1. Windows 7, Windows 8, Windows 10(aytishlariga qaraganda) mavjud bo‘lgan chkdsk utilitasi orqali. Bu utilitani Administrator ruhsati bilan ishga tushirishingiz kerak. Demak ishga tushiramiz(Windows 7’da ko‘rsataman):
Пуск -> Выполнить -> cmd ёки Win+R -> cmd
yoki
Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Командная строка -> сичқончани ўнг томони босилади ва -> Запуск от имени Администратора
So‘ng, buyruqni teramiz:
bu yerda, chkdsk utilita nomi, C disk tekshirilmoqda, «/f» xato avtomat to‘g‘irlanadi, «/r» buzilgan sektordagi axborotlarni qayta tiklashga harakat qiladi. Siz tekshirayotgan disk, aktiv holda ishlatilmayotgan bo‘lishi kerak, tekshirish davomida bu diskdan foydalanish mumkin emas, umuman bu diskni ochmang. Agar bu diskni aktiv ishlatayotgan bo‘lsangiz, bu haqida axborot ekranda chiqadi.
Tekshirish faqat, NTFS va FAT fayl tizimlari uchun ishlaydi. Qattiq disk hajmiga qarab, tekshirish ko‘p vaqt talab qilishi mumkin, chidaysiz endi.
Tekshirish tugagandan so‘ng, qattiq disk haqida umumiy ma’lumot beriladi, ya’ni tekshirish natijalari.
2. Qattiq diskni xatolardan tekshirishning, yuqoridagiga qaraganda soddaroq yo‘li ham mavjud. Buning uchun, tekshirmoqchi bo‘lgan diskni tanlaysiz va sichqonchani o‘ng tomonini bosib, «Свойства» menyusiga kirasiz va «Сервис» vkladkasi.
U yerda «Выполнить проверку» tugmasini bosasiz, va hosil bo‘lgan oynadan, agar kerak bo‘lsa, yuqoridagi punktlarni(tizim xatolarini avtomat tekshirish va buzilgan sektorlarni qayta tiklash) belgilaysiz va «Запуск» tugmasini bosasiz.
YUqoridagi usullardan tashqari, bu ishlarni quyidagi dasturlar orqali ham qilish mumkin:
Victoria HDD
HDDScan
Data lifeguard Tools
SeaTools(Seagate qattiq disklari uchun).
Tekshirishlarni qattiq disk ishlashida biror muammo bo‘lsa, yoki har 2,3 oyda bir amalga oshirib turing, albatta qanchalik ko‘p kompyuterda ishlashingizga qarab.
Do'stlaringiz bilan baham: |