Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar


Download 0.96 Mb.
bet5/5
Sana15.12.2020
Hajmi0.96 Mb.
#167477
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu uchun maqolalar O'znetda savodsizlik



Tillarning va alifbolarning aralash qo‘llanilishi
Muammo. Saytda turli tillarning va alifbolarning aralash qo‘llanilishi nafaqat foydalanuvchi uchun noqulaylik tug‘diradi, balki saytga bo‘lgan salbiy munosabatni ham uyg‘otadi. Odatda tashlab qo‘yilgan, qo‘l uchida yoki e’tiborsizlik bilan yaratilgan saytlarda bu holatni ko‘p uchratish mumkin. Bunday saytlar qatorida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim portali – edu.uz (9-rasm), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi portali – markaz.uz (10-rasm) kabi aslida savodli yozilgan matnlar bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan veb-saytlarni uchratish juda achinarli holat.

9-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim portalida turli tillarning aralash qo‘llanilishi.



10-rasm. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi portalida turli alifbolarning aralash qo‘llanilishi va imlo xatolar.



Yechim. Nima ham deyish mumkin? Bunday holatlarda veb-sayt uchun mas’ul kishilardan o‘z ishlarining natijasiga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishlari talab qilinadi xolos. Matnlarni to‘g‘ri kiritish, turli texnik tomondan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimi haqida esa yuqorida batafsil to‘xtalib o‘tdik.

Xulosa
Guvohi bo‘lib turganingizdek, veb-saytlarda odatda uchraydigan savodsizlik ko‘rinishlarini bartaraf qilishning texnik tomonlari unchalik qiyin emas. Lekin, asosiy masala bu maslahatlarga veb-saytlar ijodkorlarining qanchalik amal qilishlaridadir. Agar sayt ijodkorlari taqdim qilinayotgan matnning maqolada ko‘rsatib o‘tilgan muammolardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmas ekanlar, ko‘plab yangi va qulay klaviatura tugmalari tartibi, o‘zbekcha harflarni to‘g‘ri ifodalovchi shriftlar, son-sanoqsiz imlo xatolarni tekshiruvchi dasturlar bo‘lsada bu muammolar o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, veb-sayt o‘z ijodkorlarining Internet tarmog‘idagi yuzidir. Undagi matnning qanchalik e’tibor bilan tayyorlanganligi foydalanuvchilarga ham bo‘lgan e’tiborni ko‘rsatadi.
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling