Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi Maydalash qonunlari


Bolg‘achali maydalagichlar


Download 2.6 Mb.
bet8/10
Sana28.10.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1731574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Bolg‘achali maydalagichlar

Bolg‘achali maydalagichlar nisbatan yumshok ko‘mir, gips, boksit, ohaktosh va h.k. mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi. Ularda maydalash mahsulotning bo‘laklari bo‘ylab bolg‘achaning zarbi, bo‘laklarning o‘z–o‘ziga urilishi hamda maxsus plitalarga urilishi, shuningdek, materialning bolg‘achalar va maydalagich ostidagi panjara orasida uzilishi, ishqalanishi ta’sirida maydalanadi.


Tuzilishiga ko‘ra bolg‘achali maydalagichlar bir rotorli, bitta gorizontal valli va ikki rotorli ikkita va bir – biriga qarama – qarshi aylanuvchi gorizontal valli maydalagichlarga bo‘linadi.
Loyli, masalan boksitli rudalarni maydalash uchun og‘ir konstruksiyali ko‘zg‘aluvchi aylanuvchi plitali bir rotorli bolg‘achali maydalagichlar ishlatiladi.
Rotorli bolg‘achali maydalagichlarning diametri 375 dan 1450 mm gacha, uzunligi 200 dan 1700 mm gacha, ishlab chiqarish unumdorligi 3 dan 500 t/soat gacha. Bolg‘achali maydalagich rotorining aylanish tezligi 25–55 m/sek. YUklanuvchi mahsulot bo‘laklarining o‘lchami 800 dan 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Bir rotorli maydalagichlarda maydalangan mahsulot yirikligi 10-15 mm, ikki rotorlilarda esa 20-35 mm. Bolg‘achali maydalagichlarning maydalash darajasi odatda 10 – 15 bo‘lib, 40 gacha etishi mumkin.
Nam mahsulotni maydalashda bolg‘achali maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi, panjaraning teshiklari tiqilib qoladi.
Nam mahsulotni maydalashda yoki loyning miqdori nisbatan ko‘p bo‘lganda maydalagichlardan panjara olib qo‘yiladi. Bunda klassifikatsiya alohida, maydalagich bilan bog‘lanmagan klassifikatsiyalovchi moslamalarda amalga oshriladi. Bolg‘achali maydalagichlar sodda tuzilishga ega, ixcham, ishlashda ishonchli, yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va katta maydalash darajasiga ega, ular universal, ya’ni yirik, o‘rta va mayda maydalashlar uchun yaroqli. Kamchiligi qattiq mahsulotni yanchishda bolg‘achalarning va qoplamaning tez ishdan chiqishi, nam mahsulotni maydalashda maydalagich tiqilib qolishi, tasodifan qattiq metal jismlar tushib qolganda avariya holatining kelib chiqishi.



Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling