʻl etib qoʻydi, 

Va qancha bogʻlar oʻrni burun biyobon edi. 

Sen, ey yuzi toʻlin oydek goʻzal, ne bilgaysan? 

Besh-olti kun nari holim nechogʻli shodon edi? 

Koʻpincha sen gajaging birla menga maqtanasan, 

Gajak-gajak qaro sochim misoli chavgon edi. 

Yuzim tekisligi atlas kabi zamon oʻtdi, 

Mening sochim u zamonda qaro-yu qatron edi. 

Chunonchi shuncha goʻzallik aziz mehmon ekan, 

Qaytmagay yana. Besh-olti kunga mehmon edi. 

Ikki koʻzimga talay nozanin edi hayron, 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Mening koʻzim ham ularning yuziga hayron edi. 



Utibdir endi zamonlar qaygʻusiz edim xurram, 

Qayu shahargaki borsam, bir oʻzga jonon edi. 

Talaycha tatti kanizak mening dilim ovlab

Tong otguncha yashirin uyda yaxshi mehmon edi. 

Nuchukki, kunduzi koʻrmak, qovushmoq imkonsiz, 

Sezar esa egasi, ikkimizga zindon edi. 

Aniq chiro-yu goʻzal chehralarni koʻrmaklik 

Falonchilarga qiyin boʻlsa, menga oson edi. 

Dilim xazinasi soʻz gavhari-la limmo-lim, 

Qayonga xatki yozibman she’r muhr — unvon edi. 

Hamisha shod edimu qaygʻu-gʻamni bilmas edim, 

Dilim quvonch, oʻyin-kulgilarga maydon edi. 

Koʻzim uzilmas edi oʻynoqi oʻrim sochdan, 

Yoqimli soʻz bila toʻlgan quloqlarim kon edi. 

Xotin, bola, tagʻi roʻzgʻor — bu xilda tashvish kam 

Toʻnim yoqasida kir yoʻq, qilgʻuliklar oson edi. 

Koʻrib turibsan oʻzing Rudakiyni, oy yuzlim, 

Koʻrolmading uni, attangki, u boy inson edi. 

Agarda koʻrsang edi ul chamanga borganini

Boshida mingtacha bulbul, hazor doston edi. 

yigitlar ichra yigitlar unga boʻlib ulfat, 

Amirlar uzra yigit ogʻaliqda polvon edi. 

Butun she’rlari manzuru tinglamish olam, 

Butun she’rlari oʻz-oʻzligicha devon edi. 

Uning she’rlarini tinglagan jahon oʻtdi, 

Kechib zamonaki, ul shoiri Xuroson edi.. 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Toʻyin-toʻkin, bu ulugʻlik sabablarin soʻrasang, 



Bu ne’matu bu ulugʻ manbai oliy Somon edi. 

Zamona aynadi, men ham tamoman oʻzgardim. 

Asomni qoʻlga ber endi, u boshqa davron edi. 

Gʻafur Gʻulom tarjimasi 

 



AZAL

 

Bahor oyi yetib kelib, qish oyini etdi yagʻmo, 

Fazo yuzin qopladi chang, qonga toʻldi dashtu sahro. 

Ilk bahorning koʻz yoshidan shoxlar oldi yuziga rang, 

Hamal oyin xush hididan boʻldi tuproq anbaroso, 

Layli yuzi kabi lola keng sahroda kulib turar, 

Majnun koʻzi kabi bulut qon yoshini qilur daryo. 

Oqar suvdan kelmoqdadir har soatda gulob hidi, 

Mening yorim ariq ichra gul yuzini yuvmish goʻyo. 

Muinzoda tarjimasi 

 

Q



IT



ALAR

 

Boylik, yoʻqchilikda dunyo ahlini 

Tokay hisoblaysan xasis — laim, deb? 

Dunyodan tama’ni uzgan chogʻingda 

Bilursan jahonni butkul karim deb. 

* * * 


Zamon menga juda qimmat nasihat etdi, 

Agar bilsang, zamon toʻla nasihat erur. 

Dedi: oʻzdan balandroqni koʻrib gʻam yema, 

Koʻp kishi bor, sen boʻlishni orzu qilur. 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 

10 



library.ziyonet.uz/ 

 

* * * 



Bu maydan bir tomchi Nil ichra tushsa

Hamisha mast qilur hidi nahangni. 

Kiyik bir qatrasin sahroda ichsa, 

Arslondek koʻziga ilmas palangni. 

Muinzoda tarjimasi 

 

R



UBOIYLAR

 

Oʻz nafsini magʻlub etolgan marddir, 

Gʻiybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir, 

Nomard tepib oʻtar yiqilganlarni, 

Ojiz kishilar qoʻlin tutolgan marddir. 

* * * 


Loladek yuz ochsang, koʻkdagi quyosh 

Pardaga oʻralib bekinur darhol. 

Baqbaqang olmaga chindan oʻxshaydi, 

Agar olmada ham boʻlsa mushkin xol. 

* * * 


Ilonni har qancha qilsang tarbiyat, 

Oxir zahrin sochib, yetkazar zahmat. 

Nokas tabiati ilon kabidir

Yuzin koʻrmaslikka etgil harakat. 

Muinzoda tarjimasi 

 

M



ASNAVIY

 

Jahonni shodligi yigʻilsa butun 

Doʻstlar diydoridan boʻlolmas ustun. 

Har qancha boʻlsa ham olamda achchiq, 

Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 

11 



library.ziyonet.uz/ 

 

Achchiqroqdir dono doʻstdan ayriliq. 



Odamdan yuqori turarkan olam, 

Bilim oshirmoqqa muhtojdir odam. 

Aqlli kishilar har qaysi tilda, 

Har qanday zamonda, har qaysi xilda 

Bilimlarni toʻplab, hurmat etdilar, 

Toshlarga naqsh etib, bitib ketdilar: 

Odamlar qalbining charogʻi bilim, 

Yomondan saqlanish yarogʻi bilim. 

Agar menga birov dushmanlik qilsa 

Yoki yomon niyat bilan intilsa, 

Doimo doʻstlikni koʻzlayman unga, 

Muloyimlik bilan soʻzlayman unga. 

Muinzoda tarjimasi 

1.

 



↑ Abdurahmon Jomiy. Bahoriston (Sh. Shomuhamedov tarjimasi). - Toshkent, 

1997. 67-68-betlar. 

2.

 

↑ Islom diniga muxolifatda boʻlgan qarmatlar harakati IX asr oxirida Iroqda 



vujudga kelgan. Ular 899 yili Sharqiy Arabistonda oʻz davlatlarini tuzganlar va u 

XI asrning oxirigacha mavjud boʻlgan. 

3.

 

↑ Rudakiy. - Toshkent, 1957. 



4.

 

↑ Qarang: Injular ummoni. - Toshkent, 1988. 11-57-betlar; Abu Abdullo Rudakiy. 



Bobo Tohir. Saylanma. - Toshkent, 1994. 7-81-betlar. 

5.

 



↑ Ayniy S. Asarlar. Sakkiz jildlik. 8-jild (Maqolalar). - Toshkent, 1967. 193-bet. 

6.

 



↑ Shomuhamedov Sh. Odamiylik inshosi. - Toshkent, 1984. 

7.

 



↑ Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar boʻstoni (B. Ahmedov tarjimasi). - Toshkent, 

1981. 23-bet. 

8.

 

↑ Takalluf — zahmat, tashvish, taraddud. 



9.

 

↑ Mardum — koʻz qorachigʻi; inson, kishi. 



10.

 

↑ Gardun — dunyo; taqdir; falak. 



11.

 

↑ Gom — qadam, yurish; azm, niyat, qasd. 



12.

 

↑ Paygʻom — xushxabar, mujda; bashorat. 



13.

 

↑ Mahv — yoʻqolish, yakson boʻlish, oʻchish. 



14.

 

↑ Narm — yumshoq, muloyim. 



15.

 

↑ Husnu maloqatda tengsiz boʻlgan Yusuf alayhissalomni sevib qolgani uchun 



Misr xotinlari Zulayhoni gap-soʻz qiladilar. Shunda Zulayho osh qilib berish 

bahonasi bilan ularni uyiga chaqirib, oldilariga taxta, sabzi va pichoq qoʻyadi-da, 

Yusufni boshlab kiradi. Uning husni jamolidan koʻzlarini uzolmay qolgan xotinlar 


Ruboiy  va  masnaviyl a r 

Abu Abdulloh Rudakiy 

 

12 



library.ziyonet.uz/ 

 

sabzi qolib, oʻz barmoqlarini toʻgʻray boshlaganlarini ham bilmay qoladilar. Bu 



yerda shoir shu voqeaga ishora qilmoqda. 

16.


 

↑ Afzun — ziyoda, ortiq, koʻp. 

17.

 

↑ Nolon —nola qiluvchi, figʻon chekuvchi. 



18.

 

↑ Boz — lochin. 



19.

 

↑ Mushk — ohulardan bir turining kindigida hosil boʻladigan qora rangli 



hushboʻy modda. Mushki Taroz — Tarozda tayyorlanadigan mushk. 

20.


 

↑ Taroz — hozirgi Jambul oʻrnida boʻlgan mashhur shahar. 

21.

 

↑ Koʻhi Qof — Qof togʻi. Qof — butun dunyoni oʻrab olgan togʻ tarzida tasavvur 



qilinadi. 

22.


 

↑ Sang — tosh. Sangi xoro — oʻta qattiq tosh, granit. 

23.

 

↑ Dandon — tish. 



24.

 

↑ Olamafroʻz — olamni yorituvchi; ravshan, munavvar. 



25.

 

↑ Roʻz — kun. 



26.

 

↑ Yohu — Xudoni yodlash, Xudovand deyish (arabcha «yo huva» soʻzidan). 



27.

 

↑ Moʻy — soch. 



28.

 

↑ Joʻy — ariq, oqar suv. 



29.

 

↑ Argʻuvon — gullari nihoyatda qizil boʻladigan daraxt; majozan: qizil rang. 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling