Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi Maydalash qonunlari
Download 2.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydalagichlarni avtomatlashtirish
Zarbali maydalagichlar
Zarbali maydalagichlar mohiyat jihatidan bolg‘achali maydalagichlarning bir turi hisoblanadi. Oxirgi paytlarda ular tez tarqaldi. Zarbali maydalagichlar yirik va o‘rta maydalash uchun qo‘llaniladi, g‘alvir bilan yopiq siklda ishlaganda esa ruda, ko‘mir, shlak, shteyn kabi turli – tuman mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi. Maydalagichga yuklanadigan mahsulotning bo‘laklari katta tezlik bilan maydalagichning ishchi maydonida joylashgan sterjen va plitalarga uriladi va ular bir-iriga urilib maydaroq bo‘laklarga bo‘linadi. SHunday qilib, bo‘laklarning maydalanishi asosan zarba ta’sirida amalga oshadi. Rotorning uzunligi 500 – 1220 mm, diametri taxminan 900 – 1200 mm. Zarbali maydalagichlar 400 t/soat gacha etadigan yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga, yuqori maydalash darajasiga ega, maydalagichga tushib qolgan begona metall va boshqa jismlarga ta’sirchanligi kam. Maydalagichning iste’mol qiladigan quvvati 1m3/soat mahsulot uchun 1kvt atrofida. Ta’mirlash ishlari tez, kam vaqt sarflab bajariladi. Maydalagichlarni avtomatlashtirish Ruda boyitish fabrikalarida ishlab chiqarish unumdorligi maydalagich ishchi maydonining to‘ldirilish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligi, bunkerni ruda bilan to‘ldirilishi va boshqalar nazorat qilinadi. Maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda vagonli yoki konveyerli tarozilar yordamida maydalagich dvigatelining iste’mol qiladigan quvvati yoki ishchi maydonni ruda bilan to‘ldirilish sathi orqali boshqariladi. Ishlab chiqarish unumdorligini to‘ldirish sathi bo‘yicha boshqaruvchi sxema maydalagichni amalda to‘ldirilishini to‘liqroq aniqlashga va uni rudaning yirikligi hamda qattiqligi o‘zgarganda optimal darajada ushlab turishga imkon beradi. Jamlashgan sxemalar ancha istiqbolli hisoblanadi. Ularda ishlab chiqarish unumdorligini boshqaruvchi signal bo‘ylab maydalagich dvigateli iste’mol qiladigan tok yoki quvvat hisoblanadi. Maydalagichni yuk ostida bosilib qolishining oldini oluvchi yordamchi signal bo‘lib uning ishchi maydonidagi ruda sathi hisoblanadi. Maydalagich elak bilin yopiq siklda ishlaganda uning ishlab chiqarish unumdorligi dastlabki rudaning ta’minlagichiga ta’sir etib boshqariladi. Maydalash jarayonini nazorat qilish uchun sanoat televideniyasi, granulometrlar, sath o‘lchagichlar, tasmali konveyerlarda metallarni topish uchun MT-6 turdagi metall qidirgichlar ishlatiladi. Maydalash siklini avtomatlashtirish ishlab chiqarish unumdorligini va dastgohlarning vaqt bo‘yicha ishlatish koeffitsientini oshirishga, mehnat unumdorligini ko‘tarishga va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirishga yo‘naltirilgan. Boyitish fabrikalarini texnologik normalash loyihalariga asosan rangli va qora metallar rudalari uchun avtomatlashtirishning quyidagi asosiy sistemalari ko‘zda tutiladi: Maydalangan mahsulotni masofaviy bo‘shatishni ta’minlash uchun maydalash sexining qabul qiluvchi bunkerlariga dastlabki rudalarni berishdan oldin vagonlarning holati qayd qilinadi. Bunda relesli, magnitli va boshqa turdagi datchiklarni o‘rnatish tavsiya qilinadi. Maydalagichdan oldin o‘rnatiladigan bunkerlarda rudaning minimal sathini nazorat qilish. Rudani yuklashda ta’minlagich plastinkalarini shikastlanishining oldini olish uchun bunkerda ruda «o‘rindig‘i» bo‘lishi kerak. Maydalagich tiqilib qolganda majburiy to‘xtashlardan ogohlantirishning nazorati radioktiv yoki elektrod datchiklar orqali signal berib amalga oshiriladi. Podshipniklarning qizib ketganligi haqida signal beruvchi, yog‘ning harorati, ularga yog‘ni berishni to‘xtatuvchi signallar nazorat qilinadi. Yirik maydalovchi maydalagichdan keyingi, oraliq omborlardan keyingi va boyitish korpuslari bunkerlaridan oldingi mahsulot konveyer tarozilari yordamida hisobga olinadi. Sizib chiqayotgan mahsulot oqimi haqida operatorga axborot berish uchun ta’minlagich va konveyerlardagi rudaning mavjudligi elektrod va boshqa turdagi datchiklar yordamida nazorat qilinadi. Metal qidirgichlar yordamida ruda oqimidan metal buyumlarni topish va uni chetlashtirish. Agar metal buyum konveyerdan olib tashlanmagan bo‘lsa, konveyerni to‘xtatish ko‘zda tutiladi. Maydalangan mahsulot yirikligi nazorat kilinadi. Avtomatlashtirishning istiqbolli sistemalari maydalangan mahsulotning granulometrik tarkibini, omborlarning va oraliq bunkerlarning ruda bilan to‘ldirish darajasini nazorat qilish ko‘zda tutilmoqda. Avtomatlashtirishning asosiy sistemalariga bir qator boyitish fabrikalarida sanoat miqyosida tekshirilgan sistemalar, istiqbolli sistemalarga esa tekshirish talab qilinadigan, avtomatlashtirish vositalari seriyali ishlab chiqarilmaydigan sistemalar kiradi. Maydalagichni boshqarish maydalagich ishchi maydoniga tushadigan mahsulotning miqdorini barqarorlashtirishdan iborat. Agar mahsulot balandligi belgilangan qiymatdan ortiq bo‘lsa, beriladigan oqim kamaytiriladi, agar zahira belgilangandan kam bo‘lsa oqim kuchaytiriladi. Maydalash siklini avtomatlashtirish sxemasi ma’lum texnologik ketma - ketlikni saqlagan holda maydalagich va yordamchi mexanizmlarni ishga tushirish va to‘xtatishni ta’minlaydi. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling