Rukn: Texnologiya


Download 44.68 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi44.68 Kb.
#1558631
  1   2   3   4
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo


Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari
21.04.2009
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Shavqiddin Ashurov.

Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo’qotish usullariga doimo katta e’tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo’yicha axborotlarni umumlashtirib, o’rganish katta ahamiyatga ega.
a’lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning noto’g’ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo’lishi mumkin. Agar kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi aniq bo’lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday imkoniyat bo’lmasa, tekshirmoqchi bo’lgan barcha detallarini olib, do’stingiz yoki qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o’z detallaringizni navbat bilan almashtirib ko’rib, buzilgan detalni osongina topish mumkin. To’xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo’ladi. Shunday holatlarda kompyuter o’zidan-o’zi «to’xtab qolishi», yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo’lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar sabablarini qanday aniqlash to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tamiz.
Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter qotib qolishi, BSOD, o’z-o’zidan qayta yuklanishi va o’z-o’zidan o’chib qolishi kabi guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi dasturlar bilan ularni «davolash» kerakligini batafsil o’rganib chiqamiz.
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo’shimchalarda) xato yuz bergan bo’lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish to’g’risida o’ylang. Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham o’rganib qo’ygan ma’quldir.
O’rnatilgan dasturiy ta’minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari, qo’shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o’rnatilgandan so’ng qotib qoladigan bo’lib qolsa, unda avvaliga uni o’chirib tashlab sinab ko’rish kerak. Juda bo’lmaganida tizimni qayta o’rnatish zarur bo’ladi. Bundan tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo’lishi kerak. Ba’zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o’ylab, yaxshilab qayta yig’ish ham yordam beradi. Juda og’ir holatlarda unchalik zarur bo’lmagan barcha komponentlarni — tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo’shimcha qurilmalarini o’chirib qo’yish ham juda foydali bo’ladi. Agar shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o’z joyiga qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.

Download 44.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling